|
1. Ohakining ishlab chiqarish texnologiyasi Karbonatli qotish Gidratli qotish
|
bet | 2/3 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 22,34 Kb. | | #152953 |
Bog'liq РУЗА№7 БОГЛОВЧИOxak bog’lovchilarni qotishi
Oxakni turiga va qotish sharoitlariga ko’ra qotish uchta turga bo’linadi: karbonatli, gidratli, gidrosilikatli.
1. Karbonatli qotish - so’ndirilgan oxak asosida tayyorlangan beton va qorishmalarni uglekislota ta’sirida asta-sekin qotishi.
Sa(ON)2-SO2-nN2O-SaSO3-(nQ1)N2O karbonatli qotish xavo quruq sharoitlarda sekin va yillar davomida o’tadi. Karbonlashish yuzagi qatlamlardan boshlanadi, SO2 dan iborat zich qatlam xosil bo’lib qorishma va betonlarni ichki qatlamlariga suv va SO2 o’tishiga to’sqinlik qiladi. SHu munosabat bilan karbonlashish jarayoni kristallanish markazlarni xosil qilib beradi, bu esa o’z navbatida karbonatli oxakni tez qotishini va o’ta mustaxkamlikka ta’minllaydi.
Qorishmadan suv bog’langan sari oxak xamirning gelь massasi zichlanadi va mustahkamlanadi. Kalьtsiy gidrat oksidi karbonlashadi qattiq fazaning xajmi kengayadi va qotayotgan qorishmani zichlanishiga va mustaqkamlanishiga qo’shimcha yordam beradi. So’ndirilgan oxak asosida tayyorlangan qorishma va betonlarni oddiy sharoitda siqilishiga bo’lgan mustahkamligi bir oyda 0,5-1 MPa ga boradi. Sun’iy karbonlashish natijasida baland mustaxkamlikka ega (30-40 MPa) beton tayyorlash mumkin.
2. Gidratli qotish — maydalangan so’ndirilmagan oxak asosida tayyorlangan qorishma va betonni suv bilan ta’sirlashib asta-sekin qattiq toshsimon moddaga aylanishi jarayoni gidratli qotish deb ataladi. Bu holatda qotish va mustahkamlikni o’sishi Sa(ON)ning kristallarni to’planishiga, bir-biri bilan jipslashib qurishiga asoslangan.
Gidratli qotish qorishma orqali (Le-SHatelьe bo’yicha) va qattiq fazaga suvni qo’shilishi (A.A. Baykov, Mixaelis) bilan o’tadi. Jarayonni qaysi yo’nalishbo’yicha o’tishi oxakni xossasiga, muhit haroratiga, suv miqdoriga va boshqa omillarga bog’liq.
Maydalangan so’ndirilmagan oxak asosida tayyorlangan qorishma va betonlarni quruq sharoitlarda uzoq vaqt saqlaganda suv bug’lanishi hisobiga va Sa(ON)2 ni mustahkam SaSO3 ga o’tishi mustahkamligi oshadi.
Maydalangan oxak suv bilan aralashtirilganda gidratli qotish o’tadi, bunda SaO gidratlanadi va gidratatsiya maxsulotlari kristallanadi va kolloidlanadi. Oddiy sharoitda gidratli qotishga quyidagi sabablar to’sqinlik qilish mumkin: SaO ning gidratlanish juda tez o’tadi va issiqlik ajralishi bilan natijada suvni bir qismi bug’ga o’tishi mumkin, bu esa kristallanish jarayonida hosil bo’lgan strukturani buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari SaO-Sa(ON)2 o’tishida uning xajmi ko’payishi kuzatiladi, bu esa salbiy xolatga olib kelishi mumkin, ayniqsa xali plastik holatda bo’lsa. SHuning uchun SaO ning kristallanishi jarayonida strukturani buzmaydigan sharoitlar tug’dirib berilsa, unda oxakni gidratli qotishi natijasida zich mustahkam modda olish mumkin.
3. Gidro-silikatli qotish - so’ndirilgan oxak oddiy haroratlar juda sekin fotgani va katta mustaxkamlikka ega bo’lmagani uchun uzoq vaqt davomida ularni ishlatilishi soxasi rivojlanmadi. 1880 yilda Mixaelis tomonidan oxak-qum buyumlariga issiqlik ishlovi berish taklif qilindi. Oxak qorishmasida qum skelet rolini bajaradi va qorishmani qurishi vaqtida xajmi o’zgarishga to’sqinlik qiladi, shu bilan birgalikda uni g’ovaklarini ko’paytiradi, bu esa suv chiqib ketishini yengillashtiradi hamda qum va oxak zarrachalari orasidagi bog’liqlikni mustahkamlaydi. Bu holda ularni mustaxkamligini tez ravishda ko’tariladi va bu usul silikatli g’isht ishlab chiqarishda asos bo’ldi. Bu usul bilan ishlab chiqarilgan moddalar baland bosimda (9-13at) avtoklavlarda olinadi va avtoklav moddalar deb ataladi. Zarur bo’lgan mustaxkamlikka xomashyoviy qorishmadagi asosiy moddalar qum va oxak orasida bo’lib o’tadigan kimyoviy reaktsiya orqali erishadi. Avtoklav ishlovidagi yuqori harorat ortiqcha suv miqdori ishtirokida Sa(ON)2 va qumni orasidagi kimyoviy reaktsiyani tezlashtiradi. Oxak-qumli qorishmalar tayyorlashda oxak miqdori 8-12% va kvarts qumli (88-92%) olinadi.
