• 2-rasm. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik nazariyalari
  • Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik konsepsiyasi




    Download 42,04 Kb.
    bet4/4
    Sana15.11.2023
    Hajmi42,04 Kb.
    #99321
    1   2   3   4
    Bog'liq
    DAVLAT INSTITUSIONAL TASHKILOT SIFATIDA

    4.Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik konsepsiyasi


    Fuqarolar bilan davlat o’rtasida huquqlarning taqsimlanishi, odatda, jamoat shartnomasi rolini o’ynovchi Konstitutsiyada qayd etiladi. Biroq davlatning mohiyati fuqarolar bilan davlat apparati o’rtasida yuzaga keladigan hokimlik munosabatlari bilan belgilanadi.


    Kelishuvlarning uchinchi tomonning kuchlari bilan samarali ta‘minlanishiga so’ngra norasmiy cheklovlarni ham samarali qiladigan qoidalarni yaratish yo’li bilan erishiladi. Lekin kelishuvlarni muayyan qoidalarni qo’llovchi ta‘sirchan huquqiy tizim orqali uchinchi tomonning kuchlari bilan ta‘minlash muammosi institutsional evolyutsiya tadqiqotlaridagi eng muhim muammo hisoblanadi.
    Davlatning yuqorida keltirilgan ta‘riflari ko’p jihatdan uning shartnomaviy mohiyatini tavsiflaydi, ya‘ni davlat – bu jamoat shartnomasi. U tartibni ta‘minlash vositasi sifatida (nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy almashuvlarning ham tartibga solinganligi) kuch ishlatish holatini emas, balki fuqarolarning o’zaro kutishlari tizimi sifatida ushbu tartibning o’zini o’rnatish holatini ta‘kidlaydi.
    Davlatning shartnomaviy nazariyasidan tashqari davlatning asosan ekspluatatorlik mohiyatini nazarda tutuvchi nazariya ham mavjud (qarang:13.4.1- rasm).





    Davlat


    2-rasm. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik nazariyalari


    J.Byukenen1 o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga alohida e‘tibor qaratadi, ya‘ni davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi vositadir. Himoya qiluvchi yoki huquqiy davlat konstitutsion bosqichda kelishuvchi tomonlarga nisbatan konseptual tashqi va huquqlarni hamda bunday huquqlarni ixtiyoriy ravishda almashish bo’yicha shartnomalarni ta‘minlash uchun yagona javobgarlikka ega bo’lgan huquqlarni ta‘minlash instituti yoki organi sifatida paydo bo’ladi. Ushbu bosqichda davlat faqatgina konstitutsiyaviy shartnomada mustahkamlangan huquqlarni ta‘minlaydi va ijtimoiy ne‘matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq emas. Sud hokimiyati jamoaviy tanlovni amalga oshiruvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatga qaram emas.


    Gap ijtimoiy ne‘matlarni ishlab chiqarish haqida borganda, ishlab chiqaruvchi davlat namoyon bo’ladi. Davlat konstitutsiyadan keyingi (shartnomadan keyingi) bosqichda amalga oshiriladigan mazkur rolda muayyan huquqlarni ―himoya qilmaydi‖, balki jamiyatning iqtisodiy farovonligi darajasining oshishiga, hech bo’lmaganda nazariy jihatdan, eng yaxshi ko’maklashuvchi ishlab chiqarish jarayonini o’zida mujassam etadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, mazkur jarayonning natijalari ularning yakuniy natijalarga ta‘siri tanlovni amalga oshirishning konstitutsion qoidalari bilan belgilanadigan insonlar afzal bilishlarining tarkibini aks ettiruvchi individlar manfaatlarining uyg’unlashuvini o’zida namoyon etadi.
    Shu munosabat bilan xususiy va jamoat ne‘matlarini, ularni ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va ishlab chiqarish hajmi borasidagi yakuniy qaror qanday bo’lishi ularga bog’liq bo’lgan yakka tartibdagi afzal bilishlarni aniqlashga e‘tibor qaratish lozim.
    Konstitutsiyadan keyingi shartnoma sharoitida alohida sub‘yektlar uchun ushbu qayta taqsimlashni o’z manfaatlari yoki alohida guruhlar manfaatlari yo’lida amalga oshirish imkoniyati mavjud. Agar himoya qiluvchi davlat funksiyasini amalga oshiruvchi amaldorlarning o’zlari yakka tartibdagi hokimiyatni mustahkamlagan holda shartnoma shartlarini bajarishmasa, davlat jamiyatni siyosiy jihatdan ta‘sir etuvchi alohida sub‘yektlar manfaatlari yo’lida ekspluatatsiya qiluvchi majburiy repressiv mexanizm sifatida qabul qilina boshlaydi.






    Download 42,04 Kb.
    1   2   3   4




    Download 42,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik konsepsiyasi

    Download 42,04 Kb.