• Toshkent – 2016
  • XULOSA
  • O’bekiston respublikasi oliy va o’rta




    Download 252.59 Kb.
    bet1/19
    Sana15.03.2024
    Hajmi252.59 Kb.
    #173636
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash (1)
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

    O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Investitsiya loyihalarida risklar va ularni


    baholash


    Guruh 91k2
    Bajardi: Halimov Jamshid Nosirovich


    Toshkent – 2016


    M U N D A R I J A KIRISH

    1. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida investitsiya loyihalarining o’rni va ahamiyati

    2. Investitsiya risklarini analitik va sintetik usullarda baholash xususiyatlari

    3. Investitsiya loyihalari risklarini boshqarishning nazariy asoslari



    XULOSA


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    KIRISH


    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, bozor munosabatlari taraqqiy etishini ta’minlash yo’lidagi islohotlar samarasini oshirish maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda investitsiya jarayonlarini takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning boisi shuki, investitsiyalar, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash asosida intensiv rivojlantirishni, innovatsiyalar joriy qilinishini va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omillardandir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida: “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir”1, deb ta’kidlab o’tdilar.


    Shuni alohida ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish juda katta risklilikni talab etadi-ki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, bunda loyiha risklarini uning ishtirokchilari o’rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo’lishini ham ko’zda tutishi zarur. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo’lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo’lib qolaveradi.
    1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. http://uza.uz.
    Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog’liq bo’lib, har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelishi sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo’yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari mumkin.
    Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o’tkazish, risklilik darajasini baholash borasida ko’pgina tajribalar to’plandi. Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi, axborot ta’minoti bazasining shaffof emasligi, amaliyotda ma’muriy aralashuv holatlarining hali ham to’liq barham topib ulgurmaganligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalash moyilligini so’ndiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
    Shu jihatdan ham O’zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo’lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo’llarini aniqlash, ularni samarali boshqarish eng muhim vazifalardan hisoblanadi-ki, aynan mana shu masala hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi.
    Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda uni dastlabki mukammal baholash va o’rganish, shu jumladan, loyiha risklarini tahlil qilish va ularni pasaytirish, boshqarish masalalari iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’ta ahamiyatli va ilmiy tadqiqot uchun dolzarb muammolardan bo’lib kelayotir. Xalqaro amaliyotning tasdiqlashicha, “yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining o’rtacha uch yil ichida 80 foizi bankrotlikka uchraydi”2. Shu boisdan risklarni samarali boshqarish, ta’sir darajasini kamaytirish va oldini olish vazifasi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega dolzarb muammo
    hisoblanadi.




    2 http://www.westpac.co.nz/olcontent sayti ma’lumotlari
    Mamlakatimizda ham xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga iqtisodiy risklarning, shu jumladan, investitsiya risklarining ta’siri sezilarlidir. Masalan, milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini nisbatan yuqori ekanligi mazkur korxonalar olayotgan foydaning real qiymatini pasayishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida debitor-kreditor qarzdorlik muammosining mavjudligi ular bilan uzviy aloqada bo’lgan korxonalar pul oqimiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirmoqda.

    1. Download 252.59 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 252.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’bekiston respublikasi oliy va o’rta

    Download 252.59 Kb.