Ilmiy izlanishlar ishni ko’rsatadiki, qotish jaryonida har xil gidrosilikatlar yuzaga keladi, masalan: S2SN - kalьtsiy gidrosilikat tobermorit S4S5N5 - va hokazalar. Bu gidrosilikatlarni (past asoslilar SSN4) mustahkamligi yuqori asoslilardan yuqori, ammo sovuqqa chidamligi past. Avtoklav qotishda oxak va SiO2 ni suyuq fazada erishadi va keyin kimyoviy ta’sirlashadi. Xosil bo’layotgan gidrosilikatlar eritmadan mikrokristall holatda tushadi, ya’ni eritma nihoyatda to’yingan. Oxak va SiO2 yangi qismlari erigan sari mayda va yirik kristallarni o’sishi kuzatiladi. Ularni o’sishi kristallarni umumiy sinch xosil qilishini tashkil qiladi. SiO zarrachalarni orasidagi bo’shliqlar kristallar bilan to’ladi. Kristallar soni ko’paygan sari kristall markaz mustahkamlanadi komponentlarni reaktsiyaga kirishmagan zarrachalari bog’lanadi, mayda zarrachalar yiriklashadi va bular hammasi mustahkamlikni oshishiga olib keladi. SHunday qilib, qotish jarayoni 3 ta bosqichga bo’linadi:
1. Gidrosilikatlarni kristall o’simtasi hosil bo’lishi, ularni o’sishi.
2. Kristall o’simtani shakllanishi.
3. Kristallararo kontaktlarni qayta kristallanish natijasida o’simta mustaxkamligini kuchsizlanish.
Kalьtsiy gidrosilikat kristallari ilk bor kooloid xolatida xosil bo’ladi, ammo suvli sharoitda va yuqori haroratda vaqt o’tishi bilan yirik kristallarga o’tiladi. bug’lanish jarayonining oxirida xosil bo’lgan moddalar xar xil strukturaga ega bo’lishadi.
Oxak-kremnezemli avtoklav moddalar tayyorlashda maydalangan so’ndirilmagan oxak qo’llaniladi. Kremnezemli moda sifatida kvarts qumi, shlaklar, kuydirilgan jinslar, kullar qo’llaniladi. Oxak-qumli buyumlar havo muhitida uzoq vaqt turib qolsa, ular havodagi SO2 ta’siriga duch keladi. Bu holda bog’lanmagan Sa(ON)2 karbonlashadi, so’ng gidrosilikatlar tarkibidagi SaO ham karbonlashadi. Bir vaqtda gidrosilikatlar SiO2 ni ajratgan holda bo’linadi. Buyumlarni mustahkamligini yoki o’zgarmaydi, yoki oshadi.
Qotish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Oxak yoki qumni yoki ikkalasini maydalik darajasini ko’paytirish masalan: Sa(ON)2-1000S Xaroratga so’ndirib yoki SaO va Qumni pishirsa, buyumlarni mustahkamligini 50% ko’tarish mumkin.
2. Xaroratni ko’tarish - oxak va SiO2 ta’sirlashuvini tezlashtiradi.
3. Bug’ bosimini kuchaytirish.
4. Qo’shimchalar qo’llanishi.
A) gidrosilikatlar hosil bo’lishini tezlashtiruvchilar (KON, NaON, NaSO4, Na2SO4, NaSl-0,5%).
B) aktiv o’ta mayda qo’shimchalar masalan: SiO2, Al2O3, Fl2O3 yoki ularni birikmalari bular o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
- mustahkam qotuvchi qo’shimchalar, granullangan domna shakli, kullar, kuydirilgan mergellar. Bular qisman yoki butunlay oxakni o’rniga ishlatish mumkin.
- mustaqil qotishga egamas qo’shimchalar nordon gidravlik qo’shimchalar - diatomit, opoka, gliyaj, trepellar. Bu qo’shimchalar oddiy va avtoklav qotish qobiliyatiga ega.
- faqat avtoklavda qotuvchi qo’shimchalar tuproq, maydalangan qum, qumtuproq, rudalar.
- kristall ko’rinishdagi qo’zg’atuvchi qo’shimchalar silikat buyumlarni sinig’i, sun’iy gidrosilikatlar ularni qo’shish miqdori - 3% gacha.
|
| |