I-bosqich yo`nalishi 44/24-guruhida o`tkazilgan
Ota-onalar yig`ilishi
BAYONNOMASI № 1
Sana 18.09.2024-yil Zomin tumani
Guruh rahbari: Primqulov Javohir
Qatnashdilar: YoBIBDO’: A.Vallamatov, ICHTBDO’: S.Mirzaaliyev,
23 nafar ota-onalar
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR
1. Ota-onalar qo’mitasi raisini tayinlash
2. Guruh o’quvchilarining dars mashg’ulotlariga qatnashishi, tartib intizomi va davomadi
3. Guruh o’quvchilarining formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanganligi
Eshitildi: Yuqoridagi 1-masala yuzasidan “Avtomobil kuzovini tashxislash” yo’nalishi 44/24-guruh raxbari J.Primqulov so’zga chiqib guruh o’quvchilarining ota-onalari orasidan ota-onalar qo’mitasi raisi va a’zolarini saylash bo’yicha gapirib o’tdi. Majlisga ishtirok etayotgan ota-onalardan bir qator vakillar o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar.
Eshitildi: 2-masala bo’yicha guruh rahbari J.Primqulov guruh o’quvchilarining dars mashg’ulotlariga qatnashishi, tartib intizomi va davomadi bo’yicha gapirib, dars mashg’ulotlariga kech qolib kelayotgan o’quvchilar: 1. Xudoyqulov Azizbek Ergash o`g`li
2. Ikromov Ozodbek Musurmon o`g`li 3. Ashuruv Sardor Yoqubjon o`g`li 4. Otaqulov Boburjon Alisher o`g`li
Hamda davomadi past o’quvchilar: 1. Jo`rayev Samandar Safarbek o`g`li 2. Abdulxayev Asadbek Abduvali o`g`li 3. Ortiqboyev Sultonbek Erkinboy o`g`li to’g’risida aytib ularning ota-onalariga ogohlantirish berib farzandlariga dars mashg’ulotlariga o’z vaqtida qatnashishi va sababsiz dars qoldirmasliklari uchun sharoit yaratib berishlari zarur ekanligi aytilib o’tildi.
Yig’ilgan ota-onalardan: Allayorova Nasiba Xudoyberdiyevna, Abduraxmanov Xayitboy Qo'shboqovich, Fozilova Dildora Narimanovnalar o’z fikrlarini bildirib o’tdilar. Yuqqoridagi o’quvchilarning ota-onalari bunday holat boshqa takrorlanmasligi, farzandlarining o’z vaqtida o’quv mashg’ulotlariga qatnashishlari hamda uzrli sababsiz dars qoldirmasliklarini aytib, farzandlarini nazoratga olishlari hamda kerakli sharoit yaratib berishlari haqida aytib o’tdilar.
Eshitildi: Navbatdagi masala yuzasidan guruh o’quvchilarining formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanganligi bo’yicha guruh raxbari J.Primqulov o’quvchilarning kasb-hunar maktabida o’rnatilgan oo’quvchi yoshlarning kiyinish ma’daniyati hamda o’quvchilarning dars mashg’ulotlaridan o’quv qurollari bilan ta’minlanganligi bo’yicha gapirib, guruh o’quvchilarining kasb-hunar maktabining Axborot resurs markazi (ARM) ga a’zo bo’lishlari hamda undagi shart-sharoitlar, electron darsliklar kasbiy fanlar, umumta’lim fanlar, badiiy adabiyotlar bo’yicha tushuncha berib o’tdi.
Yig’ilgan ota-onalar va ular o’rnini bosuvchi vakillardan taklif va muloxazalar tinglanib, ko’rilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalar aytib o’tilib, ota-onalar yig’ilishi
QAROR QILADI:
Ota-onalar qo’mitasi raisini tayinlash: Taklif mulohazalar va yig’ilganlarning bergan ovozlari bo’yicha guruh ota-onalar qo’mitasi raisi etib Qulnazarov Baxrom Anorqulovich saylansin.
A’zolar: Xudoyorov O'tkirjon Abdunabiyevich, Isomiddinova Nigora Odashaliyevna, Abduraxmanov Xayitboy Qo'shboqovich, Fozilova Dildora Narimanovna.
2. Guruh o’quvchilarining dars mashg’ulotlariga qatnashishi, tartib intizomi va davomadi: Dars mashg’ulotlariga o’z vaqtida qatnshmay kechikib kelayotgan hamda sababsiz dars qoldirib guruh davomadini orqaga tortayotgan o’quvchilarning ota-onlariga ogohlantirish berilsin hamda ushbu o’quvchilar qatiy nazoratga olinsin.
3. Guruh o’quvchilarining formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanganligi: Guruh o’quvchilarining kasb-hunar maktabining o’rnatilgan kiyinish madaniyatiga amal qilib, kasb-hunar maktabining Axborot resurs markazi (ARM) ga a’zo bo’lishsin va zaruriy o’quv darsliklari bilan ta’minlansin.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan nazorat qilib borish guruh raxbari zimmasiga yuklansin.
Guruh rahbari: J.Primqulov
Guruh sardori:
|