Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash va tannarxni pasaytirishning asosiy
yo’nalishlari.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu
orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini
ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. O`shbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo
iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi.
Shunga ko’ra, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
qo’llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy
yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi . Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlashning asosiy
yo’nalishlari
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish,
kooperasiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va
boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlarini oladi.
7.Mavzu :Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida
erishilgan natijalar tahlili
REJA:
1.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.
|