|
Shofirkon tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boʼlimi xodimlarining vazifalar
|
bet | 1/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 27,01 Kb. | | #236084 |
Bog'liq исмат
Shofirkon tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish
boʼlimi xodimlarining vazifalar
TАQSIMOTI
Boʼlimning asosiy vazifalari.
Tuman iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilishda qatnashish, nomutanosibliklarni, zaxiralarni aniqlash va mineral xom ashyo, ishchi kuchi va ishlab chiqarish salohiyatlaridan samarali foydalanish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʼlinmalari, xoʼjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
tumanning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish boʼyicha mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yoʼnalishlaridan, qisqa va oʼrta muddatli rejalar va kompleks rivojlantirish dasturlaridan, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy oʼzgartirish, chuqurlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqqan holda tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
muhandislik, yoʼl-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, transport xizmatlarini yanada takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmatlarini koʼrsatish darajasi va sifatini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʼyicha dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
qishloq xoʼjaligini rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ekinlarini optimal joylashtirish, agrar sektorda tarkibiy oʼzgartirishlar, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʼyicha takliflar tayyorlash;
ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish oʼrinlarini yaratish hisobiga band boʼlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va yashash sharoitlarini yaxshilash, aholi uchun tibbiy, maʼrifiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni yanada takomillashtirish boʼyicha takliflar tayyorlash;
tumanda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.
1. Shofirkon tuman boʼlimi oʼziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
|
| |