Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana13.05.2024
Hajmi0,75 Mb.
#228742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.Mavzu :malakatimizdamaxsulot eksport qiladigan korxonalarni 
qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha belgilangan amaliy 
choralar 
Reja: 
1.
 
Malakatimizda maxsulot eksport qiladigan korxonalar 
2.
 
Bilvosita ta'sir etuvchi omillar 
 
Globallashuv jarayonlarining afzalliklaridan unumli foydalanish orqali sanoat mahsulotlari 
eksportini yanada ko'paytirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Masalan, birgina 2018 yil noyabrida boshlangan «AQSH-Xitoy savdo urushi» natijasida 
Xitoyning AQSHdan importi cheklanishi va pandemik inqiroz sharoitida mamlakatda iqtisodiy 
faollikning pasayishi kuzatildi. Buni inobatga olgan holda Xitoy bozori uchun AQSH yetkazib 
berayotgan importi cheklangan tovar va xizmatlar o'rnini egallashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab 


chiqish maqsadga muvofiqdir. 
2020 yil yakuniga ko'ra mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasida eng yuqori, ya'ni 17,7 % ulush 
Xitoy hissasiga to'g'ri keladi. 2020 yilda ushbu mamlakatga eksportimiz 1,9 mlrd. AQSH dollarini 
tashkil qildi. Eksportning asosiy qismi tabiiy gaz, ip-kalava, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar va 
xizmatlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. 
SHuningdek, Xitoydagi tanglik holati mamlakatimiz iqtisodiyotiga import qilayotgan mashina va 
uskunalar (importning 51 %i) hajmining qisqarishi bilan bog'liq sanoat mahsulotlari eksportiga 
quyidagi xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin: 
-
mashina va uskunalar, butlovchi qismlar hamda xom ashyo mahsulotlari importining kamayishi 
sanoat ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Trikotaj, poyafzal, sintetik tolalar, mebel 
furniturasi va polietilen xom ashyosining asosiy qismi, shu bilan birga yuqorida aytib o'tganimizdek, 
import qilinayotgan mashina va uskunalarning yarmidan ko'prog'i Xitoydan olib kelinadi; 
-
texnologik uskunalar importidagi muammolar esa asosiy kapitalga investitsiyalar o'sishining 
pasayishiga yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu mahsulotlar importining 36,3 % 
Xitoydan amalga oshiriladi; 
-
Xitoydagi ichki talabning pasayishi natijasida ayrim mahsulotlarimiz eksportining kamayishi. 
Masalan, 2019 yilda tabiiy gaz eksportining 40,6 %i ushbu mamlakatga bo'lgan tashkil etgan 
bo'lsa, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan ushbu mahsulot umumiy eksporti 79,2 %ga kamaygan.
-
Yuqoridagi sharoitda, boshqa tashqi savdo hamkorlarini qidirib topish muayyan vaqt talab qilishi 
yoki umuman imkonsiz ham bo'lishi mumkin. Umuman olganda Xitoy bilan bog'liq bunday holat 
2021 yildagi YalM o'sish sur'atini 0,2-0,3 % bandga pasaytirishi mumkin18. 
Xitoydagi pandemik inqiroz bilan bog'liq vaziyat asosiy savdo hamkorlarimiz iqtisodiyotidagi 
holatning yomonlashuvi orqali ham bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. 
Xususan, energiya manbalarining eng asosiy importyori bo'lgan Xitoyda neftga bo'lgan talabning 
pasayishi natijasida, jahonda neftb narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Bu o'z navbatida Rossiya va 
Qozog'iston kabi neftb eksport qiluvchi mamlakatlarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada ushbu 
mamlakatlardagi iqtisodiy o'sishning sekinlashuvi va valyuta devalvatsiyasi bilan bog'liq holat tovar 
va xizmatlarimizga bo'lgan tashqi talab va pul o'tkazmalari hajmining kamayishi bilan bog'liq bo'lgan 
ichki talabning pasayishiga olib keldi. Tashqi savdo hamkorlarimiz iqtisodiyoti va jahon moliya 
bozoridagi bunday tanglik vaziyatida iqtisodiyomizga kirib keladigan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 
investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin. 
Viloyat sanoat mahsulotlari eksportining rivojlanishiga bir qator bevosita va bilvosita ta'sir 
ko'rsatuvchi omillarni sanab o'tish mumkin (2.6-rasm). Bevosita ta'sir etuvchi omillar: 
Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) - muayyan bir vaqt, asosan bir yil davomida ishlab chiqarilgan 
tovar va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati hisoblanib, uning asosiy qismini 
sanoat mahsulotlari tashkil qiladi. Farg'ona viloyati YaHMning qariyb 60,0 %ini sanoat ishlab 
chiqarish tashkil qiladi. 
Eksport tovar va xizmatlarning respublika bojxona hududidan olib chiqilishi bo'lib, uning 
tarkibida sanoat tovarlari 2020 yilda Respublika jami eksportida 19,2 %ni qayd etgan. r 
Bilvosita ta'sir etuvchi omillar:Hududiy joylashuv, mavjud resurslar miqdori, sifati, 


infratuzilmalar, ekologik vaziyat va iqlim ishlab chiqarish imkoniyatlarini belgilab beruvchi 
bilvosita omillarning eng yetakchi element hisoblanadi. 
Davlat bosh islohotchi sifatida barcha munosabatlarning asosiy sub'ekti sifatida bevosita va 
bilvosita ishtirok etadi. Davlat sanoat ishlab chiqarish va uning jahon bo/oridagi ustunligini 
ta'minlashda amalga oshiradigan sanoat, tashqi savdo, bojxona va davlat-xususiy sherikchilik 
siyosatiga uzviy bog'liqdir. Tashqi savdo va bojxona siyosati bojxona munosabatlarini nazarda 
tutuvchi mexanizmlar yaratilganligiga qaramasdan takomillashtirish, zamon talablariga 
moslashtirish zarur. SHu o'rinda eng asosiy urg'u «elektron bojxona»dan «raqamli bojxona» 
mexanizmlarini samarali joriy etishga qaratilgan. Ushbu tizimning yo'lga qo'yilishi eksportga 
sarflanadigan rasmiylashtirish vaqtini 5 barobarga kamaytirishni ko'zda tutadi. 

Download 0,75 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta

Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish