• Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi
  • Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/34
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #228742
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
    Bog'liq
    jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

    16.
     
    Mavzu: Davlatning kadrlar siyosati, mohiyati, ahamiyati va 
    mazmuni. 
    Reja: 
    1.
     
    Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi 
     
    2.
     
    Kadrlar siyosati turlari
    3.
     
    Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi 
     
    Har qanday zamonaviy korxonaning (tashkilot)ning boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifasi – yuqori 
    malakali xodimlarni topish, barcha xodimlarni yagona maqsadga chorlash va ruxlantirish, eng yuqori 
    ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish uchun ularni jipslantirish, o‘zgaruvchan bozor munosabatlari 
    sharoitida goho keskin sur’atlarda rivojlanish, goho inqiroz mashaqqatlari sharoitidan chiqib ketish 
    tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Milliy iqtisodiyotimizdagi ro‘y berayotgan innovatsion jarayonlar avvalo, 


    kadrlar siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi. Alohida qayd etish lozimki, ushbu atama amaliyotda 
    anchadan beri qo‘llaniladi, ammo har bir korxonada (tashkilotda) uning ishlash tartibi qandayligi, kadrlar 
    siyosati o‘z ichiga olgan masalalar qay darajada olib borilayotganligiga bog‘liq. Aholini ish bilan ta’minlash 
    biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Hokimlik, vazirlik va idoralar, ish 
    beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi 
    bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim 
    Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi 
     
    Amaliyotga ko‘ra, korxonalardagi mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar rahbarlar o‘z xodimlari va korxonaning 
    murakkab bozor sharoitida raqobatbardoshlik ustunligini vujudga keltirish ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik 
    samara olib kelishiga qodir hal qiluvchi resursga aylanib qolganligini asta-sekin tushuna boshladilar. Korxona 
    mehnat resurslarining asosiy qismi kadrlar siyosati bilan qamrab olingan. 
    Xodimlarni boshqarish mehnat resurslarini samarali tashkil etish va unumli boshqarish maqsadlariga 
    erishishda yagona imkon beruvchi tizimga aylanib bormoqda. 
    Kadrlar siyosati 
    – mamlakatimizning kadrlar sohasida azaldan qo‘llangan tushuncha, bu tashkilotning 
    xodimlarga munosabati va aniq maqsadlarga erishish niyatida unga ta’sir ko‘rsatish usullari majmui deb 
    tushuniladi. “Kadrlar siyosati” tushunchasining zamonaviy ma’nosi quyidagilardan iborat. Birinchidan, 
    korxonaning zamonaviy kadrlar siyosati ishlayotgan har bir xodimning vazifalari va strategik maqsadlaridan 
    mantiqiy kelib chiqadi va faoliyatning aniq natijalari hamda korxonaning umumiy rivojlanish istiqbollariga 
    moslashadi. 
    Kadrlar siyosatining qulayligiga, egiluvchanligiga yuqori talablar va uning ichki (boshqarish va rahbarlik uslubi, 
    ichki tashkiliy madaniyat va hokazo) va tashqi muhiti (mehnat bozori, iqtisodiy inqiroz sharoitida 

    moliya faoliyatini maqsadli olib borish xususiyatlari, qonunchilikning rivojlanishi, takomillashishi) ko‘p 
    omilli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, kadrlar siyosatining 
    g‘oyalarini korxonadagi yuqori saviyadagi rahbarlar (ta’sischilar, mulkdorlar, topmenejerlar) ishlab 
    chiqadilar. 7 Uchinchidan, kadrlar siyosatini asosan oliy va o‘rta darajali boshqaruv bo‘g‘inida mehnat 
    faoliyatiga ega funksional rahbarlar, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan professional kadrlar xizmatini ham anglab 
    va izchillik bilan mujassamlashtirib boradilar. To‘rtinchidan, kadrlar siyosatini amalga oshirishda yuqori 
    professional malakaga ega kadrlar xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. U maslahatchi, uslubchi, rahbar 
    yordamchisi, kadrlar siyosati monitoringini amalga oshiruvchi koordinator vazifasida namoyon bo‘ladi, 
    uning faoliyat samarasi, zarurat tug‘ilganda esa bevosita yangilash tashabbuskori sifatida ham yuzaga 
    chiqadi 

    Download 0,75 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish