|
Mavzu: davlat institusional tashkilot sifatida reja
|
bet | 1/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 42,04 Kb. | | #99321 |
Bog'liq DAVLAT INSTITUSIONAL TASHKILOT SIFATIDA
Mavzu: DAVLAT INSTITUSIONAL TASHKILOT SIFATIDA
Reja:
1. Davlatning funksiyalari
2. Davlatning institutsional tabiat
3. Davlatning mohiyati va uning ta’rifi
4. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik konsepsiyasi
1.Davlatning funksiyalari
1970-yillarda jahon xo’jalik tizimida yuz bergan larzalar davlatning iqtisodiyotdagi roli va davlatning tabiati to’g’risidagi yangi bahs-munozaralarga turtki berdi.
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi chegarasi nima bilan belgilanadi? Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishining o’zi inqiroz sababi va iqtisodiy rivojlanish uchun to’siq hisoblanmaydimi? Agar davlatning aralashuvi Еtarlicha samarali bo’lmasa, buni qanday qilib to’g’rilash mumkin? Davlatning
roliga taalluqli bo’lgan shu va boshqa savollarga javob qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yo’nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band.
Davlat tomonidan tartibga solish sohalari to’g’risidagi masala eng bahs- munozarali bo’lib, biz ushbu paragrafda unga javob topishga urinib ko’ramiz.
Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy majburiyatlari doirasini belgilab berdi:
birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning bostirib kelishidan himoyalash;
ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a‘zosini adolatsizlikdan va uning boshqa a‘zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash yoki yaxshi adolat hukmini o’rnatish;
uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar yoki kichik guruhlar manfaatlari yo’lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy inshootlar va ijtimoiy muassasalarni barpo etish va saqlab turish, chunki ulardan keladigan foyda hech qachon alohida shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni to’lay olmaydi, lekin ko’pincha xarajatlarni katta jamiyatga ortiqcha to’lashi mumkin1.
Ikki asrdan ortiq vaqt o’tgan bo’lishiga qaramay, mazkur tasnif davlat faoliyati sohalarining asosiy ma‘nosini aks ettiradi.
Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat intervensionalizmini iqtisodiy asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko’rmoqda. Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning funksiyalari quyidagilardan iborat:
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: transaksiya xarajatlari nolga teng bo’lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi resurslardan foydalanish samaradorligiga ta‘sir ko’rsatadi;
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: muvazanatli narx bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko’rsatilgan axborot bilan almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida shakllanadi;
o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish: davlatning ushbu yo’nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o’lchash xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma‘noda esa universal chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi, chunki almashuvning universal tadbir – pulning eng muhim funksiyalaridan biri;
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish: bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni o’z ichiga oladi;
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish: shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo’lishi sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik foydalanishidan kafolatlash uchun
«uchinchi» tomon (sud)ning aralashuvini talab qiladi;
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish «chiptasiz» muammosini keltirib chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog’liqni saqlash va ta‘lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish)1 (qarang:13.1.1-rasm).
|
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish
|
oʼlchash va tortish standartlarini ishlab chiqish:
|
|
|
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda
«uchinchi» tomon rolini bajarish
|
|
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish
|
|
|
| |