|
Mis-ruhli rudalarni boyitishning texnologik sxemalarini tanlash va hisoblash
|
bet | 1/4 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 367,11 Kb. | | #271485 |
Bog'liq amaliy ish 1-Mis-Rux-5
13-Amaliy ish
MIS-RUHLI RUDALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARINI TANLASH VA HISOBLASH
Mis-piritli rudalarni boyitish texnologiyasi.
Mis-piritli rudalarni boyitishning texnologik sxemasi rudaning turiga, mis minerallari va bо‘sh tog‘ jinslari tarkibiga, о‘lchamiga, piritning flotatsiyalanish faolligiga va shlamlanishiga bog‘liq. Bu omillar orqali texnologik sxema necha bosichdan iborat bо‘lishi, kollektiv-selektiv sxema bilanmi yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri boyitish sxemasi bilan boyitish kerakligi aniqlanadi. Ishlab chiqarish unumdorligi katta bо‘lmagan va yengil flotatsiyalanuvchi mis rudalari uchun bir bosqichli texnologik sxema tavsiya etiladi. Bu sxema maydalash, yanchish, tasniflash, asosiy flotatsiya, nazorat flotatsiyasi va bir nechta tozalash jarayonidan iborat bо‘ladi. Agar ruda tarkibida misning ikkilamchi minerallari, ayniqsa kovellin uchrasa, yanchish va birinchi flotatsiyadan keyin tayyor mis boyitmasi olinib, boy tarkibli nazorat flotatsiyasi chiqindisi qо‘shimcha 80-85% -0074mm gacha yanchiladi, ikkinchi bosqichni mis boyitmasi birinchi bosqich boyitmasi bilan qо‘shiladi.
Ish unumdorligi yuqori bо‘lgan boyitish fabrikalarida asosan ikki bosqichli texnologik sxemalar qо‘llaniladi. Mis-porfirli, mis-qumli rudalarda pirit va mis tarkibi unchalik yuqori bо‘lmagan taqdirda boyitish natijasida kollektiv–selektiv sxema bо‘yicha faqat mis boyitmasi, yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri selektiv sxema bо‘yicha mis va pirit boyitmalari ajratib olinadi. Birinchi sxema bо‘yicha 45-50% gacha yanchilgan mahsulot kollektiv flotatsiyaga jо‘natiladi (pH- 7,5 dan yuqori bо‘lmasligi kerak). Olingan kollektiv mis-piritli boyitma qо‘shimcha yanchilgach, pH-12-12,5 ga kо‘tarilib, pirit sianid tuzlari bilan tazyiqlangach, mis flotatsiyasi amalga oshiriladi. Yig‘uvchi reagent sifatida ksantogenatlar (10-30g/t) va ditiofosfatlar (10g/t) ishlatiladi. Agar ruda tarkibida oksidlangan minerallar uchrasa, yanchish va asosiy flotatsiya jarayonlariga natriy sulfidi beriladi (200-300g/t) . Rudalarnii tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri selektiv sxema bо‘yicha boyitganda mis flotatsiyasidan avval ruda 80-85% -0,074 mm gacha yanchib olinadi. Asosiy mis flotatsiyasiga pH-11-12 bо‘lgunga qadar, piritni chо‘ktirish maqsadida oxak (400-800g/tgacha) qо‘shiladi. Mis boyitmasi tozalash jarayoniga jо‘natilmasidan avval qо‘shimcha ravishda 90-95% -0,074 mm gacha yanchiladi. Mis flotatsiyasi chiqindisidan pirit ajratib olinadi. Mis kolchedanli rudalar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri selektiv boyitish sxemasi bо‘yicha boyitiladi. Asosiy va tozalash jarayonlariga 500-1000g/m3 oxak qо‘shiladi va rudada bо‘sh tog‘ jinslari 10-15% dan oshmasa, nazorat flotatsiyasi chiqindisi tayyor pirit boyitmasi hisoblanadi.
