• Mavzu:Mobil Internet texnologiyalari.
  • Qurilish muxandisligi




    Download 0,85 Mb.
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #116382
    Bog'liq
    Baxtiyorov Fayzbek 12

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI     DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI    “QURILISH MUXANDISLIGI” FAKULTETI TALABASI   BAXTIYOROV FAYZBEKning “Qurilish Axborot texnologiyalari” FANIDAN MUSTAQIL ISHI

    Mavzu:Mobil Internet texnologiyalari.

    Reja:

    1. Mobil aloqa.

    • Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidadir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tadbiq etishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, shuningdek, global Internet tarmog‘ida mavjud ko‘p hajmli axborot oqimidan zaruriy ma’lumotlarni ajrata olish, ilmiy yangiliklarni tezda o‘zlashtira olish qobiliyati, boy tajriba va mahoratiga ega bo‘lgan kadrlargina ega bo‘ladilar.
    • Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojatida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligini taʼkidlagan edi. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. So‘nggi yillarda mobil qurilmalar va mobil ta'lim resurslaridan foydalanish nazariyasi va amaliyoti masalalari turli ilmiy tadbirlarda faol muhokama qilinmoqda.
    • Jahon tendensiyalari tahlili ta’lim jarayonida turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun mobil texnologiyalardan foydalanishning ulkan hayotiy ahamiyatga ega ekanligini namoyish etmoqda. Mobil ta'lim deganda, mobil qurilmalar orqali ta'limni rejalashtirish va amalga oshirish nazarda tutiladi.
    • Mobil ta’lim (M-learning) atamasi bundan o‘n besh yillar oldin ingliz tilidagi pedagogik adbiyotlarda, hozirgi kunda esa bizningmamlakatimizda ham bu atama foydalana boshladi. Mobil ta’lim (m-ta’lim) mobil va portativ qurilmalardan foydalanib, o‘qishni va ta’limni tashkillashtirish imkonini beradi.
    • Mobil ta'lim - bu ixcham, ko‘chma, mobil qurilmalar va texnologiyalar orqali muntazam ravishda olib boriladigan faoliyat bo‘lib, ta’lim oluvchilarga axborot olish yoki yaratish, muloqot qilish orqali ta’lim jarayonini yanada samarali bo‘lishiga imkon beradi.
    • Ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy etish quyidagi qator afzalliklarga ega: ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda o‘qish, o‘rganish mumkin (Mobillik); o‘quv materiallarni turli ko‘rinishda, audio, video, rasm, grafika kabi multimedik imkoniyatlarga to‘la vizual tarzda taqdim etish imkoniyati (Multimediyali); mobil ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida amalga oshiriladi (Geymifikatsion xarakterga egaligi); ishtirok etishni nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi (Ishtirokni monitoring qilish); ta’lim jarayonining ruhlantiruvchi(motivatsion) xarakterga egaligi; ta’lim oluvchilarning bilim darajasini bir xil nazorat qilish; o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish; ta’lim oluvchilarning shaxsiy psixologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, individual yondashishda mobil qurilmalarning moslashuvchanligi (Individual yondashuv)

    • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.!!!

    Download 0,85 Mb.




    Download 0,85 Mb.