• Nazorat savollari
  • 1. Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi Karbonatli qotish Gidratli qotish




    Download 22,34 Kb.
    bet3/3
    Sana08.02.2024
    Hajmi22,34 Kb.
    #152953
    1   2   3
    Bog'liq
    РУЗА№7 БОГЛОВЧИ

    Gidratli oxak va oxak xamiri
    Oxakni bu turlarini olishda asosiy jarayon – so’ndirishdir.
    Xavoda qotuvchi oxakning so’ndirishi kalьtsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan (ya’ni suv bilan birikishdan) iborat:
    SaOQN2OSa(ON)2-g
    Ko’p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko’tarilib suv qaynab ketadi. Agar oxak sifatli bo’lsa, unda so’nish boshlanib tez o’tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, SaSl va boshqalar SaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiriladi. So’nish haroratining ko’tarilishi SaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so’nish tezligi kalьtsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog’liq. Xajmi 2 barobardan ko’proq keskin ortishi bilan ham so’nish reaktsiyasi borishi mumkin. Xosil qilingan oxak kukun-oxak va oxak xamiriga bo’linadi. Kukun oxak katta solishtirma yuzaga ega bo’lgan nihoyatda mayda kukun. U suvga o’ta moyil birikma. Oxak xamiri asosan Sa(ON)2 dan iborat bo’lib, qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - oxak tayyorlashda suv oxakka nisbatan 2-3 marotaba ko’p qo’shiladi, chunki bunda suv tez bug’lanib ketadi. Suvning miqdori juda ko’p bo’lganda oxak xamiri olinadi.
    Kukun-oxak Sa(ON)2, SaO ning gidratlanish jarayoni SaO ni eritish hamda uning nisbatan to’yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik sxema bo’yicha o’tadi . SaO ning gidratlanishi qaytar reaktsiya bo’lib, uning yo’nalishi haroratiga, shuningdek, suv bug’ining bosimiga bog’liq. Suv yetishmasligi natijasida so’ndirilgan oxakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Sa(ON)2 parda hosil bo’ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo’shilgandan keyin dastlabki vaqtda oxakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko’p bo’lsa gidratning xamir xolidagi qavat xosil bo’ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o’zlashtirish natijasida qurib Qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi so’nmagan oxak uchun kerakli suvni o’tkazmaydi.
    Oxakdagi ortiqcha begona narsalar maxsulotning so’nishini kechikishiga, sekinlashishiga, shuningdek natijada xajm kengayishi, ichki zo’riqish, darzlar xosil bo’lishi buzilishlariga sabab bo’ladi. Kukun-oxakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak.
    Sanoatda oxak uzlukli va uzluksiz moslama so’ndiriladi: uzlukli barabanli so’ndirgich - so’ndirish bug’ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi oxak bo’laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug’ beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida oxak so’ndiriladi. Umumiy tsikl 30-40 minutga boradi.
    Uzluksiz so’ndirish - parrakli yetti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Oxak oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib yetti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Xar qaysi barabanda parrakli val bo’lib, massani siqib chiqaradi.
    O’rada qorishtirib so’ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. Yuz tipidagi so’ndirgich ichida oxak bo’laklarini va so’nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar o’rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so’ndirgich ostiga to’kiladi. Mo’l miqdorida suv qo’shish bilan so’ndiriladi. Oxak xamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Oxak xamiri qo’shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin.
    Issiq suv ishlatilganda so’nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi oxak so’ndirgichning termomexanik konstruktsiyasi ana shunga asoslangan. Oxak so’ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So’ndirish barabani ikki tsilindrdan iborat bo’lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo’shliq issiqlik almashtirgich vazifasini o’taydi. TSilindrning 1 kamerasi so’nish ro’y beradi, ikkinchi kamerada po’lat sharlar yordamida so’ndirilmagan zarrachalar maydalanadi.
    CHexiyada karbonat xom ashyolardan bo’lakli va kukunsimon oxak ishlab chiqarish o’zlashtirilgan. Kukunsimon so’ndirilmagan oxak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o’lchamdagi maydalangan oxaktosh bo’laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo’laklar qayta bolg’ali maydalagichda maydalanib keyin xavoli separotorlarda 2 fraktsiyaga ajratiladi: oxakning (0,2-2,5) yuqori dag’al qismi qayta oxakka ishlanadi.
    Nazorat savollari
    1.Qurilish ohagining ishlab chiqarish texnologiyasini izohlang?
    2. Qurilish ohagining ishlab chiqarish uskunalari?
    3.Oxak bog’lovchilarni qotishini tushuntiring?
    4.Karbonatli qotish nima?
    5.Gidratli qotish nima?
    6.Gidrosilikatli qotish nima?
    Download 22,34 Kb.
    1   2   3




    Download 22,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi Karbonatli qotish Gidratli qotish

    Download 22,34 Kb.