Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/34
Sana13.05.2024
Hajmi0,75 Mb.
#228742
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

15.
 
Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarida asosiy fondlarning 
eskirishi va amortizatsiyasi. 
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin. 
Jismoniy eskirish deganda, asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida butunlay yoki 
qisman tuzishi, emirilishi tushuniladi. Ma’lum vaqt o‘tgach, jismoniy jihatdan butunlay yoki qisman yaroqsiz 
bo‘lib qolgan mehnat qurollarini yangisiga almashtiriladi yo bo‘lmasa modernizatsiya qilinadi yoxud ayrim 
qismlari kapital ta’mirlanadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo‘q bo‘lib ketmaydi, 
balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko‘chadi. 


Korxonalarda faqat ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina emas, balki bekor turganlari ham 
to‘ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy eskirish darajasi ularning xizmat muddati va 
to‘zish (emirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligi o‘sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob-uskunalar 
qiymatining kamaytirilishi, nisbatan unumli va tejamli yangi mashinalarning va asbob-uskunalarning ishlab 
chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy eyilish muddati tugamasdan 
turib qadrsizlanishi - asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi, deb ataladi. Ma’naviy eskirish fondlarning 
bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishni shart qilib qo‘yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan 
almashtirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag‘ sarf qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o‘z qiymatining ma’lum qismini 
amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulot qiymatiga oz-ozdan ko‘chirib boradi. 
Amortizatsiya - (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi - asosiy kapital 
(mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida 
eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulotga 
o‘tib borishi. 
Amortizatsiya ajratmalari - mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy 
fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mir va yangilash) va to‘liq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga 
xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy fondlar qiymatiga mutanosib, ya’ni taxminiy 
foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida - jadallashtirilgan tartibda 
hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me’yori 2 marta 
oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20 foizi miqdorida va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi va bu 
ish shu tarzda davom ettiriladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi ular xizmat muddatining 
yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya me’yorlarining 
pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan me’yorlar mahsulot tannarxini 
qimmatlashtiradi. SHu sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. 
Amortizatsiya ajratmalari ta’minlanishi kerak bo‘lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishining to‘liq qoplashi 
va ularning takror yaratilishiga erishishdir. Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya 
ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orkali tadbirkorlarga solikka tortiladigan 
foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini hisobdan 
chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi bilan bog‘liq 
ehtimoli bo‘lgan zarar kurishdan saklaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga 
rag‘batlantiradi. 
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o‘zini yoki uning ba’zi qismlarini yangilash vaqti kelguncha shu 
shaklda ma’lum fondda jamg‘arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, 
amortizatsiya fondi - amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir 


Download 0,75 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta

Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish