• Tayanch so`zlar.
  • 10-mavzu: Tashqi xotira va ularning turlari. Raid massivlari. Reja




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana30.03.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #182265
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-mavzu
    1-maruza, 49-m ustama baxolanish fan o\'qituvchilari, ona-tili-15-talik-testlar, adabiyot -1-2- kurs umumta\'lim ishchi 1320 (3), 7-mavzu k.p., словарь, 2-Mavzu, Jalilova Muhayyo., 2-milliy sertifikat @nursux EDU, 6-Мавзу Классик презентац, Kuritish jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish, 2-MUSTAQIL ISH BAJARILISH TARTIBI, мажмуа Биоэтика, 18 MAVZU BUYUK MATAFFAKIRLAR ETIKA KATEGORIYALARI XAQIDA, 1- mavzu psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari rej-www.fayllar.org


    10-MAVZU: Tashqi xotira va ularning turlari. RAID 
    massivlari.
     
    Reja 
    1. Magnit disklar va ularning turlari.
    2. RAID massivlari 
    3. Flesh xotiralar 
    4. Kompakt disklar 
    Tayanch 
    so`zlar. 
    Magnit 
    disklar, 
    HDD(Hard drive disc), SSD(Solid State 
    Disc), Yo`lka, sector, preambula (preamble), ECC (Error- Correcting Code), 
    READ, WRITE va FORMAT buyruqlar tizimi, IDE((Integrated Drive Electronics 
    )-disklar, EIDE (Extended IDE), ATA-3 (Advanced Technology Attachment), 
    ATAPI-4 (ATA Packet Interface), SCSI-disklar (Small Computer System 
    Interface), RAID-massivlar, Flesh xotira (Flash Memory), CD va DVD disklar
    Blu-Ray. 
     
    Magnit disklar va ularning turlari. 
    Magnitli disklar - vinchesterlar. Magnitli disk - alyuminiydan (yoki 
    shishadan) tayyorlangan, magnit qavat bilan qoplangan bir yoki bir nechta 
    doirasimon yuzalardan iborat bo‘ladi. Ushbu magnit disklarning diametr- lari 
    avvallari 50 sm bo‘lgan, hozirda ularning diametrlari 3 sm dan 12 sm gacha qilib 
    ishlab chiqarilmoqda. Noutbuk va netbuklardagi disklarning diametrlari esa 3 sm 
    dan ham kamayib bormoqda. 10.1-rasmda magnitli disk yo‘lkasining 
    konfiguratsiyasi keltirilgan.
    10.1-rasm. Disk yo‘lkasining bo‘lagi (rasmda ikkita sektor keltirilgan). 


    Yo‘lka (rus tilida - dorojka) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi 
    natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum 
    bir uzunlikdagi sektorlarga bo‘lingan. Odatda har bir sektor 512 bayt (4096 bit) 
    hajmdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-
    o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan preambula (preamble) 
    joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC 
    (Error- Correcting Code, rus tilida - kod ispravleniya oshibok) yozib qo‘yiladi. 
    Bunday kodlar sifatida Xemming yoki Rid-Solomon kodlaridan foydala- niladi. 
    Qo‘shni sektorlar orasida sektorlararo intervallar joylashgan bo‘ladi. Ishlab 
    chiqaruvilar disklarning hajmi sifatida formatlanmagan diskning o‘lchamini 
    keltiradilar. Odatda formatlangan diskning o‘lchami, formatlanmagan diskning 
    o‘lchamiga nisbatan 15 % ga kam bo‘ladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 
    tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan 
    2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm). Yo‘lkalarga yozilgan 
    ma’lumotlarning zichliklari, yo‘lkaning markazdan qancha uzoqda joylashganiga 
    qarab 50 000 dan 100 000 bit/sm gacha bo‘lishi mumkin. 
    Ko‘pgina vinchesterlar ustma-ust joylashgan bir nechta plastinkalar- dan 
    iborat bo‘ladi. Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan yo‘lkalar - 
    silindr deb ataladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuter model- larida 6 tadan 12 
    tagacha plastinkalardan iborat vinchesterlar o‘rnatilgan. Disklarning aylanish 
    tezliklari minutiga 5400, 7200 yoki 10 800-taga et- ishi mumkin. 
    Hozirgi disklarda bir yo‘lkada joylashgan ma’lumotlami o‘qish tezligi 40 
    Mbayt/sek dan oshib ketdi. 
    Hozirgi disklarda, avvalgi disklardan farqli ravishda silindrlar zon- alarga 
    bo‘lingan. Bu narsa disklarning hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. 
    Odatda ularning soni 10 tadan 20 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyidagi 10.2-rasmda 
    zonalari soni 5-taga teng bo‘lgan disk keltirilgan. 
    Vinchesterni boshqarish - kontroller yordamida amalga oshiriladi. Kontroller 
    tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib, ular READ, WRITE va FORMAT kabi 
    buyruqlarni bajaradi, yozish-o‘qish qurilmasini boshqara- di, xatolarni topish va 
    to‘g‘irlash, asosiy xotiradan o‘qilayotgan baytlarni uzluksiz bitlarga aylantirish 
    kabi vazifalarni bajaradi. 


    10.2-rasm. Zonalar soni beshta bo`lgan disk, har bir zona, bir nechta yo‘lkalardan 
    iborat. 
    IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - ustroystvo so 
    vstroyennыm kontrollerom) - o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk 
    yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal hajmi 504 Mbayt. 
    Ma’lumotlami uzatish tezligi - 4 Mbit/sek. 
    EIDE (Extended IDE, rus tilida - usovershenstvovannыye ustroystva so 
    vstroyennыm kontrollerom) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomil- lashtirilgan 
    IDE-qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning maksimal hajmi -128 Gbayt. 
    Ma’lumotlami uzatish tezligi - 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing, 
    rus tilida - lineynaya adresasiya blokov) - bloklar- ni chiziqli adreslash sxemasi 
    qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 2
    28
    x 2
    9
    = 128 
    Gbayt hajmli xotira deganidir. 
    ATA-3 (Advanced Technology Attachment, rus tilida - progressivnaya 
    texnologiya soyedineniya) - ulanishning ilg‘or texnologiyasi. 
    ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - paketnыy interfeys ATA) - ATA 
    paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi - 66 Mbit/sek. ATA- PI-6 da ma’lumotlarni uzatish 
    tezligi - 100 Mbit/sek. 
    ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi - 150 
    Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li 
    kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tash- kil qilgan. 
    SCSI-disklar (Small Computer System Interface, rus tilida - interfeys malыx 
    vыchislitelnыx sistem) - kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. 
    Ushbu disklarning silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE-
    disklaridan farq qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi ancha yuqori. 10.1-jadvalda, SCSI-disklari 
    versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan. 


    10.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba'zi ko'rsatgichlari. 

    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: Tashqi xotira va ularning turlari. Raid massivlari. Reja

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish