2-Amaliy mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim tizimi va mazmunini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o‘rni Reja




Download 16.84 Kb.
bet1/2
Sana27.07.2023
Hajmi16.84 Kb.
#77449
  1   2
Bog'liq
Инклюзив таълим мохияти


2-Amaliy mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim tizimi va mazmunini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o‘rni
Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari

  2. Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning o‘rni

Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab berdi:


O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Farmonga ko‘ra, konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
E’tiborlisi, konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas.
Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, fan olimpiadalarini o‘tkazish mezonlari xalqaro olimpiada va musobaqalarning baholash tajribasi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqiladi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashda shaffoflik ta’minlanadi. Ota-onalar ham farzandlarini o‘qitish va tarbiyalash jarayoniga jalb etiladi.
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olishiga e’tibor kuchaytirilib, ta’lim muassasalari tajribali o‘qituvchi-defektolog hamda psixologlar bilan ta’minlanadi.
Ushbu konsepsiya doirasida o‘qituvchi va rahbarlar ish faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Masofaviy ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Download 16.84 Kb.
  1   2




Download 16.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Amaliy mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim tizimi va mazmunini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o‘rni Reja

Download 16.84 Kb.