• Xom ashyo maxsulotlari olinishi
  • Oxaktosh kuydirish
  • 1. Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi Karbonatli qotish Gidratli qotish




    Download 22,34 Kb.
    bet1/3
    Sana08.02.2024
    Hajmi22,34 Kb.
    #152953
      1   2   3
    Bog'liq
    РУЗА№7 БОГЛОВЧИ


    MA’RUZA № 7
    Mavzu: Havoi qurilish ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi
    Reja:
    1.Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi
    2.Karbonatli qotish
    3.Gidratli qotish
    4.Gidrosilikatli qotish


    Tayanch so’z va iboralar: Xavoda qotuvchi oxak, zich oxaktosh, bo’r, shaxta pechlari, isitish, kuydirish, sovutishzonalari, aylanma pechlar, «Qaynama» qavat, karbonatli qotish, gidratli qotish, gidro-silikatli qotish, gidratli oxak, oxak xamiri


    Xom ashyo maxsulotlari olinishi
    Xavoda qotuvchi oxak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaSO3 bo’lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Oxakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% SO2 dan iborat. Ko’pincha zich oxaktosh va bo’r ishlatiladi. Oxaktoshlar ko’pchilik hududlarida uchraganligi uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Oxak ishlab chiqarish texnolik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so’ndirishdan iborat.


    Oxaktosh kuydirish
    Xavoda qotuvchi oxak karbonatli tog’ jinslarini 900-12000S da kuydirish yo’li bilan SO2 ni mumkin qadar to’liq ajralib chiqishi CaSO - CaO - CO2 reaktsiyasi asosida va keyinchalik bo’lakli oxakni qayta ishlash bilan xosil qilinadi. Oxaktoshni shaxta pechlarida (bo’laklar o’lchami 8-20 sm) va aylanma pechlarda (5-40 sm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. SaSO3 ning termik parchalanish 9000S da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pechь konstruktsiyasiga bog’liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 12000S ga teng.
    Kuydirish natijasida hosil bo’lgan oxak (qaynama) xajmi nazariy jihatdan olingan oxaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u xammasi bo’lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil bo’lgan qaynama o’ta g’ovakligini ko’rsatadi.
    Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo’linish vaqti oxakning g’ovakliligiga, xajm birligidagi og’irligiga, katta ta’sir qiladi. Xarorat oshishi bilan kuydirish tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi.
    Ko’pincha oxaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Xar qanday: qattiq, suyuq va gaz xolatidagi yonilg’ida ishlashi mumkin.
    SHaxta pechiga yuqoridan oxaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg’i solinadi. Pechь bo’y baravariga shartli uch zonaga bo’linadi: isitish, kuydirish, sovutish. Pechning pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan oxak to’kiladi. Pastdan berilgan xavo oxak bo’laklarining issig’i hisobiga qiziydi va tepaga ko’tarilib kuydirish zonasiga uchraydi. Ushbu zonaning harorati 12000S ga boradi. Bu yerda yonilg’i yonishi natijasida kalьtsiy karbonat parchalanib SaO va SO2 hosil bo’ladi. Issiq gazlar ventilyator orqali yuqoriga surilib modda va yonilg’ining yuqori qavatlari isitiladi. Isitish zonasida oxaktosh quritiladi va tarkibidagi organik aralashmalar kuyadi. Tayyor bo’lgan maxsulotlar saqlanadigan omborga jo’natiladi.
    Aylanma pechlarda o’ta yuqori navli kuydirilgan oxak olinadi, bunda mayda bo’lakchalar hamda oqimga qarshi printsipidan foydalaniladi, lekin yonilg’i ko’p sarf bo’ladi. SHaxtali va aylanma pechlardan tashqari oxakni «Qaynama» qavatdan kuydirish uchun unumdorligi yuqori bo’lgan asboblar ishlatiladi. «Qaynama» qavatda issiqlik rejimi bo’yicha kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o’xshaydi. Tuyilgan oxaktosh yuklaydigan moslama orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo’lingan xavo o’tkazuvchi teshiklari bor. Ventilyator bilan yuqori zona orqali surilgan xavo oxaktosh qavatini xavoga to’yintiradi. To’yingan oxaktosh tokuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga o’tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va parchalanadi. Bo’lakli oxak ishlatilishidan oldin tuyilishi yoki so’ndirilishi kerak. Oxakni quvurli tegirmonlarda yopiQ tsiklda maydalanadi. Uni aktiv mineral qo’shimchalar bilan birga (domna, yoqilgi shlaklari, kul va x.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500sm2.g gacha maydalanadi.

    Download 22,34 Kb.
      1   2   3




    Download 22,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi Karbonatli qotish Gidratli qotish

    Download 22,34 Kb.