iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik
birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-
birlariga qarama-qarshi turadilar»deb ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, raqobatni nafaqat kurash,
balki o‘zaro ta‘sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan.
Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv
mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o‘rtalariga kelib
paydo bo‘lgan. Bunda klassik siѐsiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning
xizmatlari
kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.SHumpeter, P.Sraffa,
M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi.
Raqobat mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil ѐndashuvga bo‘lish mumkin.
Jumladan, xulq-atvor ѐndashuvi, strukturali yondashuv va funktsional yondashuv. Raqobatning xulq-
atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub‘ektlari o‘rtasida
tovarlar xarid qilishva sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan,
to‘g‘ri, halol,
til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilanbog‘lagan. U raqobat kurashining asosiy
usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori)
bilan boshqarilmaydigan,
umumiy mo‘ljallarga ega bo‘lmagan bozorda qat‘iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd
etgan. Demak, raqobat –bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynano‘sha
«ko‘rinmas qo‘l»dir. F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o‘z
manfaatini ko‘zlab
qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. SHuning uchun raqobat bilan doimiy
to‘qashishga to‘g‘ri keladi.