|
University of geological sciences
|
bet | 1/4 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 6,61 Mb. | | #119969 |
Bog'liq Xolboyev. S. Quduq devoridan namunalar olish!
Mavz: Quduq devoridan tog’ jinslaridan namunalar olish
Bajardi: Xolboyev Sardor
email: sardorxolboyev.27@gmail.com
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
Reja:
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
2
Kern va shlam olish haqida umumiy tushunchalar
Kern oladigan namuna olgich moslamalar
Kernni saqlash
3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Ochilgan kesimning litologik tarkibi, hajmiy xosalari va to’yinganlik xarakteri haqida bevosita geologik axborot olish uchun quduqlarda tog’ jinslarining namunalari(kern va shlam) olinadi. Burg’ilash jarayonida kern namunalarini olish maxsus kolonkali dolotalar bilan amalga oshiriladi. Kern olish hajmi va oraliqlari quduqlarning vazifasi va bajaradigan topshirig’iga qarab belgilanadi. Tayanch quduqlarida to’liq kern olinadi, parametrik quduqlarda quduqning chuqurligidan 20% gacha hajm loyihalanadi, izlov quduqlarida esa odatda – 10-12 % ni tashkil etadi.
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Kolonkali dolotalar quduq tubini halqasimon shaklda o’yib ichkarilab boradi, natijada xalqa ichida silindir shaklida butun jins kesimi- kern qoladi. GTN da ko’rsatilgan intervaldan kernni olib , yer yuzasiga chiqarishdan avval burg’ulash svechalarining uzunligi o’lchanib, kern olinadigan chuqurlik yana bir bor qaytadan o’lchanadi. Burg’ilash uskunalarining aniqlangan uzunligi geologik jurnalga yozib qo’yiladi. So’ng quduqqa kolonkali dolota tushurilib , u bilan kern burg’ilanadi. Kern diametri kolonkali dolotaning ichki diametriga teng keladi. Jins namunalarini to’la chiqarish va uning butunligini salqash uchun burg’ilash rejimiga rioya qilish zarur.
5
Ichida kern bor namuna olgich yoki dolota quduqdan juda sekinlik bilan ko’tariladi. Dolota yoki namuna olgich mustahkamlash quvurlari boshmog’iga yaqinlashganda ko’tarilish tezligi yanada pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab kernuzatgich burab olinadi, keyin namuna olgichning yuqori qismi asta ko’tariladi, shunda kern bemalol ajraladi.
Agar kern namuna olgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo’lsa, u vaqtda namuna olgichning drenaj klapinli yuqori qismi burab olinadi va kern gidravlik yoki vintli press yordamida itarib chiqariladi. Namuna olgich va kernni biror jism bilan urib chiqarish mumkin emas .
|
| |