munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi
o‘ringa qo‘ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza
va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining
qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va
ahamiyati,
dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish munosabati
bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni
kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo‘r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan
takror ishlab chiqarish
bo‘ladi; agar yana ham ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo‘llaniladigan bo‘lsa, intensiv
suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
O‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yo‘ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning
samaradorligi bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.
Samaradorlik so‘zi - bu eng ko‘p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo‘lib, iqtisodiy - ijtimoiy
taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi,
mehnat samaradorligi, o‘qish va o‘qitish samaradorligi, davolash va
davolanish samaradorligi, qabul qilingan
qonun va qoidalar hamda yechimlar samaradorligi va hokazolar.
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining "ko‘zgusi" hisoblanadi. Bu "ko‘zgu"da ishlab
chiqarishning barcha natijalarini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir
shaxs o‘z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Uning uchun ma’lum xarajatlar
qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o‘rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining "ko‘zgusi" bo‘lgan
samaradorlikda ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish
xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o‘rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni,
foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab ko‘p
natijaga
erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo‘ladi: a) moddiy
resurslar, b) mehnat resurslari, v) moliyaviy resurslar, g) energetik resurslar, d) axborot resurslari. Mana shu
resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish mumkin.
Bunday faoliyat
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi
samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo‘nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar,
Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida
ko‘rsatib berilgan.