• Transport va infratuzilma kamunikatsiyalarini rivojlantirish. 2. Faol investitsiya siyosatini olib borish.
  • Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/34
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #228742
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
    Bog'liq
    jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

     
     
     
     
     
     
     
     
     
    11.Mavzu: Transport va infratuzilma kamunikatsiyalarini 
    rivojlantirishga qaratilgan strategik axamiyatga molik loyihalarni 
    amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish 
    Reja: 
    1.
     
    Transport va infratuzilma kamunikatsiyalarini rivojlantirish. 
    2.
     
    Faol investitsiya siyosatini olib borish.
    Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin 
    transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini 
    takomillashtirish maqsadida "O’zbekiston havo yo’llari" milliy 
    aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O’zbekiston avtomobil transporti" ("O’zavtotrans") davlat- 
    aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O’zbekiston avtomobil va daryo 
    transporti agentliti); "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi 
    idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, 
    korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga 
    aylantirildi.Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo’llari qurish, 
    mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yo’llarni saqlash va 
    ta‘mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar 
    qurish masalalariga e‘tibor kuchaydi. O’z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va 
    boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1995-
    2010 yillarga mo’ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan 
    Toshkent-Andijon-O’sh magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. 
    Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz va Samarqand-
    Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yo’li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan 
    bog’laydigan avtomobil yo’li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi)ning respublika hududidan 
    o’tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya 
    Federatsiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli Qo’ng’irot-Beynov avtomobil yo’li qurilishining birinchi 
    bosqichi yakunlandi.Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 
    mayda O’z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi. 
    O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001 yillarda uzunligi 700 
    kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi. Respublika hududida barcha transport 


    turlarining yuk va yo’lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, 
    kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo’lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni 
    kentaytirish hamda transmilliy transport yo’laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish 
    maqsadida 2004 yil 11 oktabrda "O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil 
    etildi. Uyushma tarkibiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat- aksiyadorlik kompaniyasi, "O’zbekiston havo 
    yo’llari" milliy aviakompaniyasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi, O’zavtoyo’l" 
    kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug’ullanuvchi respublika loyiha va qurilish 
    tashkilotlari kiritildi. 1995-2005 yillarda
    O’zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari qurildi, 1435 km. avtomobil yo’llari 
    rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o’tkazildi, 47046 km. yo’l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko’prik 
    qurildi.Bu davrda "O’zbekiston havo yo’llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda 
    joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan 
    chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro’-etiborini 
    yanada oshirishga xizmat qildi.2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qo’shni 
    davlatlar hududidan o’tmaydigan, mamlakat hududlarini 
    bog’lovchi yangi temir va avtomobil yo’llari qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma 
    obyektlarini dunyo talablari darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror 
    rivojlanishini taminlash vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika 
    temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir 
    yo’lining qurilishi amalga oshirildi.2007 yil 24 avgustda O’z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
    Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining tantanali ochilishida nutq so’zlab, "Asriy tog’ur
    toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan. 



    Download 0,75 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish