2.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Iqtisodiy islohotlar xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish
yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni
takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy
tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning
ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan
sharoitlarda oʻtkaziladi. I.i. larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga
bi-noan va davlat rahbarligida oʻtkaziladi. I.i. evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr
boshlaridagi I.i. umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor
iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda I.i. iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar
faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga
sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik
mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) I.i. 2 yoʻnalishda bordi:
1)
milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar;
2)
rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga
oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-
zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch.
tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va
davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor
narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda
qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy
etildi. I.i. bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni
taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — I.i. yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va
yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va
shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 1991—2002-yillar davomida amalga
oshirilgan I.i. tanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda .