|
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»
|
bet | 5/5 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 31,5 Kb. | | #141730 |
Bog'liq ped nazariyaShaxsning rivojlanishi
Shakllanish – irsiyat, muhit,
maqsadli ta’lim va shaxs o‘z faoliyatining obyektiv ta’siri
natijasida shaxsning shaxsiyatiga aylanish jarayoni. Shaxsning
shakllanish omillari ko‘p va xilma-xildir.
Rivojlanish – bu tashqi va ichki, boshqariladigan va boshqarib
bo‘lmaydigan omillar ta’sirida inson tanasida, psixikasida,
intellektual va ma’naviy sohasida miqdoriy va sifat jihatidan
o‘zgarishlar jarayonidir. Rivojlanish shaxsning fiziologik va
intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat
o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.

Shaxsiy rivojlanish – bu uning quyidagi sohalarda o‘zgarishi
jarayoni:
1. Jismoniy rivojlanish – suyak, mushak tizimlari, ichki
organlar, asab tizimi, jinsiy rivojlanish va kamolotning o‘sishi,
rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar
Shaxsiy rivojlanish – bu uning quyidagi sohalarda o‘zgarishi
jarayoni:
2. Aqliy rivojlanish – xotira, tafakkur, iroda, xarakter,
tasavvur, nutq xususiyatlarining o‘zgarishi.
3. Intellektual rivojlanish – bilimlarning chuqurlashishi va
kengayishi, intellektual o‘sishi bilan bog‘liq rivojlanish.
4. Ijtimoiy rivojlanish – axloqiy rivojlanish
Shaxs rivojlanishining omillari.
Shaxs – mohiyatiga ko‘ra,
madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lgan, ijtimoiy-tarixiy an’ana, turmush tarzi
va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni
inson olamining butun murakkabliklarini o‘zida mujassam etadi.
Insonni har tomonlama o‘rganish maqsadida turli davrlarda
tadqiqotlar olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy
ma’naviy me’yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho
qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi,
hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining
go‘zal va farovon bo‘lishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va
hayot ne’matlaridan to‘la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi
inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. Har
qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot
qadriyatiga ega bo‘lgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham
to‘laqonli shaxs bo‘lib yetilmasligi mumkin. Chunki har bir
individ shaxs bo‘la olmaydi, lekin har bir shaxs individ bo‘la
oladi degan tamoyilga asoslanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»
|