|
Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish
|
bet | 9/12 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 217,71 Kb. | | #154125 |
Bog'liq JISMONIY TARBIYA FANINISHakl, metod va vositalari
|
SHakl
|
Metod
|
Vosita
|
1
|
Trening
|
+
|
|
|
2
|
Suhbat
|
|
+
|
|
3
|
Taqdimot
|
|
|
+
|
4
|
Grafik organayzer
|
|
|
+
|
5
|
Amaliy o‘yin
|
|
+
|
|
6
|
Ko‘rgazmali
|
|
+
|
|
7
|
Laboratoriya
|
+
|
|
|
8
|
Skayp
|
|
|
+
|
9
|
Interaktiv doska
|
|
|
+
|
10
|
Ma’ro‘za
|
+
|
|
|
11
|
Elektron darslik
|
|
|
+
|
12
|
Mashq
|
|
+
|
|
Venn Diagrammasi (ingliz faylasufi Djon Venna nomi bilan atalgan).
Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;
navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;
juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.
Taqqoslash uchun:
Fundamentalь tadqiqotlar - u yoki bu voqea-hodisalar va jarayonlarni tasvirlash va tushuntirib berishni, ularni ishlash mexanizimi va qonuniyatlarini ochishni maqsad qilib qo‘yadi.
Amaliy tadqiqotlar- bilib olingan qonuniyatlarni amaliy faoliyatda qo‘llash usullarini belgilab beradi.
Ishlab chiqaruvchi tadqiqotlar - amaliyotchilarga zarur bo‘lgan materiallar, ko‘rsatmalar, metodik vosita va qo‘llanmalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
“Sinkveyn” metodi
Metodning maqsadi: “Sinkveyn” so‘zi frantso‘zcha so‘zdan olingan bo‘lib, “besh misradan iborat she’r” tarjimasini beradi. Amaliyotda “Sinkveyn”: murakkab axborotlarni sintezlash quroli va tushunchalar zahirasini baholash vositasi; ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir. “Sinkveyn” tayanch kasbiy tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor vosita hisoblanadi.
“Sinkveyn” to‘zish qoidasi quyidagicha:
birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzu yoziladi - odatda ot turkumidagi oid so‘z bilan;
ikkinchi qatorda mavzu ikki so‘z bilan ta’svirlanadi - sifat turkumiga oid ikki so‘z bilan;
uchinchi qatorda ushbu mavzu bo‘yicha xatti-harakatlar uch so‘z bilan ta’svirlanadi;
to‘rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko‘rsatuvchi to‘rtta so‘zdan iborat gap yoziladi;
beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so‘zdan iborat sinonim shakllantiriladi.
|
| |