|
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»
|
bet | 2/5 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 31,5 Kb. | | #141730 |
Bog'liq ped nazariyaPedagogik fanlarning tuzilishi
Pedagogikaning boshqa
fanlar bilan aloqasining rivojlanishi uning yangi tarmoqlarini,
turdosh ilmiy fanlarini aniqlashga olib keladi. Hozirgi kunda
pedagogikani murakkab pedagogik fanlarining tizimi tashkil
qiladi. Uning tarkibiy tuzilishiga quyidagilar kiradi: umumiy
pedagogika – ta’limning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish va
turli tarixiy davrlarda pedagogik g‘oyalar va ta’lim amaliyotining
rivojlanishini o‘rganish; yosh davrlar pedagogikasi – ta’lim va
tarbiyaning yoshga bog‘liq tomonlarini o‘rganish (maktabgacha,
maktab, kattalar pedagogikasi); korreksion pedagogika –
surdopedagogika (kar va zaif eshituvchilarni tayyorlash va
o‘qitish), tiflopedagogika (ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilarni
o‘qitish va o‘qitish), oligofrenopedagogika (aqli zaif bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash. Bugungi kunda pedagogika fanida tabaqalanish jarayoni davom etmoqda. So‘nggi yillarda uning yangi tarmoqlari: ta’lim falsafasi, qiyosiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, harbiy pedagogika, tibbiyot pedagogikasi, teatr pedagogikasi, muzey pedagogikasi, neyropedagogika va boshqalarini keltirib o‘tish mumkin.
Pedagogik tajribani o‘rganish usullari
ta’lim jarayonini tashkil
etishning haqiqiy tajribasini o‘rganish usullaridir. Bular kuzatish,
suhbat, intervyu, anketa, o‘quvchilarning yozma, grafik va ijodiy
ishlarini o‘rganish, pedagogik hujjatlar kabi usullardir Kuzatish
– bu pedagogik hodisani maqsadli idrok etish bo‘lib, uning
davomida tadqiqotchi aniq faktik materialni oladi. So‘rov
usullari – suhbat, intervyu, so‘roq. Suhbat – ma’lumot olish
maqsadida qo‘llanadigan mustaqil yoki qo‘shimcha tadqiqot
usuli bo‘lib, zarur ma’lumotlarni olish yoki kuzatish davomida
yetarli darajada aniq bo‘lmagan narsalarni aniqlashtirish uchun
foydalaniladi. Intervyu suhbatning bir turi bo‘lib, sotsiologiyadan
pedagogikaga kiritilgan. Anketa – bu so‘rovnoma yordamida
materialni ommaviy yig‘ish usuli bo‘lib, ular uchga bo‘linadi:
ochiq, yopiq, aralash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»
|