“Modernizatsiya, modernizatsiyalash (inglizcha modern - eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash unga
zamoaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish degan ma’noni bildiradi.
Modernizatsiyalashda mashina, apparat,
turli texnologik qurilmalar,
muhim kashfiyotlar texnika
taraqqiyoti talablriga muvofiq qayta ishlanadi”1.
Xususan, ular modernizatsiya tushunchasiga tor ma’nodagi yondashuv sifatida quyidagi mazmundagi
ta’rifni berish mumkin: “Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi
talablar va me’yorlarga, texnik
shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, mashina,
asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Bundan ko’rinadiki, tor ma’nodagi
modernizatsiya atamasi asosan texnika, texnologiyaga oid tushuncha hisoblanadi.
Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar)
raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir.
U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo’lib, mehnat, moddiy
va xom ashyo
resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Modernizatsiya, texnik va
texnologik yangilash
natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning
jadal rivojlanish
shartini belgilab beradi2.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar
mazmuni bayon etilgan