Reja: Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha
Mavzu: Flotatsiya jarayoni haqida umumiy tushunchalar
Reja:
1.Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha.
2.Flotatsiya jarayonida foydalaniladigan mashinalar.
3.Pnevmatik flotatsion mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bo‘lsa-da, faqat XX asr boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, nodir metall rudalarini boyitishning universal usuli bo‘lib hisoblanadi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 90% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi. Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qo‘llanilishi uning quyidagi bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi:
1) metalining miqdori kam bo'lgan kambag‘al rudalarni ham qayta ishlash mumkinligi (masalan: mis 0,3 %, qalay va volfram 0,3% gacha, molibden 0,003% gacha va hokazo).
2) murakkab, masalan, polimetall rudalarni kompleks ravishda qayta ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin, rux, misli polimetallrudalar). Flotatsiya — mineral zarralar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqqa asoslanib boyitish usuli.Mineral zarralaming suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida mahkamlanish qobiliyati ularning suv bilan ho‘llanish qobiliyatiga bog'liq.Ho‘llanish — mineral zarralar yuzasining suv molekulalari bilan molekular tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish hodisasi.Ho'llanish zarraning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog‘liq. Erkin yuza energiyasi qancha katta bo'lsa, zarra yuzasi shuncha yaxshi ho‘llanadi, qancha kichik bo‘lsa, shuncha yomon ho'llanadi. Suv bilan ho'llanmaydigan yuzalar gidrofob, suv bilan ho'llanadigan yuzalar esa gidrofilyuzalar deyiladi (taijimada suvni yaxshi ko'ruvchi va yomon ko‘ruvchi yuzalar).Suyuqlik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan hamma qo'shni molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Buning natijasida molekulalarning tortishish kuchi o'zaro tenglashgan, molekulalaming o‘zi esa muvozanatda turadi.Suyuqlik yuzasida joylashgan molelula uchun esa molekular tortishish kuchlari muvofiqlashmagan. Molemla faqat suyuqlik tom onidan tortilishni his qiladi.Bu kuchlar tenglashmagan va smuqlik fazasining ichiga yo'nalgan. Yangi ajralish sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga qarshi ish sarflash kerak.1 sm2 ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi. U «Т» harfi bilan belgilanadi va erg/sm2 yoki dm /sm2 larda o‘lchanadi. Sirt tarangligi sirt ajralishi fazasining muhim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt tarangligi 20° da 72,75 dm /sm2 ga teng. Uni suvda har xil moddalarni eritib olchash mumkin. Suvda eriydigan va sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar sirt aktiv moddalar deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir vaqtning o ‘zida ham polar (OH-, CON, N H2 -), ham apolar (uglevodorod zarralari) guruhlari kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi m oddalar sirt aktiv moddalarga kiradi.Flotatsiya jarayonida foydali minerallar ko‘pikka o‘tadi, puch tog jinslari esa bo‘tanada qoladi. Flotatsiyaning bir necha usullari mavjud:
1-yog‘dagi flotatsiya,
2-plyonkali flotatsiya,
3- ko'pikli flotatsiya,
4- ko'pikli separatsiya,
5-flotogravitatsiya.
Keyingi yillarda flotatsiya jarayonini takomillashtirish bo'yicha yangi yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda.Yog'dagi flotatsiya - tabiiy gidrofob minerallarni saqlovchi mayin tuyulgan ruda zichligi 1 dan kichik (rfTurli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo'ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib flotatsiyalanmaydi.Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo'lishi kerakki, qimmatbaho komponent zarralario'ziga yopishgan puch tog‘ jinslariminerallardan to‘liq ozod bo'lgan va flotatsiyalanuvchi zarralarning o'lchami havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos kelishi kerak.Odatda, flotatsiyani zarralarning o‘lchami 0,02—0,5 mm orasida olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarralarning maksimal o'lchami ularning gidrofobligi va shakliga bog‘liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan yirik zarralar ham, shuningdek, ajralishni keskin kamaytiruvchi va reagentlar sarfini oshiruvchi, o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar bo‘lmasin.Bo‘tananing qattiq zarralarini massa ulushi 15—40% gacha bo'lishi mumkin. Flotatsiyaning ba’zi operatsiyalarida suyuqroq bo'tana ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo‘tana quyultiriladi.Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarralarning flotatsiyalanishi yomonlashadi, boyitmaning sifati pasayadi. Yuqori sifatli boyitma olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi.Haroratning ortishi ko‘p hollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Bunda bir qator reagentlaming (ayniqsa, yog‘ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to'plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatilganda bunday hoi kuzatilmaydi va bunda bo‘tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Flotatsiyada reagentlar tartibi ishlatilayotgan reagentlaming turi, ulaming sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlaming bo‘tana ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral zarralarning yirikligi, suvning tarkibi va hokazolami o‘rganish borasida olib borilgan tajribalar asosida tanlanadi.Odatda, reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhitning regulatorlari, so‘ndimvchilar (faollashtirgichlar), to‘plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar.Muhit regulatorlari tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To‘plovchilar esa kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotomashinalarga uzatiladi. To‘plovchi, odatda, birato‘la emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi.Suvning tarkibi — flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv o‘zining tarkibida har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalami saqlaydiki, ular muhitning pH ini o‘zgartirib, ko'pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerakbo'lmagan holda minerallarga aktivligini orttiruvchi yoki so‘ndiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin.Flotatsiya vaqti flotatsiyalanuvchi komponentning boyitmaga ajralish darajasi va sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya vaqtining optimumdan ortishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho kom ponentning boyitmaga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, boyitma sifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.Bo'tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan haddan tashqari to ‘yintirish ulaming qo'shilishini ko'paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarralarning ajralish ehtimolini orttiradi. Bo‘tanada mineral zarralarni ko'tarish uchun nisbatan yirik zarralar (d = 1mm) ning ham va mineral zarra yuzasini faollashtiruvchi mayda pufakchalarning ham bo‘lishi kerak.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo'tananing hajmi va undagi qattiq zarralarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak.Flotatsion mashinani haddan tashqari yuklash metallni boyitmaga ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga yetarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va ko'pikli mahsulotga puch tog‘ jinslari o‘tib ketib, boyitma sifati yomonlashadi.Flotatsiya jarayoni flotatsiya mashinalari deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi.Flotatsiya mashinalarning konstruksion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan qat’iy nazar, ulaming umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir.Bo‘tanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga qarab flotatsiya mashinalari 3 turga bo'linadi:
1) mexanik;
2) pnevmatik;
3) pnevmomexanik.
1-rasm. Mexanik flotatsion mashina:
1-yuklovchi cho‘ntak; 2 - markaziy quvur; 3— potrubok; 4 - to ‘siq; 5-tyaga;6—quti; 7-sterjen; 8-richag; 9-stakan; 10-vcrtikal val; 11-q o p q o q ;12—13 —tuynuklar; 14-shiber; 15-tiqin (po‘kak); 16-parraklar; 17 -impeller osti diski; 18-tu y n u k ; 19 -im p eller; 20-suruvchi patrubka
2-rasm Pnevmomexanik flotatsion mashina: 1—korpus; 2—impeller; 3— tinchlantirgich; 4—val; 5—havo kollektori; 6-jo‘mrak; 7—tuynuk; 8— shkiv; 9-reduktor; 10-ko‘pik tushiruvchi.
Mexanik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni so‘rish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) yordamida amalga oshiriladi.Pnevmatik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani havoga to‘ymtirish va uni aralashtirish havo puflovchi moslama orqali beriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.Pnevmomexanik mashinalarda havo aeratordan beriladi, bo‘tanani aralashtirish va havoni mayda pufakchalarga parchalash impeller orqali amalga oshiriladi.Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari ishlash prinsipiga qarab mexanik mashinalarga o'xshaydi, faqat aerator bo‘g‘imining tuzilishida farqi bor. Kameraga beriladigan havo sarfmi boshqarish uchun ventil xizmat qiladi. Radial parrakli aralashtirgichlar parraklar to'plam idan iborat bo‘lib, ulaming pastki zixi (cheti) koфusning tubiga yetmaydi, bu bilan kamera devorlarida loy to‘planib qolishining oldi olinadi va bo‘tananing havo pufaklari bilan bir tekis to‘yinishi sodir bo‘ladi.Ko'pikli mahsulot shkiv va reduktor orqali harakatga keltiriladigan elektrodvigateldan aylanadigan ko‘pik yig‘uvchi moslama orqali ajratib olinadi. Pnevmomexanik mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Bu mashinalarda flotatsiya tezligi katta, havo yaxshi tarqaladi, elektroenergiya sarfi kamayadi.Pnevmomexanik mashinalarda flotatsiya olib borish ularda flotatsiya tezligining mexanik mashinalardagiga nisbatan 30—40% ortishi, elektr energiyaning sarfi esa 30-40% kamayishini ko‘rsatadi.
Pnevmatik (aerolift) flotatsiya mashinalari sodda tuzilishga ega, ishlatish vaqtida tejamli, mineral tarkibi bo‘yicha uncha murakkab bo'lmagan rudalarni boyitishda ishlatiladi mashinalar aerolift prinsipi bo‘yicha (havo yordamida ko'tarilishi) ishlaydi va shuning uchun aerolift mashinalar deb ataladi.Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo'linadi:
1) mayda (vannaning chuqurligi 0,9m)
2) chuqur (vannaning chuqurligi 2,4 m dan 3 m gacha).
Chuqur aerolift mashina vanna, aerolift, aeratordan iborat. Aerolift vannaning markaziy bo‘limi hisoblanib, mashinaning tubiga yetmagan 2 ta vertikal to‘siq orqali hosil qilingan.Aerator po‘latdan payvandlangan quticha holida tayyorlanib, pastki qismida aeroliftga havo kiradigan teshik bilan tamomlanadi. Aeratorga havo markaziy kollektordan ikkita havo o'tkazuvchi quvurlar orqali berilib, teshikning butun. kengligi bo‘yicha tarqaladi.
3-rasm.Chuqur aerolift flotatsiya mashinasi.
1-markaziy kollektor; 2- havo o ‘tkazgichi; 3— zulfi; 4— tuynuk; 5—to ‘siq; 6—aerolift; 7—vanna; 8-aerato r; 9 -k o ‘pik qaytargich.
Havo o'tkazuvchi quvur yuqorida zulfin (surma qopqoq) ga ega. Bo‘tana mashinaning bosh tarafida joylashgan qabul qiluvchi cho‘ntak orqali vannaga beriladi. Havo aeroliftga ikki tomondan beriladi. Mashinaning yonbosh bo‘lmalaridagi bo‘tana havo bilan kam to‘yingani uchun markaziy bo‘lmadagi bo‘tanaga nisbatan kattaroq zichlikka ega bo‘ladi va u aerolift kameraga tomon intiladi. Aerolift kamerada havo pufakchalarining maydalanishi bo‘tana-havo aralashm asining turbulent harakati tufayli yuzaga keladi. Minerallashgan havo pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko'tariladi va yo‘naltiruvchi to‘siqlar yordamida yonbosh bo'lmalarga otiladi. Bu maqsadda aerokamera ustiga ushlovchi (otboynik) o'rnatiladi. Bo‘tanani aralashtirish, tashish, bo‘tana-havo aralashmasini aerolift kameradan chiqarish uchun kerak bo‘lgan havo teshik orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.Pnevmatik flotatsiya mashinasi ФП-100 rangli, nodir, kamyob va qora metall rudalarini hamda ko‘mir va shu kabi foydali qazilmalami boyitishda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion m ashinalardan tuzilishining soddaligi, harakatlanuvchi va tez ishdan chiquvchi qismlarining yo‘qligi, kam metall va elektrenergiya ishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib turadi.Mashina konus shaklidagi asosli (30-55' burchak ostida) po‘lat listdan tayyorlangan vertikal silindrik kameradan iborat. Mashina konus qismining pastida mashinaning o‘qi bo‘ylab yordamchi shaybali aerator o ‘rnatilgan. Bu aerator rezinadan tayyorlanib, mashina devoriga mahkamlanadi va mashina uzoq vaqt ishlamay turib qolganda uni ichidagi mahsuloti bilan birga ishga tushirishga xizmat qiladi.Konus qismining yuqorisi silindrik qism bilan ulangan joyda teshik-teshik elastik naydan yasalgan asosiy aerator kronshteynga tayanadi.Aeratoming karkasi (qobirg'a) metall quvurdan uni geometrik tarzda ushlaydigan nippel bilan tayyorlanib, ularga elastik teshik-teshik quvurlar mahkamlanadi. Mashinaning yuqori qismida taxminan 4 m balandlikda ikkinchi aerator o'rnatilgan. Ikkala aerator ham o‘zlarini mashina balandligi bo‘ylab yo'naltiruvchi va ko‘taruvchi m oslamalar bilan ta'minlangan. Bu esa flotatsiya mahsulotlariga qo‘yiladigan talabga qarab, flotatsiyani boshqarish imkonini beradi.Naysimon aerator bo‘tanadagi havo pufakchalarini samarali maydalaydi va ularni muallaq holda ushlab turishni ta’minlaydi.Naydagi har bir teshik jajji qopqoq (klapan) dan iborat bo‘lib, u ma’lum havo bosimida ochiladi. Havo berish to'xtatilishi bilan teshikcha yopiladi va naysimon aeratorga bo‘tana oqimi kirishi to'xtaydi.Mashinani dastlabki mahsulot (bo‘tana) bilan to'ldirish uning yonboshidagi (yuqori qismida) tuynuk orqali amalga oshiriladi.Ko'pikli mahsulot (boyitma) tamovchaga oqib tushadi. Chiqindi bo'shatuvchi moslama orqali chiqariladi.Aeratoiga berilayotgan havoning sarfi va bosimini o'zgartirib ko‘pikni minerallashtirish, boyitmaning sifatini va chiqishinĺli boshqarish mumkin.Yuqori qismda ko‘pik ushlovchi moslama o‘matilgan bo‘lib, u ko‘pikni markazdan chetga yo‘naltiradi. Mashinani ko‘zdan kechirish uchun uning ostki qismida lyuk o'rnatilgan.
