• Ikki qismli kundalik metodi Metodning maqsadi
  • Metodni o‘tkazish tartibi
  • Trenerga tavsiyalar
  • Namuna: Futbol so‘ziga tuzilgan “Sinkveyn”




    Download 217,71 Kb.
    bet10/12
    Sana10.02.2024
    Hajmi217,71 Kb.
    #154125
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    JISMONIY TARBIYA FANINI

    Namuna: Futbol so‘ziga tuzilgan “Sinkveyn”
    Futbol
    Sport o‘yini, tezkor
    Sog’lomlashtiradi, chiniqtiradi, jismoniy sifatlarni tarbiyalaydi.
    Sport turi
    Turli musobaqalar o‘tkaziladi


    Ikki qismli kundalik metodi
    Metodning maqsadi – mazkur metod nafaqat matnning mazmunini o‘rganishga, matn mazmunini o‘zining shaxsiy tajribasi bilan bog’lashga va o‘zlashtirgan axborot, g’oya, yoki fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini yozma ifoda etishga imkon beruvchi oddiy va samarali usul bo‘lib, sportchilardagi shaxsiy pozitsiyani shakllantirishga yordam beradi.


    Metodni o‘tkazish tartibi:

    • ish daftari vertikal chiziq bo‘yicha ikkiga bo‘linadi.

    • chap tomonga sportchilar mavzu yuzasidan unda taassurot uyg’otgan, yoqqan yoki savol tug’dirgan tsitata, g’oya yoki fikrlarini yozadi (masalan, juda aqlli ta’rif, dalil yoki sabab va boshqalar).

    • o‘ng tomonda keltirilgan tsitata yoki fikrga o‘zining sharhlarini yozadi, ya’ni o‘z munosabatini quyidagi yo‘nalishlarda bildiradi: Uni bu fikr yoki g’oyaning nimasi qiziqtirdi va yozib olishga undadi? Bu nima haqda o‘ylashga majbur etdi? Bu fikr bo‘yicha u qanday savollarni o‘yladi?

    • matnni o‘qiyotganida sportchilar kerakli qo‘shimcha fikrlarni aniqlab, kundalikka yozib boradi.

    • ish yakunlagandan so‘ng sportchilar juftliklarda ishlashlari, tahlillarini almashishlari, o‘rtoqlari tahlilida ularga yoqqan fikrni muhokama etishlari va ko‘rsatishlari mumkin.

    Trenerga tavsiyalar

    • Siz oldindan tsitatalar yoki g’oyalar sonini belgilab olishingiz mumkin (misol uchun, 2 ta, 4 yoki 5 tadan), - tsitatalar mazmuni va yo‘nalishi mutaxasislik, fan yoki mavzuga mos bo‘lishi, kerak.

    • Agarda siz ijtimoiy-tarbiyaviy mavzuda bu treningni o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz g’oyalar yoki tsitatalar hayotiy-ijtimoiy mavzularda tanlanishi mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadga va sizning pedagogik uslubingizga bog’liq bo‘ladi.

    • Ish shakllari:

    • uchliklarda ishlash;

    • kichik guruhlarda ishlash;

    • blits-so‘rov – siz bir qator sportchilardan faqat bitta tsitatani va faqat birgina sharhni o‘qib berishni so‘raysiz;  Fidbeyk.

    Yakunlar munozara tayyorlash yoki o‘tkazish, insho yozish yoki asoslangan esse yozish uchun xizmat qilishi mumkin.




    Download 217,71 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 217,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namuna: Futbol so‘ziga tuzilgan “Sinkveyn”

    Download 217,71 Kb.