|
Mavzu: Qatlam bosimini saqlash usulidagi hisoblashlar reja kirish I. Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimi
|
bet | 5/7 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #126598 |
1.3. IZOBARALAR XARITALARI
Konni ishlatish mobaynida qatlamda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatib turish uchun qatlam bosimining o’zgarish va taqsimlanish jarayonini o’rganish lozim. Buning uchun izobaralar xaritasi, ya’ni qatlamning teng bosimlari xaritasi tuziladi. Bu xaritani tuzishda quduqdagi bosim o’lchamlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qatlamning bosimini o’lchashda quduqqa chuqurlik monometri tushirilib, tubida ma’lum bir vaqt ushlab turiladi, natijada qatlam-quduq, jinslarning fizik xususiyatlari va flyuidlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. SHuning uchun har bir quduqda chuqurlik monometrini ushlab turishning shunday vaqtini tanlash kerakki, toki bu vaqt mobaynida quduq tubidagi bosim uning atrofidagi hudud yoki unga tutash maydondagi qatlamda ishlayotgan quduqlardagi bosimning o’rtacha qiymatiga teng bo’lsin.
. Amaliyotda qatlamning dinamik bosimini o’lchash shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan tayanch quduqlarda, tanlab olingan ishlatilayotgan quduqlarda va maydon bo’ylab bir tekis joylashgan quduqlarda amalga oshiriladi.
Izobaralar xaritasini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
turli sanalarda o’lchangan boshlang’ich bosim ma’lumotlarining mavjudligi va ularni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish zarurligi;
bosimni qatlamning yotish chuqurligiga bog’liqligi (bosimning qiymati tog’ jinsining yotish burchagiga bog’liq) va ularni tanlangan shartli yuzaga keltirish zarurligi;
qatlamda statik muvozanatning yo’qligi va shu sababli interpolyatsiyaning va ayniqsa bosim ekstropolyatsiyasi (o’lchov natijalarini maydonning boshqa qismiga yoyish)ning tegishli usullarini qo’llash zarurligi.
Izobaralar xaritasini tuzishning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
2.-rasm. Izobaralar xaritasini tuzish sanasiga bosimlarni grafik usulda keltirish sxemasi
1 – quduqlardagi bosim; 2 – bosim pasayi-shining o’rtasha (xrono-logik) egri shizig’i; 3 – №1 va №2 quduqlarda hisoblangan bosimlar nuqtalari; 4 – №1 va №2 quduqlarda aniqlanadigan bosimlar
Qatlam bosimining turli sanalardagi o’lchov natijalari grafikda nuqtalarda belgilanadi. Hosil bo’lgan nuqtalardan («pashsha» nuqtalar diagrammasi) bosimning o’rtacha (xronologik) pasayish egri chizig’i tuziladi. So’ngra bu egri chiziq bosimning pasayish sur’atini butun uyum uchun tavsiflaydi, degan faraz bilan, zarur sanada har qanday quduq uchun taqribiy bosim qiymatini aniqlash mumkin. Masalan, izobaralar xaritasi tuzish kuniga (joriy yilning yanvar oyi uchun) 1 va 2 quduqdagi bosimni aniqlash talab etiladi. Bunday holatda quduqlar bosimiga mos keluvchi nuqta orqali bosimning o’rtacha pasayish egri chizig’iga parallel chiziq o’tkaziladi va talab qilingan bosim aniqlanadi.
Ravshanki, tavsiya etilgan usul taqribiydir. Shuning uchun bosimni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish maqsadida bir-biriga yaqin bo’lgan quduqlar ma’lumotidan foydalanish kerak. Agar ma’lumotlar xarita tuzish sanasidan ancha avval (mas.,6 oy oldin) olingan bo’lsa, ulardan foydalanilmagani ma’qul. Quduqlarda qatlam bosimi notekis o’lchangan va to’plangan dalillarga asoslangan ma’lumotlar qatlamning alohida mahalliy uchastkalariga tegishli bo’lsa, u holda bosimni bir sanaga keltirishda ijobiy natijaga erishish uchun har bir quduqda o’lchangan qatlam bosimining o’zgarish egri chizig’idan foydalaniladi. Ayrim quduqlarning egri chiziqlari bo’yicha bosimni aniqlanayotgan sanaga keltirish usuli yuqorida keltirilgan usulga o’xshash.
Ayrim quduqlarda bosimning notekis o’zgarishini ma’lum sanaga keltirish uchun qatlam bosimini o’rtacha pasayish egri chizig’idan foydalanish noto’g’ri natijaga olib kelishi mumkin. Chunki quduqlardan suyuqlikning bir maromda chiqarib olinmasligi va kollektorlarning litologik-fizik xususiyatlari (asosan uning o’tkazuvchanligi)ning har xilligi ayrim quduqlarda bosimning pasayish sur’atining turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qatlamning yotish chuqurligi (tog’ jinsining qiyalik burchagi) quduq tubi bosimiga ta’sir etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, pezometrik yuza gorizontal holatda bo’lsa ham, ayrim quduqlar tubidagi bosim qiymati tog’ jinslarining qiyalik burchagi ta’sirida turlicha bo’ladi. Bosimning taqsimlanish tafsilotini aniqlash uchun uni shartli yuza sifatida qabul qilingan dengiz sathiga keltiramiz. Bunday holatda pezometrik yuza gorizontal bo’lsa, barcha quduqlardagi keltirilgan bosim qiymatiga teng bo’ladi va keltirilgan bosimdagi har qanday,
hattoki juda oz miqdordagi nome’yorlikni ham oson aniqlash mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Qatlam bosimini saqlash usulidagi hisoblashlar reja kirish I. Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimi
|