1-jadval. Flotatsion mashinalarning klassifikatsiyasi
№
|
Turi
|
Bo‘tanani aeratsshlash usuli
|
Konstruktiv jihati
|
Mashinalar
|
I
|
Mexanik
|
Botanani impeller aylanishidan sorilgan havo yordamida
|
1.Parrakli impeller.
2.Rotorli impeller
|
«Mexanobr» MFU-63, «Gumbold», «Minamet», «Fagergren»
|
II
|
Penovmatik
|
Bo‘tanaga havo purkash yo‘li bilan
|
1.Aerolift.
2.Bo‘tanani ko‘pik qatlamiga berish.
3.Kalonna turidagi kamerali.
4.Havoni mayda teshikchalar orqali berish.
|
Chuqur «Mexanobr», ko‘pikni saralagich kalonnali «Apatit».
|
III
|
Penovmomehamik
|
I va II usullar birgalikda
|
1.Barmoqli aerator.
2.Titirama aerator.
3.Bo‘tanani devor oldi qatlamini parchalovchi qurilma
|
«Mexanobr» barmoqli aerator bilan titratuvchi (vibratorli) aerator, uchli aerator
|
IV
|
Bo‘tanada bosimni kamaytiruvchi
|
Eritmadan gazlarni ajratish yo‘li bilan
|
1.Bo‘tanani ustida vakuum hosil qilish.
2.Bo‘tanani bosim ostida havo bilan to‘yintirish va bosimni kamaytirish
|
Vakuumli, kompressorli
|
V
|
Elektroflotatsiya
|
Suvni elektrolizlash
|
-
|
Elektr flotatsiyali
|
Pnevmatik flotatsiya mashinalarni quyidagi sharoitlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya qilinadi: foydali qazilma oson flotatsiyalanganda, uning kichik yoki o‘rtacha zichligida, sodda boyitish sxemasida, boyitmaning chiqishi kattaroq bo‘lganda. Boshqa sharoitlarda ko‘pincha pnevmomexanik mashinalar tanlanadi. Biroq texnologik sabablarga ko‘ra flotatsiya jarayonini jadallashtirishning imkoni bo‘lmasa, mexanik mashinalar nisbatan tejamliroq bo‘lishi mumkin.Mexanik flotatsiya mashinalarining o‘zgargan shakli qaynar qatlamli mashinalar -0,8 mm li va yirikroq zarrachali (-3 mm) qalayli rudalarni flotatsiyalash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Turbomarkazdan qochuvchi impellerli flotatsiya mashinalari (FTM va FMIZ) ikkita havoga to‘yintirish va qalqib chiqish kameralariga ega bo‘lib, mayin tuyulgan shlamli bo‘tanalarni flotatsiyalashga mo‘ljallangan. Mashinalar havoni so‘rish, yoki pnevmomexanik mashinalardagiga o‘xshab tagidan havo berish orqali ishlashi mumkin. Pnevmomexanik mashinalar yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklari tufayli ko‘proq qo‘llaniladi. Ular oddiy bo‘tanalar (40% qattiq zarrachalar va 50% kam bo‘lmagan -0,074 mm sinf) uchun ishlatiladi. Bu mashinalar oqib o‘tuvchi mashinalar bo‘lib, ularni bo‘tana sathi kameralar bo‘yicha boshqarilmaganda va ortiqcha mahsulotlarni tez-tez qaytarishlar bo‘lmaganda tavsiya qilinadi.Mashinaga mahsulotlarni so‘rish va bo‘tanani qabul qilish uchun mexanik kameralar (bosh kameradagidek) o‘rnatish mumkin.Pnevmatik mashinalar ichida Mexanobr institutining chuqur aerolift mashinalari eng yaxshi qisoblanadi.Ko‘pikli saralash qo‘llaniladigan FP-2,5 pnevmatik mashina -0,074 mm li sinfning miqdori 30% dan kam bo‘lmagan yirik zarrachali rudalarni boyitishda asosiy va nazorat flotatsiya jarayonlarida ishlatiladi.Bo‘tanani havoga to‘yintirish (aeratsiya) va aralashtirish usuliga qarab flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik mashinalarga bo‘linadi. Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari mexanik mashinalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: bir xil texnologik ko‘rsatkichlarda flotatsiya vaqti 35-40% ga kam; 1 t rudaga sarflanadigan energiya 40-50% ga kam; bo‘tana oqimining yuqori tezligida ishlash mumkin; bo‘tanani havo bilan to‘yintirishni keng chegarada boshqarish (1,5-1,8 m3/daqiqa) mumkin.Pnevmatik flotatsiya mashinalaridan aerolift mashinalar eng ko‘p tarqalgan. Ular sodda tuzilishga ega va arzon, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega; energiya sarfi arzimas, polning sathini mexanik mashinalarga nisbatan kamroq egallaydi. Aerolift flotatsiya mashinalarining kamchiliklari quyidagilardan iborat: qiyin flotatsiyalanuvchi rudalarni flotatsiyalashda yetarli darajada barqaror bo‘lmagan texnologik ko‘rsatkichlar va yuqori namlikdagi boyitmalar olinadi, vannaning tubiga yirik va zichligi nisbatan yuqori zarrachalarning cho‘kish xavfi yoki bo‘tanani jadal aralashtirmasligi tufayli bunday zarrachalarning vannaning pastki qismida to‘planishi; oraliq mahsulotni chiqarib olishning imkoni yo‘qligi, bu esa murakkab boyitish sxemalarda ko‘p sonli nasoslarni o‘rnatishni talab qiladi.
2-jadval.Flotatsiya mashinalarining taxminiy solishtirma yuki, t/m3soat.
Flotatsiya mashinalarining turi
|
Oson flotatsiya-
lanuvchi,
t=9-15 daqiqa
|
O‘rtacha flotatsiyala-nuvchi,
t=15-30 daqiqa
|
Qiyin flotatsiyala-nuvchi,
t=30-50 daqiqa
|
Qattiq zarrachalar ning miqdori 150 g/l, t=6-9 daqiqa
|
Pnevmomexanik
|
2,0¸1,2
|
1,2¸0,6
|
0,6¸0,35
|
-
|
Mexanik
|
1,2¸0,7
|
0,7¸0,35
|
0,35¸0,2
|
-
|
Aerolift
|
1,2¸0,7
|
0,7¸0,35
|
0,35¸0,2
|
-
|
Xulosa.
Flotatsiya usulida boyitish bu boyitishning 2-bosqichi hisoblanadi,ya'ni bu asosiy jarayonlar tipiga kiruvchi jarayondir. Flotatsiya usulida boyitishda asosan sulfidli rudalarni boyitamiz. Masalan,misning sulfidli rudalarini misol qilishimiz mumkin: Xalkopirit-CuFeS2, Xalkozin-Cu2S, Kovellin-CuS, Bornit-Cu3FeS4, Tetraedrit-Cu12Sb4S12,Tennantit-Cu12As4S12. Misning sulfidli minerallari sulfgidril yig‘uvchi reagentlar bilan yaxshi flotatsiyalanadi.Flotatsion sxemalar - flotatsiya bosqichi va sikllarining soni bilan bir-biridan farq qiladi.Flotatsiya bosqichi deb, mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib,keyin flotatsiyalash operatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaningbir qismiga aytiladi.Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarralamingo‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsiya sxemalari ishlatiladiFlotatsiya sikli deb, qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki birnechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya operatsiyalariningguruhiga aytiladi.Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma-ketligiga qarab, polimetall rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv-selektiv flotatsiya sxemalari qo'llanishi mumkin.Agar oxirgi boyitmaga birato‘la bir nechta mineral (masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin-rux) ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi.Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi.Kollektiv-selektiv flotatsiyada hamma qimmatbaho komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi. Bir bosqichli flotatsiya sxemalari bo'yicha sheyelitli, flyuoritli, baritli spodumenli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitish sxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.V.M.Avdoxin《FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH ASOSLARI 》1JILD BOYITISH JARAYONLARI
Rossiya Federatsiyasi fan va ta ’lim Vazirligi tomonidan oliy o ’uv yurtlaritiing “Foydali qazilmalarni boyitish” yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida foydalanishga ruxsat etilgam
MOSKVA 2006
MOSKVA DAVLAT KONCHILIK
UNIVERSITETI NASHRIYOTI
2.I.K.Umarova 《Rudalarni boyitish》 "Turon Iqbol " Toshkent-2007
3 I.K. Umarova, G.Q.Solijonova
"Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash" 《Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi》 Toshkent — 2009
http://fayllar.org
|