Mis-rux rudalarini selektiv flotatsiyasi murakkab kechuvchi jarayon hisoblanib minerallarni kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Mis- rux rudalari tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri selektiv flotatsiya yoki kollektiv-selektiv flotatsiya sxemalari yordamida boyitiladi. Tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri boyitish sxemasida rudalar 85-95 % - 0,074 mm gacha yanchilganda xalkopirit, sfalerit minerallari zarrachalari ochiladi. Ba’zi reagentlar yanchish jarayoniga qо‘shilib mis flotatsiyasi chiqindisidan sfalerit mis kuparosi yordamida faollashtirilgach, mis boyitmasi ajratib olinadi. Bunday texnologik sxema ruda tarkibida mis minerallari xalkopiritdan hamda rux minerallari sfaleritdan iborat bо‘lsagina qо‘llaniladi.
Mis - rux rudalarini tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri selektiv flotatsiya yordamida boyitish Sibaysk fabrikasida (MDH) Kanadaning “Rutten”, “Foks”, “Ekstol” va “Kvemont”, hamda Finlyandiya, Norvegiyaning boyitish fabrikalarida amalga oshiriladi. Mis boyitmasini sifatini oshirish maqsadida uni tozalash jarayonidan oldin qayta yanchiladi. Kollektiv flotatsiya jarayonidan oldin rudalar 0,074 mm о‘lchamdagi zarrachalar 45-60% ni tashkil qilgunga qadar yanchiladi va natijada sulfidli minerallar puch tog‘ jinslaridan ajraladi. Bunda piritni chо‘ktirish uchun oxak qо‘llaniladi. Boyitish fabrikalarida asosan tо‘plovchi reagent sifatida ksantogenatlar va ditiofosfatlar (150-200 g/t), kо‘pik hosil qiluvchi reagent sifatida T-92 ishlatiladi. Kollektiv mis - rux boyitmasi ajratilishdan oldin albatta qayta yanchiladi hamda natriy sulfidi (0,2-3 kg/t) va faollashtirilgan kо‘mir (0,3 kg/t gacha) yordamida desorbsiya jarayoni amalga oshiriladi.
Desorbsiya jarayoni maxsus kontakt chanlarda olib boriladi. Kollektiv mis-rux boyitmalarini sianid usulida yoki sianidsiz usullarda ajratish mumkin. Birinchi usulda tegirmonga yoki kontakt chaniga mis flotatsiyasi jarayonidan avval sianid va rux kuporosi aralashmasi qо‘shiladi. Ikkinchi usulda esa sianid tuzlari о‘rniga natriy sulfit, oltingugurtli gaz, natriy tiosulfat tuzi rux kuporosi aralashmasi bilan sfaleritni chо‘ktirish uchun ishlatiladi. Mis flotatsiyasi ksantogenat va kо‘pik hosil qiluvchi reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonlariga esa mis boyitmasini sifatini yaxshilash maqsadida natriy sulfidi, rux kuporosi va oxak qо‘shiladi. Mis flotatsiyasi chiqindisidan faollashtiruvchi reagent sifatida mis kuporosi qо‘shilib (0,1-0,3 kg/t) sfalerit flotatsiyalanadi. Piritni chо‘ktirish uchun oxak ishlatiladi.
Sibaysk boyitish fabrikasida mis-qо‘rg‘oshin rux rudalari qayta ishlanib, ular kimyoviy va mineralogik, minerallarning о‘lchami bilan hamda fizik kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu rudalarda asosiy rudali mineral pirit hisoblanadi. Mis minerallari – xalkopirit, kovellin, xalkozin. Rux asosan sfaleritdan iborat. Sibaysk konining rudasi selektiv flotatsiya sxemasi yordamida boyitiladi. Yanchish jarayoniga sfaleritni chо‘ktirish maqsadida natriy sulfit (50 g/t) va rux kuporosi (50 g/t), piritni chо‘ktirish uchun oxak (400 g/m3) qо‘shiladi. Mis flotatsiyasiga butil ksantogenati (90-150 g/t) va kо‘pik hosil qiluvchi reagent – butilditiofosfati va flotatsiya moyi qо‘shiladi. Rux flotatsiyasi ishqoriy muhitda mis kuporosi (400 g/t) bilan faollashtirilgach amalga oshiriladi. Bunda ksantogenatning miqdori 90-140 g/t ni tashkil etadi. Natijada 19-20% li mis boyitmai (ajralishi 83-84 %) hamda 45-46% li pirit boyitmai (ajralishi 74-75 %) ajratib olinadi.
