• Samarqand viloyat
  • Duradgorlik dastgohi, qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari. Sana: Sinf: Fan: Texnologiya
  • Dars maqsadi
  • Kirish yo‘riqnomasi
  • Joriy yo‘riqnomasi
  • Boratuv habibning mehnat fanidan




    Download 1,01 Mb.
    bet1/2
    Sana26.12.2019
    Hajmi1,01 Mb.
    #5345
      1   2



    Samarqand viloyat

    URGUT TUMAN

    13-UMUMTA’LIM MAKTAB

    MEHNAT fani O‘QITUVCHISI

    BORATUV HABIBNING

    MEHNAT FANIDAN

    tayyorlagan bir soatlik

    Ochiq





    Duradgorlik dastgohi, qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari.

    Sana: Sinf: Fan: Texnologiya

    T/r

    Mashg‘ulotning borishi

    Vaqti

    Darsning borishi

    Kerakli jihozlar

    Fanga oid kompetensiya

    1

    Kirish: tashkiliy qism

    5 daqiqa

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish

    4. Tozalikka rioya qilish

    5. O‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish

    Me’yoriy hujjatlar




    2

    O‘tilgan mavzuni so‘rash

    10 daqiqa

    O‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni qanday o‘zlashtirganini testlar, savollar har xil o‘yinlar yordamida aniqlash

    Videoproyektor, notebook, testlar, savollar, tarqatma materiallar, rasmlar, jadvallar, plakatlar, marker, doska, chizg‘ich, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, texnologiyalari



    3

    Asosiy qism:

    Yangi mavzu bayoni



    50 daqiqa

    Yangi mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berish

    Videoproyektor, notebook, rasmlar, slayd va videorolik namoyishi

    • Kommunikativ kompetensiya

    • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    Yangi mavzuni turli xil savollar, topshiriqlar va mashqlar orqali mustahkamlash

    “Jumlani davom ettir”

    “Charxpalak” “Tushunchalar tahlili” texnologiyalari



    • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi

    • Umummadaniy kompetensiya

    5

    Darsni yakunlash

    3 daqiqa

    1. Baholarni e’lon qilish

    2. Faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish

    “Baholar diagrammasi”

    • To‘g‘ri va ongli kasb tanlay olish kompentensiyasi

    • O‘z-o‘zini baholay olish kompetensiyasi

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriq yuzasidan ma’lumotlarni tushuntirish

    FSMU texnologiyasi

    • Fan texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish kompetensiyasi

    Dars maqsadi:

    Ta’limiy: o‘quvchilarga yog‘ochga ishlov beradigan dastgohlar haqida ma’lumotlar berish, qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida umumiy ma’lumotlar berish.

    Tarbiyaviy: texnika xavfsizligi qoidalari, yog‘och turlarining turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini, sanitariya gigiena talablariga rioya etishga o‘rgatish, yog‘och materiallarini tejamkorlik bilan ishlatishni o‘rgatish.

    Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda yog‘ochga ishlov beradigan dastgohlarlar haqida ma’lumotlar berish, qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari xaqidagi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka yo‘naltirish.

    Foydalaniladigan metodlar: og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, “B/B/B” metodi, “Toifalash” jadvali kabi interaktiv metodlar.

    Moddiy texnik jihatdan jihozlash va ko‘rgazmali qurollar: “Maktab ustaxonalarida yog‘ochga ishlov berishda xavfsiz mehnat qilish” o‘quv filmi, tayyor buyumlarning namunalari, 5-7 sinflar uchun mehnat talimi jadvallari, maktab ustaxonalarida ishlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid jadvallar, namuna materiallar, proektsion materiallar, televideomateriallar, elektron materiallar, kompyuter, plakatlar, diapozitivlar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar, darsliklar, metodik qo‘llanma, ma’ruza matni, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, test materiallari, topshiriq kartochkalari, anketalar, tabiiy namunalar, xom-ashyo namunalari, test dasturlari, kodoskop, mustaqil bajarish topshiriqlari.

    Mashg‘ulotning borishi

    1. Tashkiliy qism. O‘qituvchi o‘quvchilarning yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi umumiy tushunchalar qismida olingan bilimlarini “Erkin yozish” metodi orqali aniqlaydi. O‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini nazorat qiladi.

    2. Uyga berilgan vazifalarni tekshirish.

    3. O‘tilgan mavzuni takrorlash. Mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlari, teksturasi va undan foydalanish, uog‘ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlashga doir savol javob tarzda takrorlanadi.

    4. Yangi mavzuning bayoni.

    Kirish yo‘riqnomasi:. Darsni duradgorlik o‘quv ustaxonasida tashkil qilish maqsadga muvofi q. Darsni boshlashdan oldin yog‘ochga ishlov beradigan stanoklar va ular haqida tushunchalarni, ishlatilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berish lozim. O‘quvchilarga o‘quv ustaxonalarida ishlatiladigan qo‘l asboblarning turlari, tuzilishi, vazifasi, ularni ishga sozlash va rejalash va arralash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena qoidalari haqida qisqacha tushuncha berib, so‘ngra rejalashni va arralashni mashq qildirish haqida ma’lumotlarni berish lozim.

    Joriy yo‘riqnomasi: O‘quvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi ma’lumotlar beriladi: Duradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgoxlar har turli bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli xolatda mahkam tutib turish uchun xizmat qiladi.

    Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda mahkamlanadigan ish stolidan iborat bo‘lib, u stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarini ishlov berish uchun kerakli holatda mahkam o‘rnatish uchun teshiklar ochiladi.

    Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari xaqida ma’lumot berish kerak. Duradgorlik dastgohlarining tuzilishi va ishlash qonun qoidalari xaqida tushunchalar berish asosida duradgorlik dastgohidan to‘g‘ri foydalanish usullarini mashq qilish bo‘yicha amaliy ishlar bajariladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan mashqlar o‘quvchilarga ko‘rsati beriladi.


    Download 1,01 Mb.
      1   2




    Download 1,01 Mb.