Yakuniy yo‘riqnoma: Joriy yo‘riqnoma berish vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilinadi va tuzatiladi. Yakuniy yo‘riqnoma berish paytida o‘qituvchi baholar qo‘yadilar (nazariya masalalari va ilgari o‘rganilgan materialni bilishi; bilimlarni amalda qo‘llay olishi; ish usullarini to‘g‘ri bajarishi; xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi; ish o‘rnida belgilangan tartibni qo‘llab-quvvatlashi; chizmani o‘qiy olishi; topshiriqni mustaqil bajara olishi; bajargan ishning sifati; agar ish me’yorlanmsa, belgilangan me’yorda bajarishi). Bunda o‘quvchilarning o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarinibajarishga qiziqishlari ancha ortadi
Duradgorlik dastgohi
Duradgorlik dastgohlarida yog'ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma'lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 43- rasmda ko'rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo'lsada, ularning hammasida yog'och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog'och qopqoq bo'ladi. Asosda stol o'rnatilgan bo'ladi. Stolning asosiy qismlari bo'ylama va ko'ndalang
43- rasm. 44- rasm. 45- rasm.
tiskilardan, ponalar o'rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob- uskunalar qo'yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o'rniga individual asbob uskunalar, yog'och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o'rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg'a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o'rnatiladi.
Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi.
Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak (44- rasm).
Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi (45- rasm). Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov beriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo'shatiladi.
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo'yiga mos bo'lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin:
Dastgoh yonida turing va qo'llaringizni cho'zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo'ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo'llaringizni bukishga to'g'ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to'g'ri o'rnatilgan.
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to'qmoq yordamida o'rnatish lozim. Dastgoh qopqog'ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashidan saqlash kerak.
Qo'l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari
Yog'ochlargi qo'lda ishlov berish asboblari juda ko'p bo'lib ularning ayrimlari xaqida to'xtalib o'tamiz.
Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformastiyalanmagan bo'lishi talab qilinadi.
Bolg'a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo'lishi, chuqurcha yoki yorilgan joylari bo'lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo'lishi kerak.
Bolg'a va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog'och turlaridan ishlanadi.
Yumshoq, mo'rt yog'ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish ta'qiqlanadi.
Bolg'a va kuvalda silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yo'g'onlashib boradigan shaklda bo'lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo'lishi, yoriq va payraxalari bo'lmasligi kerak.
Egov, iskana, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini oluvchi metallar halqali tutqichlar o'rnatiladi.
Tutqich uzunligi asbob o'lchamiga mos kelishi ta'minlanadi.
Asbob og'irligi va o'lchami unda ishlovchi o'quvchining yosh xususiyatlariga mos bo'lishi lozim.
Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo'lmagan, nosoz bo'lgan holda foydalanish ta'qiqlanadi.
Metalga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko'zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko'zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak.
Arra, bolta, tesha, bolg‘a tug'ri kerilgan va charxlangan bo'lishi kerak. Arra tutqichlari mustahkam o'rnatilgan, silliqlab tozalangan bo'lishi kerak.
Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega bo'lishi kerak.
Kolodkaning keyingi qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo'lishi kerak. Randalash asbobi yo'nish qismi to'g'ri charxlangan, yog'och kolodkaga mustahkam va zich o'rnatilgan bo'lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari bo'lmasligi kerak
5. Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Duradgorlik dastgohi tuzilishi xaqida ma’lumot bering.
2. Duradgorlik dastgohi qismlarini sanab bering.
3. Dastgoh stolining bir qismi nima uchun chuqurlashtirilgan?
4. Dastgoh stolining balandligi qanday usulda belgilanadi?
5. Dastgohda materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilish nima uchun zarur?
6. Qo‘l asboblaringt tuzilishi va turlarini aytib bering.
7. Qo‘l asboblaridan foydalnish qoidari xaqida ma’lumot bering.
6. Uyga vazifa berish:
1. Darslikdagi mavzuni o‘qib kelish kelish va amaliymustaqil ishlarni bajarish.
2. Mavzu yuzasidan krossvord tuzib kelish.
3. Qo‘l asboblarining tuzilishi bo‘yicha toifalang.
4. Duradgorlik dastgohida boshlang‘ich ish elementlarini bajarishni mashq qiling.
|