• Ishlab chiqarish harajatlari
  • Xatboshi matni




    Download 16.32 Mb.
    bet1/2
    Sana17.04.2024
    Hajmi16.32 Mb.
    #199639
      1   2
    Bog'liq
    ish;ab chiqarish harajatlari.
    V4BuTEYnhWzaWn8fxLUSMaQCxK2XgtCz

    Akmalov Saidalixon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Investitsiya fani
    Ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili
    Mavzu

    1.Ishlab chiqarish harajatlari 2.Xarajatlar va ularning tasnifi. 3.Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar

    Reja


    Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xomashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
    Ishlab chiqarish harajatlari
    Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
    Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar
    Xarajatlar va ularning tasnifi. Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
    Tannarx tahlili orqali har bir xo‘jalik yurituvchi subektni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.
    Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir.
    Xarajatlar – muayyan davr oralig‘ida sarflangan resurslarning pul o‘lchovidagi qiymatidir.
    Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
    Xarajatlar va ularning tasnifi.
    Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat ko‘rinishini ifodasidir.
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
    Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi subektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.

    Download 16.32 Mb.
      1   2




    Download 16.32 Mb.