|
Mavzu 11. Kranlarni ekspluatatsiya qilish. Operatsion hujjatlar. Texnik tadqiqotlar
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 296,43 Kb. | | #241633 |
Bog'liq kran Mavzu 14. YUK KO’TARISH KRANLARINING BOSHQARUVCHI VA YUK ILUVCHILARI UCHUN ISH YURITISHDA XAVFSIZLIK KO’RSATMASI.
Ko’prikli kran operatori kran mexanizmlarini ishga tushirishdan oldin, uni sinchkovlik bilan ko’zdan kechirish kerak, bundan maqsad barcha qismlar va tizimlarda buzilishlar va nosozliklar yo'qligini tekshirishdan iboratdir. Ishni boshlashda kran operatori smenani qabul qilish jurnalidagi yozuvlarni tekshiradi. Shundan so'ng operator quyidqgilarni tekshiradi:
• kran mexanizmlarining holati;
• elektr jihozlarining xizmatga yaroqliligi;
• tormoz va tutqich uskunasining xizmatga yaroqliligi;
• metall konstruksiyalar va ularga borish joylaridagi detallarning holati;
• yoritish va ovozli signallar berish;
• arqonning holati va uni to’g’ri taxlanganligi;
• ilgak osmasini ushlagichga mahkamlash;
• Trolley liniyalarining holati;
• buferlar va kranning harakatlanib ketishiga qarshi qurilmalarning sozligi.
Ko’prikli kranlarni ishga tayyorlash elektr jihozlari o'chirilgan holatda amalga oshiriladi va uni yoqishdan oldin biz boshqaruv tutqichlarini nol holatda turganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Shundan keyingina kran elektr manbaiga ulanadi.
Qoidabuzarliklar yoki nosozliklar aniqlansa, operator kranni qabul qilish jurnaliga tegishli yozuvni kiritishi kerak. Shundan so'ng, kran operatori rahbarlarga nosozlik haqida xabar beradi va kamchiliklar bartaraf etilganidan so'ng operator ishni boshlashi mumkin bo’ladi.
Kran operatoriga quyidagilar taqiqlanadi:
• ta'mirlash ushlarini yolg’iz o’zi bajarishi;
• rubilnik yoqilgan holatda , kranni tekshirish va tozalash ishlarini bajarish;
• galereyada mahkamlanmagan yuklarni , yoki asboblarni qoldirish;
• ko‘prik orqali kran yo‘llari va galereyalar bo‘ylab harakatlanish;
• detallarni pastga tashlash;
• kranda ishchilar bo'lganda , unga xizmat ko’rsatish yoki ta'mirlash.
|
| |