• Assesment” metodi
  • Esse” metodi.
  • Birinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha” metodi
  • B.Blum taksonomiyasi
  • 1-Ilova Filologik otm dars mashg‘ulotlarida ona tili ta’lim mazmunini rivojlantirishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanish




    Download 29.45 Kb.
    bet1/8
    Sana01.03.2024
    Hajmi29.45 Kb.
    #165311
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ilova interfaol metodlar
    059-2- АПМ ва шошилинч (тез) тиббий ёрдам курсатиш постидан фойдаланган бюджет дори воситаси, Киберхавфсизлик сиёсати узб, Bekbo\'tayev Sanjar, benzin, 6 slides, 9 (1) (1), Документ Microsoft Word

    1-Ilova
    Filologik OTM dars mashg‘ulotlarida ona tili ta’lim mazmunini rivojlantirishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanish.
    Filologik OTM talabalarini o‘qitishda innovatsion ta’lim metodlaridan foydalanish talabalarda yerkin, faol, mustaqil fikrlay olish, o‘quv-tarbiyaviy jarayyonni modellashtira olish, shuningdek ta’lim-tarbiyaning yangi g‘oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tadbiq yeta olish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
    Assesment” metodi
    “Assesment” inglizcha “assessment” so‘zidan olingan bo‘lib, “baho”, “baholash” ma’nolarini bildiradi. Assesment metodi talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi mustaqil topshiriqlar to‘plami bo‘lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual topshirig‘i, bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, yekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi. Bu metod asosan quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi: talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash; talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash; talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istiqbol reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish. “Assesment” metodi o‘quv jarayonida dars mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars mashg‘ulotining boshlanish yoki oxirida yoki o‘quv predmetning biron-bir bo‘limi tugallanganida, amaliy mashg‘ulotlarda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin ta’lim oluvchilarning bilimlarini tekshirish, talabalarning dastlabki bilimlari, ko‘nikma, malakalarini aniqlab olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metod dars mashg‘uloti jarayonida yoki dars mashg‘ulotning bir qismida hamda yakka tartibda qo‘llash mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunda topshiriqlar shakli -jadvaldagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
    -jadval
    “Assesment” metodi bo‘yicha topshiriq namunasi
    Test. Tegishli fan bo‘yicha o‘tilgan (bo‘lim, kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi. Muammoli vaziyat.
    O‘tilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo beriladi.
    Belgilar.
    Mavzu bo‘yicha ilmiy-nazariy fikrlar, g‘oyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr ko‘rinishida beriladi, masalan:
    …..ta’rif bering, ……ilmiy
    asoslang…., yoriting… va b. Amaliy ko‘nikma.
    O‘tilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qo‘llashdagi ko‘nikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan:
    …..chizing, hisoblang, to‘ldiring, toping, solishtiring… va b.
    Esse” metodi.
    “Esse” metodi –(fransuzcha tajriba, dastlabki loyiha) shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil yerkin fikri. Bunda ta’lim oluvchi o‘zining mavzu bo‘yicha taassurotlari, g‘oyasi va qarashlarini yerkin tarzda bayon qiladi. Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog‘ozga tushirish, iloji boricha ruchkani qog‘ozdan uzmasdan - to‘xtamasdan yozish, so‘ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya yetiladi. Mana shundagina yozilgan yessening haqqoniy bo‘lishi e’tirof yetilgan. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki yerkin mavzuga bag‘ishlab yozish maqsadga muvofiq. Ba’zan, ayniqsa ta’limiy-tarbiyaviy soatlarda ta’lim oluvchilarga o‘zlariga yoqqan mavzu buyicha Esse yozdirish ham muhim ahamiyatga ega bolib yaxshi natija beradi. Bu usul ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama ko‘rib chiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi. “ Esse” metodining tarkibiy tuzilmasi. “Esse” metodidan dars mashg‘uloti jarayonida foydalanishda o‘qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan videorolik, audiofayllar eshittiradi talabalar eshitganlarini kichik Esse tarzida yozadi.
    Birinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha” metodi
    Talabalarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga ushbu metod alohida nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
    Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
    o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berish uchun xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta, beshta va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga yerishish; talabalarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; talabalar o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida talabalardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab yetish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata va asoslay olishi talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olishni rivojlantiradi. 1-4 kurslardagi sohaga oid fanlarning barcha mavzularda foydalanishlari mumkin bunda, mavzu yuzasidan lug‘atlarni yod olishda, matnlardagi notanish so‘zni ajratib ko‘rsatishda ushbu metod yaxshi natija beradi. Darsliklardan foydalanishda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun foydalaniladigan qandaydir yordamchi vosita deb bilmaslik kerak. Darslik, avvalo, talabalar uchun muhim bilim manbalaridan biridir. Lekin u bayon etilgan materialni mustahkamlashning va talabalar bajaradigan aqliy ishlarni faollashtirishning samarali vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ammo buning uchun o‘qituvchi darslikni qo‘llashda yeng muhim metodik talablarga rioya qilishi zarur. U dars mashg‘ulotlarni o‘tkazishdagi muayyan holatda darslikni qay yo‘sinda qo‘llash maqsadga muvofiqligini aniqlab olishi, shu orqali talabalarni fikrlashga rag‘batlantirishi, ularning o‘rganiladigan materialni quruq yodlashi va yuzaki eslab olishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Talabalarning o‘zbek tilini o‘qitishda o‘quv materiallarini tizimlashtirishga doir interfaol topshiriqlar tizimi va turlari. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari rivojlanib, takomillashib boradi. Bu masalada Amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. B.Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va tizimlashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
    Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:
    Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda talaba atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.

    Download 29.45 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 29.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ilova Filologik otm dars mashg‘ulotlarida ona tili ta’lim mazmunini rivojlantirishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanish

    Download 29.45 Kb.