|
2-mavzu. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xalqaro standart va tavsiyalar. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid hujjatlar ta’rifi. Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,73 Kb. | | #242842 |
Bog'liq 2-mavzu. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xal-fayllar.org
2-mavzu. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xalqaro standart va tavsiyalar. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid hujjatlar ta’rifi. Reja
2-MAVZU. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INI BOSHQARISH SOHASIDAGI XALQARO STANDART VA TAVSIYALAR. O’ZBEKISTONDA TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI BOSHQARISHGA OID HUJJATLAR TA’RIFI.
Reja:
2.1. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xalqaro standart va tavsiyalar.
2.2. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari faoliyatida qo’llanilgan normativ hujjatlar.
2.1. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi
xalqaro standart va tavsiyalar.
Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasi bo’yicha sezilarli yutuq sifatida telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish konsepsiyasi (TMN Telecommunication Management Network) hisoblanadi. U xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan. TMN har xil darajali va chegaradagi tarmoqlarning yagona boshqarish tizitmini yaratish asosiy tamoyillarni aniqlashni belgilab beradi. Bunda asosiy g’oya sifatida standart protokol va interfeyslarni ishlatayotgan telekommunikatsion asbob uskunalar hamda turli xildagi boshqaruv texnik vositalarning o’zaro ta’sirlanishini yaratuvchi tarmoq strukturasini shakllantirish bo’ladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishni o’rganish bilan bog’liq ITU-T ning faoliyatini boshqaruv tizimlari va tarmoq orasida tegishli protokol spetsifikasi xamda interfeyslarni aniqlashga qaratilgan. (1)ga ko’ra ITU-T ning hamma tavsiyalari telekommunikatsiya tarmog’ining boshqarish tizimini standartlashtiradi. Ular 2ta guruhga ajratiladi: TMN bo’yicha standartlashtiruvchi bevosita bog’liq tavsiyalar va TMN bilan bevosita aloqador tavsiyalar.
ITU-T tomonidan berilayotgantavsiyalar aynan ma’lum bir boshqaruv tizimini yoritishga qaratilgan; bular har qanday boshqaruv tizimining ishlashi uchun zaruriy sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan asosiy tushunchalar tamoyillarni o’z ichiga olgan.
Turli telekommunikatsiya sohalarda takrorlanish va mos kelmaslikning oldini olish maqsadida ITU-Tning boshqaruv tizimlari yuzasidan berilayotgan tavsiyalar oldindan belgilangan va o’zining tarkibiga TMN ning quyidagi muammoli sohalarni qamrab oladi:
arxitektura; interfeyslarning spetsifikatsiyalash metodologiyasi; boshqaruv xizmatlar; boshqaruv funksiyalar; ma’lumotlarni boshqarishda modellar va kataloglar; boshqaruv ma’lumotlarni ro’yxatga olish; aloqa protokoli; boshqaruv xabarlar va boshqaruv tizimi xizmatlari; kelishilgan talablar; terminologiya; xavfsizlik.
Quyida keltirilgan 2.1-rasmda TMN va ITU-T bo’yicha muammoli savollar yechimini qidirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
TMN bo’yicha ITU-T tavsiyalari quyidagi telekommunikatsiya sohasidagi standart va tavsiyalari bilan tegishli tizimlar ishlab chiqishni yengillashtirishga qaratilgan va o’zaro bog’liq
telekommunikatsiya xizmatlari
telekommunikatsiya tarmoq arxitekturasi
telekommunikatsiya tarmog’ida trafikni boshqarish
telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish
telekommunikatsiya tarmog’ining xavfsizligini ta’minlash
telekommunikatsiya tarmoq tashkil etuvchilari (kompanentlari)
aloqa protokollari
OSI boshqarish tizim xizmati
OSI satxlarning boshqaruv funksiyasi
boshqaruv obyeklarni raqamlash.
2.1-rasm. ITU-T tavsiyalari aks ettirilgan TMN bo’yicha yoritilgan muammoli savollarning o’zaro ta’siri.
Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish kontseptsiyasi va uning asosiy elementlari qator adabiyotlarda yaxshi yoritilgan. Qayd etilgan tavsiyanomada TMN ning fizik arxitekturasi, funksional, informatsion arxitekturasining yoritilishi batafsil keltirilgan. Bu manbada yuqorida sanab o’tilgan 3 xil arxitekturalar orasidagi o’zaro ta’siri tushuntirilgan. Ana shunday dalillar natijasida TMN arxitekturasidan foydalanish tartibi TMNni tadbiq etish uchun funksional, informatsion va fizik arxitekturalardan foydalanish imkonini beradi.
TMN interfeysining spetsifikatsiyasini ishlab chiqish bo’yicha UTRAD metodologiyasi (Unified TMN Requirements, Analysis and Design) taklif etilgan. Mana shu metodologiya telekommunikatsiya tarmog’ining boshqaruv tizimsohasidagi tavsiya va standartlarni ishlab chiqaruvchilar hamdaTMN interfeys yakuniy spetsifikatsiyani yaratish uchun zaruriy bandlarga tegishli qadamlarni taklif etadi.
TMNdagi boshqaruv xizmati telekommunikatsiya tarmoqlaridan tfoydalanish va ma’muriy boshqarish, umumiy nazorat funksiyani ta’minlash uchun mo’ljallgan. Boshqaruv xizmatlari xalqaro tavsiyaga binoan telekommunikatsiya tarmoqlariga quyidagi talablarni ajratish va moslashtirish mexanizmi sifatida ishlatiladi. Bu kabi xizmatlarga M.32xx seriyali tavsiyanomalar bag’ishlangan. Masalan TMN boshqaruv xizmatlari va TMN interfeysi uchun zarur bo’lgan boshqaruv ma’lumot xabarlari, protokollar ixtisoslashuvi va shu kabilar haqida sharxlar keltirilgan.
Bu yerda boshqaruv xizmati va boshqa funksional elementlar orasida o’zaro ta’sirlanishini ta’minlash maqsadida TMN ning interfeysidan foydalanish tavsiya etiladi. Boshqaruv funksiyalari TMN interfeyslariga qo’yiladigan funksional talablar to’plamini ifodalaydi.
Telekommunikatsiya sohasida xizmatlar provayderi va ularning xamkorlari tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan biznes jarayonlar modeli eTOM (Enhanced Telecom Operations Map) asosida yoritiladi. Qayd etilgan model xizmatlar provayderlarga zarur hamma tadbirkorlik jarayonlarni to’la yoritadi va tushuntiradi. Ularni tanlangan biznes ahamiyati va darajasiga mos ravishda har xil tashkil etuvchilar bilan taxlil qilish imkonini beradi.
TMNda boshqarish ma’lumot modeli boshqariladigan kommunikatsion resurslarining abstraktsiyasini ifodalaydi va o’zining ichiga umumiy tarmoq informatsion modeli va har xil texnologiyalarga xos bo’lgan modellarni qamrab oladi, ya’ni PDN, SDN, ATM texnologiya modellari. TMN da boshqaruv jarayonlari standart aloqa protokollaridan foydalanilgan holda standart interfeys yordamida bajariladi. Bu esa boshqaruv ma’lumotining modelida belgilangan ma’lumot yordamida boshqarish orqali standart interfeysi bajarilishini nazarda tutadi. Shunday savollarga javoblar M.31xx seriyali ITU-T ko’rsatmalarda ko’rib chiqilgan.
TMN interfeyslari orqali boshqaruv ma’lumot uzatish uchun aloqa protokollari va boshqaruv protokollari ishlatiladi. Aloqa protokollariga ayrim OSI, ISDN,OKC№7 va TCPG’Iplarni kiritish mumkin. Boshqaruv protokollari o’zining ichiga CMIP, FTAM, X.500 va boshqalarni o’zining tarkibiga kiritadi. Shunda uzatish sintaksisdan foydalanishda ITU-Tning ko’rsatmalarida ikkilik kodlash qoidasi sifatida yoritiladi.
TMN da X.730 seriyali ITU-T ko’rsatmasida OSI boshqaruv tizimxizmatlaridan foydalaniladi. Yana shu yerda Q.820 seriyasida qayd etilgan boshqaruv xabarlar orqali qo’shimcha boshqaruv funksionalligi yaratib berilgan.
TMN ni amalga oshirish uchun shu texnologiyadagi boshqaruv xizmatlari bilan bogliq xavfsizlik talablarini aniq belgilash zarur bo’ladi. Masalan, ba’zi adabiyotlarda xavfsizlik buzilish shakllari xamda umumiy holda TMN funksional arxitektura kontekstida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur xizmatlar imkoniyati ko’rib chiqiladi. Bunda shu qayd etilgan ko’rsatma TMN ga xos bo’lgan biron bir interfeysga tegishli talablar keltirilmagan.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasining ravnaqiga ISO, ANSI, ETSI, IETF va boshqa xalqaro tashkilotlar standartlar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish orqali katta xissa qo’shilgan.
Hozirda eng mashxur bo’lgan tarmoqni boshqarish protokollaridan biri bu-IETF tomonidan ishlab chiqilgan SNMP tarmoqda qo’llanilgan protokolidir.
Kodlash, uzatish va dekodlash uchun xizmat qiluvchi ma’lumotlar strukturasini yoritishda ASN.1 (Abstract Syntax Notation One) abstrakt sintaksis notatsiya tilidan foydalaniladi. ASN.1 aslida asbob- uskunalar xarakteristkalariga bog’liq bo’lmagan obyektlar strukturasini yoritish uchun qoidalar to’plamini ifodalaydi va boshqaruv tizimlarda boshqariladigan obyektlarni tushuntirishda keng qo’llaniladi. Shunda ASN.1 standarti ISO va ITU-Tning birgalikda yaratilgan ishlanmasi hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-mavzu. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xalqaro standart va tavsiyalar. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid hujjatlar ta’rifi. Reja
|