Kо‘pchilik boyitish fabrikalarda Sredneuralsk, Krasnouralsk,Uchalinsk, Gayskda mis-rux rudalari boyitilib, ular kollektiv –selektiv sxemalar yordamida boyitiladi. Gaysk boyitish fabrikasida ruda kollektiv–selektiv sxemalari yordamida boyitilib, sulfidli minerallar - pirit, xalkopirit va sfalerit, puch tog‘ jinslari esa kvars, dala shpati va seritsitdan iborat. Rudalar mis minerallarini tarkibi о‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi sulfidli mis minerallari miqdori 14-80 % gacha, eruvchan sulfatlar 0,5-13 % gacha о‘zgarishi mumkin. Rux rudasi esa 94-98 % sfaleritdan iborat. Rudalar 98-100 % 0,074 mm gacha yanchilgach, sulfidli minerallarni ajratish jarayoni amalga oshiriladi. Kollektiv flotatsiya ishqoriy muhitda (SaO 150-180 g/m3) olib borilib, mis kuporosi (200-240 g/m3) sfaleritni faollashtirish uchun qо‘shiladi. Tо‘plovchi reagent sifatida izopropil va butil ksantogenatlari aralashmasi, hamda kо‘pik hosil qiluvchi reagent sifatida T-92 (30-60 g/t) qо‘shiladi. Nazorat kollektiv flotatsiyasiga faqat butil ditiofosfati (15-20g/t) qо‘shiladi. Kollektiv boyitma tozalash jarayonidan keyin natriy sulfidi va faollshshtirilgan kо‘mir yordamida desorbsiyalanib, quyultiriladi hamda 0,074 mm о‘lchamli zarrachalar 90-95 % ga yetgunga qadar yanchiladi.
Mis flotatsiyasiga natriy sulfidi (150-350 g/t) va rux kuporosi (150-350 g/t) sfaleritni boyitish uchun qо‘shiladi. rN 8,5-8,7 bо‘lganda ikkita tozalash jarayonidan keyin 16-18 % mis boyitmasi ajratib olinadi (ajralishi 87-89%). Nazorat mis flotatsiyasi chiqindisi rux boyitmasidan iborat bо‘lib, ruxning miqdori 42-45 %, ajralishi 50-55%.
Uchalinsk konining kolchedanli rudalari murakkab mineral tarkibi bilan ajralib turadi va qiyin boyitiluvchan ruda hisoblanadi. Rudalar piritdan (83%), sfaleritdan (5,5%), xalkopiritdan (2%) va kovellin (0,2%) dan iborat. Uchalinsk konining rudalari kollektiv-selektiv sxema bо‘yicha boyitilib, ikki bosqichli yanchish jarayonidan keyin 0,074 mm о‘lchamdagi zarrachalar 85-90 % ni tashkil etadi. Kollektiv boyitmani ajratishdan avval qо‘shimcha yanchish jarayoni о‘tkazilib, 0,074 mm о‘lchamdagi zarrachalar 90-95 % ni tashkil etadi. Nazorat rux flotatsiyasini chiqindisi tayyor pirit boyitmasi hisoblanadi. Olingan mis boyitmasini tarkibida 16-18 % mis bо‘lib, ajralishi 78-82 % ni tashkil etadi. Olingan rux boyitmasi tarkibida 48-49 % rux bor.
