• KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
  • Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
  • 1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil




    Download 302 Kb.
    bet1/10
    Sana19.06.2023
    Hajmi302 Kb.
    #74371
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    TUROPEREYTING FANIDAN KURS ISHI YUSUPOV OTABEK
    улуғбек, nostandart-2, Ehtimol amaliy topshiriq. 4-kurslar uchun, 4-topwiriq, 1-илова. Намуна WiFi, 18 variant, 8-маъруза, Эканомика презентация, Animatorlik xizmatini tashkil etish, Samarqand xalqaro konferensiya, Tadbir bayonnoma 8-mart, 1-mavzu, rus tili 8 uzb 2022, D.Murotaliyev

    MUNDARIJA


    KIRISH 3

    1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish ko‘rsatish bozori va avtomobil

    transportining asosiy texnik-iqtsodiy ko‘rsatkichlari 6


    2 Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida faoliyat ko‘rsatish shart-


    sharoitlari va raqobat muhitining nazariy asoslari 9


    3. Transport bozori raqobat muhitida turistlarga samarali xizmat ko‘rsatuvchi


    avtomobil transport vositalarini tanlash 12


    4. Transport vositalari unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy ekspluatatsion


    ko‘rsatkichlar 14


    5. Yuk tashishni tashkil etish tizimlarida yuk avtomobillari harakatini tashkil


    etishni takominlashtirish 16


    6. Turistlar tashishni tashkil etishni takomillashtirish 25


    Xulosa va takliflar 40


    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 42


    2




    KIRISH


    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Rivojlangan jamiyat asosini yuqori darajada taraqqiy etgan hozirgi zamon transportisiz yaratib bo‘lmaydi. Transport har qanday mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekistonimizda ham turistlarga transport xizmati ko‘rsatish alohida muhim ahamiyatga ega. Binobarin, ham iqtisodiy, ham siyosiy, ta’bir joiz bo‘lsa, ham psixologik ahamiyat kasb etadi.

    Turistlarni tashish muntazamligi transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Zarur mahsulot, xom ashyo, etiyot qismlar, yonilg‘i o‘z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning omborlardagi zaxiralari eng kam miqdorda bo‘lishi va ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etish imkoni yaratiladi. Tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni tashishda ham transport, ayniqsa, avtomobil transporti alohida o‘rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va rivojlangan yo‘llar bo‘lmasa, tabiat boyliklaridan samarali foydalanish qiyin bo‘ladi.


    Aholini bir yerdan ikkinchi yerga tashishda transportning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ishni asosan turist tashish transporti amalga oshiradi. Turist tashish transportining asosiy vazifalaridan biri, kishilarni o‘z vaqtida ish joyiga va ishdan uylariga eltib qo‘yish, ish kuni davomida ishchi va xizmatchilarni korxonalar o‘rtasida tashishdan iboratdir.

    Xalqaro aloqalarni, jumladan tovar ayirboshlashni kengaytirish va uni mustahkamlash ishida ham transportning roli katta. Xalqaro savdo, sayyohlik va boshqa aloqalarning rivojlanishi, fan va texnika, madaniyat hamda sport sohalaridagi munosabatlarning yuksalishi transport vositalari va aloqa yo‘llarining rivojlanganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bulardan tashqari, aholini sanoat va oziq-ovqat mollari bilan o‘z vaqtida ta’minlash ham transportning asosiy vazifalaridan biridir.


    3
    Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “2013 yil va undan keyingi yillarda dasturiy vazifalarimizni amalga oshirishda yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.1 Bu muhim ustuvor vazifani izchil amalga oshirish uchun 2015 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, u iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarini istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha amalga

    oshirilayotgan dastur bilan uzviy bog‘liqdir.2


    Ta’kidlash joizki, bu dasturni amalga oshirish maqsadida 2013 yilda xalqaro standartlarga javob beradigan 526 kilometrlik avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, Qamchiq dovonida 71 kilometrlik avtomobil yo‘li uchastkasida rekonstruksiya ishlarini yakunlash, shuningdek, qator ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlarni barpo etish rejalashtirilmoqda.Ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m, shu jumladan, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 870 milliard so‘mdan ortiq hamda xalqaro moliya institutlari – Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhining qariyb 120 million dollarga teng mablag‘larini yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.3


    Bu borada O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, mamlakatimizning barcha hududlarini o‘zaro ishonchli bog‘laydigan yagona milliy avtomobil transport tizimini tashkil etish loyihalarini jadal amalga oshirishni ta’minlashga birinchi darajali ahamiyat qaratilishi lozim.


    Shu o‘rinda avtomobil, temir yo‘l va kommunikatsiya sohalaridagi qurilish ishlariga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.


    Temir yo‘l transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish ishlari, temir yo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ishlar poyezdlardan foydalanish harajatlarini 20 foizga




    1 Каримов И.А. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш.// Халқ сўзи, 2013 йил 18 январь, №15



    1. Каримов И.А. Барча режа ва датурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади-Ўзбекистон, 2011-42 б




    1. Каримов И.А. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш.// Халқ сўзи, 2013 йил 19 январь

    4


    kamaytirish, turist va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish, 830 kilometrlik Toshkent-Termiz temir yo‘lini to‘liq elektrlashtirish imkonini beradi.

    2012 yilda uzunligi 240 kilometr bo‘lgan temir yo‘lni qayta tiklash ishlari davom ettirildi. Uzunligi 70 kilometrdan ortiq bo‘lgan Dashtobod-Jizzax temir yo‘l tarmog‘i bo‘ylab yuk va turist poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.


    Qo‘lga kiritgan tajribamiz shuni tasdiqlab bermoqdaki, mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham Navoiy va Angren kabi maxsus industrial zonalarni, zamonaviy logistika tizimlari va transport infratuzilmalarini yaratish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni davom ettirish maqsadlarimizga javob beradi.


    Yuqoridagilarning barchasi turistlarga transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirishga qaratildan bo‘lib, kurs ishi mavzisining dolzarbgini belgilaydi.




    Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida raqobat va uning samaradorligi masalalari yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdir.

    Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi va o‘rganib chiqildi:


    1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil transportining asosiy texnik-iqsodiy ko‘rsatkichlarining nazariy asoslarini o‘rganib chiqish;





    1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari va raqobat muhitining nazariy asoslarini o‘rganib chiqish;




    1. O‘zbekistonda trasport xizmati bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar;




    1. Samarqand viloyati da turistlarga transport xizmati ko‘rsatish ko‘rsatish bozorida raqobatning hozirgi holatini tahlil qilish;

    5. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish samaradorligi va uning


    raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilish;





    1. Samarqand viloyati turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori raqobat muhitida faoliyat yurituvchi transport vositalarining tahlili;

    5

    1. Samarqand viloyati turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori raqobat muhitida logistik faoliyatning samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

    2. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida turistlar tashishni tashkil etish va raqobat muhitini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

    9. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori samaradorligi va raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.




    1. Download 302 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 302 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil

    Download 302 Kb.