|
Mavzu: 4 soni
|
bet | 1/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 486 Kb. | | #253772 |
Bog'liq ochiq dars plan
Mavzu: O'rganilgan yurdagi misol va masalalar yechish.1-5-misol va masalalar.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan shartlarga asosan masala tuzish va yechishni o’rgatish,gеomеtrik shakllar haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kеngaytirish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning xotira, diqqat,tafakkur sifatlarini rivojlantirish, musobaqalar orqali epchillik, chaqqonlik va topqirlikka o’rgatish; bilim doirasini, kеngaytirish.
Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Dars turi: BKM larni mustahkamlash
Dars usuli: Tushuntirish,savol-javob,guruhlarda ishlash
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, 2-sinf matematika darsligi,kompyuter
rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
Assalom bolalarim,
Rayhonu lolalarim.
Ayting omon,so’g’misiz
Bugun darsga shaymisiz?
-Assalomu alaykum
Salomdan so’z boshlaymiz.
Bilim olmoqlik uchun
Olg’a qadam tashlaymiz.
B)Davomatni aniqlash;
-Tinglang aziz o’quvchi,
Kim bugungi navbatchi
Qani bering axborot
Qilaylik bir hisobot
-Bugun mendir navbatchi,
Sizga xabar beruvchi
Sinfda 31 o’quvchi
Barchasi teng a’lochi.
Xonamiz darsga tayyor,
Omad bo’lar bizga yor.
D)O’quvchilarni darsga tayyorlash
-Rahmat aziz bolalar
Yal-yal yongan lolalar
Matematika darsida
Ne qilamiz aslida?
-Bellashamiz, bahslashamiz hisob darsida,
Jumboqlarni hal qilamiz hisob darsida.
|
| |