Mis - rux rudalarini boyituvchi chet el boyitish fabrikalarida kollektiv-selektiv sxemalar Yaponiyaning “Kamikita”, “Xitachi”, “Osoridzava”, “Sosotsura” fabrikalarida, hamda selektiv sxemalari Kanadaning “Foks”, “Rutten”, “Ekstol”; Finlyandiyaning “Keretti”; Yaponiyaning “Kavayama” va Norvegiyaning “Sulitelma Gruber” fabrikalarida qо‘llanadi. Mis- rux rudalarini boyituvchi chet el fabrikalarida maydalash jarayoni natijasida rudalar uch bosqichda 16-20 mm gacha maydalanadi. Yanchish jarayoni ikki bosqichda olib borilib, 0,074 mm о‘lchamdagi zarrachalar 65-80% ni tashkil etadi. Kanada va Finlyandiya boyitish fabrikalarida tо‘plovchi reagent sifatida amil va izopropil ksantogenatlari, Yaponiyada amil, ikkilamchi butil va geksil ksantogenatlari , hamda butil va izobutil natriy ditiofosfatlari, aeroflotlar 3477, 208 va 211 ishlatiladi. Kanada fabrikalarida keng tarqalgan kо‘pik hosil qiluvchi reagent – metilizobutilkarbinol (14,5- 63,5 g/t), hamda daufros 250 (15,5 g/t) va sosna moyi (23,5g/t) ishlatiladi. Finlyandiyadagi boyitish fabrikalarida sosna moyi (29g/t) ishlatiladi. Piritni chо‘ktirish maqsadida oltingugurtli gaz, sianid, rux kuporosi, oxak va boshqa reagentlar keng qо‘llanadi.
Yaponiyaning “Mikoxata” fabrikasida mis-rux va mis-qalay rudalari flotatsiya- gravitatsiya sxemasi bо‘yicha boyitilib, uning tarkibida 1,3 % mis, 2% rux, 14 g/t kumush va 0,28 % qalay bor. Rudalarni boyitish ikki siklda amalga oshiriladi. Boyitish tо‘g‘ridan –tо‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasi bо‘yicha olib borilib, avval mis boyitmasi pH 7,5 – 8,2 bо‘lganda hamda natriy sianidi (17,7 g/t), rux kuporosi (182 g/t), etil (25g/t) va geksil (22,7 g/t) ksantogenatlari , metilizobutilkarbinol (32g/t) ishlatiladi. Mis flotatsiyasini chiqindisidan (pH=9,5) asosiy flotatsiyasida (rN=9,5) va tozalash jarayonida rN=12,5 ga teng bо‘lganda rux boyitmasi ajratib olinadi . Sfaleritni flotatsiyasiga izopropil (45,9 g/t) va geksil (15,4g/t) ksantogenatlari, mis kuporosi (80 g/t), oxak (528 g/t) qо‘shiladi. Rux flotatsiyasini chiqindisi boyitish stolda boyitish uchun gravitatsiya sikiliga jо‘natiladi. Natijada tarkibida 53,3% qalay bо‘lgan yirik zarrachali qalay boyitmasi olinib, uni ajralishi 44,3 % ni tashkil etadi va mayda zarrachali boyitma tarkibida 23,3 % qalay bо‘lib, uni ajralishi 15,3%. Tayyor mis boyitmasi tarkibida 27,5 % mis, 7,99 % rux, 0,08 qalay, 240 g/t kumush bо‘lib, misning ajralishi 92,5 %. Rux boyitmasi tarkibida 53 % rux bо‘lib, ajralishi 73,3 %. Kо‘pgina mis-rux boyitish fabrikalari asosiy metallardan tashqari kо‘pgina rangli va kamyob metallarni о‘z ichiga oladi. Masalan, mis boyitmasi tarkibida indiy, oltin va kumush ajralishi 85-87 % ni, rux boyitmasi tarkibida esa kadmiy 70-72% ni, indiy 20-33 % ni, pirit boyitmasi tarkibida esa tellur, talliy va indiy 20 % ni tashkil etadi. Chiqindi bilan birga 40-52 % selen , 60-62 % tellur, 30-72 % talliy, 30-76 % indiy, 96 % gacha germaniy va 20 % gacha galliy chiqindi omboriga ketadi.
|
| |