• Qonunlar va qoidalar.
  • Nazorat savollari
  • O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari faoliyatida qo’llanilgan normativ hujjatlar




    Download 13,73 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,73 Kb.
    #242842
    1   2
    Bog'liq
    2-mavzu. Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish sohasidagi xal-fayllar.org

    2.2. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari faoliyatida qo’llanilgan normativ hujjatlar.
    Hozirgi kunda O’zbekistonda mavjud normativ hujjatlarni, ya’ni telekommunikatsiya tarmoqlari sohasidagi faoliyatini belgilab beruvchi hujjatlarni 3 turga ajratish mumkin:
    • O’zbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirishga qaratilgan qonun, farmoyish va buyruqlar;


    • O’zbekistondagi telekommunikatsiya tarmog’idagi boshqarish tizimi xizmat va bo’linmalarining o’zaro bog’lanish tartibi va ishlash algoritmi, texnologik jarayonlarni belgilab beruvchi normativ hujjatlar;


    • Telekommunikatsiya vosita va tarmoqlariga qo’yiladigan texnik talab,me’yoriy standartlar hamda ulardan foydalanish qoidalari , ularga tegishli bo’lgan o’xshash normativ hujjatlar.




    Qonunlar va qoidalar.
    O’zbekistondagi mavjud telekommunikatsiya tarmog’ining faoliyatini belgilab beruvchi qonun va undan kelib chiqqan qoidalar ushbu tarmoqda boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan. Buning uchun ushbu hujjatlarga tayangan holda boshqaruv tizimini, uning strukturasini va funksional imkoniyatlarini yaratish nazarda tutiladi.
    O’zbekistonda aloqa tizimi, huquqiydoirasi va tamoyili tashkilotlarning umumiy huquqiy va iqtisodiy asoslari, ya’ni aloqa tarmoqlaridan foydalanishda muassasa, tashkilot va aloqa xizmatlarini boshqarish hamda fuqarolarning mulkiy shakli, holatidan qat’iy nazar ijro etuvchihujjatlari mavjud. Ulardagi huquqlarning buzilishi, majburiyatlarni bajarmasligi uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvardagi № 512-XII-sonli “Aloqa to’g’risida”gi qonunida belgilab berilgan.
    Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi ushbu qonunning 5 bandiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi hamda ular tomonidan belgilangan vakil sifatida O’zbеkiston Rеspublikasi axborot tеxnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligifaoliyat olib boradi. Vazirlik o’ziga bo’ysunadigan mutasaddi organlarni boshqaradi, shu singari faoliyatni belgilaydi, aloqa vositalari ustida davlat texnik nazoratni amalga oshiradi va xizmatlar sifatlarini tekshiradi, ya’ni korxona, muassasa va aloqa tashkilotlarining shaklidan, idoraviy bog’liqligidan qat’iy nazar xizmat ko’rsatish sifatini nazorat qiladi.
    O’zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi № 822-I sonli “Telekommunikatsiya to’g’risida”gi qonunida telekommunikatsiya sohasidagi davlat nazorati shu sohadagi maxsus tayinlangan organ tomonidan amalga oshiriladi(7-bandi). 8-bandida telekommunikatsiya sohasida maxsus organ majburiyat va huquqlari aniqlangan:
    - Telekommunikatsiya xizmati va tarmoq ravnaqi masalalari yuzasidan savollar bo’yicha operator va provayderlarning faoliyatini davlat nazorat organining ishlashini belgilash;
    - Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashni boshqarish rejasini amalga oshiradi va raqamlash tizimini ishlab chiqish;
    - Internet tarmog’idagi milliy segmentdagi domen ism va adresli muhitidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
    19-bandda favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmog’idagi boshqaruv bo’yicha asosiy qoidalar keltirilgan, ya’ni harbiy harakatlar, yer silkinishlar,suv toshqini, yong’in, epidemiya va shu singari holatlarda ishlash qoidalari keltirilgan.
    Ushbu qonun telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash (11-modda), telekommunikatsiya vosita va tarmoqlarini rekonstruksiya va taraqqiy ettirish (16-modda), tarmoqlar aro bog’lanishlarngi amalga oshirish (17-modda) va shu singari masalalarni O’zbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid savollarga javob berishga qaratilgan.
    O’zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi bo’yicha 1999 yil 29 iyulda № 168-sonli “Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlar boshqaruv markazini yaratish to’g’risida”gi buyrug’iga binoan Toshkent telefon-telegraf stansiyasi hamda hududiy xalqaro aloqa va televideniye ishlab chiqarish birlashmasining operativ boshqaruv xizmati asosida Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlari markazi yaratildi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 215-sonli “O’zbekiston aloqa va informatizatsiya agentligining faoliyatini yanada yaxshilash choralari haqida”gi farmoyishiga ko’ra oldingi markaz “O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” Davlat unitar korxonasi deb nomlash nazarda tutilgan va shakli o’zgartirildi.


    Nazorat savollari:
    1. TMN ga ta’rif bering.
    2. TMN ning muammoli masalalarini va vazifalarini aytib bering.
    3. Aloqa sohasiga oid qonunlarga ta’rif bering.

    4. “Telekommunikatsiya to’g’risida”gi qonun bandlari haqida qisqacha ma’lumot bering.


    http://fayllar.org
    Download 13,73 Kb.
    1   2




    Download 13,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari faoliyatida qo’llanilgan normativ hujjatlar

    Download 13,73 Kb.