|
-rasm. Davlatning funksiyalari
|
bet | 2/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 42,04 Kb. | | #99321 |
Bog'liq DAVLAT INSTITUSIONAL TASHKILOT SIFATIDA 1-rasm. Davlatning funksiyalari.
Yangi institutsional nazariya vositalariga tayanib, davlatni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlarini tadqiq etgan holda, davlatni boshqarishning asosiy sohalarini tanlashning institutsional sabablarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Kelishuvlar va almashuvning oddiy shakllaridan tortib to hozirgi davrning rivojlanayotgan iqtisodiyotini ajratib turuvchi murakkab shakllargacha bo’lgan inson hamkorligining evolyutsiyasi o’z-o’zidan avtomatik tarzda yuz bergani yo’q. Iqtisodiy tarixning katta qismida mayda ishlab chiqarish va mahalliy savdo-
sotiq jarayonida tomonlarning individuallashgan munosabatlari bilan tavsiflanuvchi almashuv xili ustunlik qildi. Bunday almashuv takrorlanib turishi, madaniy gomogenlik (ya‘ni boyliklar umumiy to’plamining mavjudligi) va uchinchi shaxslar tomonidan nazorat va majburlovning mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Bunday almashuv ishtirokchilari uchun cheklovlar qonli aloqalar, garovlar, garovga olinganlarni almashish kabi holatlarlar tufayli yuzaga kelardi.
Jamiyatning rivojlanishi bilan almashuv turlari ko’paydi, ko’proq ilgari belgilangan cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi almashuv harakatlari amalga oshirildi. Bunday individuallashtirilmagan almashuv bozorni kengaytirish hamda yanada murakkab ishlab chiqarish va kichik jug’rofiy yoki etnik birliklar doirasidan tashqariga chiquvchi bitimlar foydalarini sotish imkonini berdi. Tomonlar o’rtasida tuzilgan yanada murakkab kelishuvlar shartnomalardan foydalanishni ta‘minlovchi qo’shimcha institutlarning shakllanishiga yordam berdi. Almashuvning ushbu xili davlatning shakllanishiga va ixtisoslashgan institutlarning savdogarlarni himoyalash va savdo kodekslarini qabul qilishdagi rolining o’sishiga xizmat qildi.
Shunday qilib, almashuvning uchinchi shakli paydo bo’ldi – bu uchinchi tomondan nazorat qilinadigan individuallashtirilmagan almashuv. Uchinchi tomondan kelishuvlar shartlarining ta‘minlanishi hech qachon ideal va mukammal bo’lmaydi va u almashuv ishtirokchilari uchun katta xarajatlar bilan bog’liq. Davlat rivojlanishining dastlabki bosqichida uning faoliyatini ikki tomondan tavsiflash mumkin: bir tomondan – u mulk huquqlarini himoyalash va ta‘minlash manbai bo’lib xizmat qildi, ikkinchi tomondan – ushbu funksiyalarni ko’pincha almashuv ishtirokchilari uchun katta miqdordagi transaksiya xarajatlari evaziga amalga oshirdi. Biroq, tomonlarning kelishuvlarni mastaqil ravishda ta‘minlashi
yanada katta xarajatlar bilan bog’liq edi, chunki murakkab jamiyatlarda xatti- harakatning opportunizim (aldash, tovlamachilik) kabi shakllari foydaliroq bo’ladi.
Davlat rivojlanishining yuqorida keltirilgan bosqichlariga davlat tuzilishining quyidagi turlari mos keladi1:
unda qonun chiqaruvchi, sud va huquqni muhofaza qilish organlari va umumiy qoidalar mavjud bo’lmagan hamjamiyat;
unda mutlaq huquqlarni tafsirlovchi umumiy qoidalar, qonun chiqaruvchi organ, sudlar mavjud bo’lgan, lekin politsiya yoki armiya mavjud bo’lmagan va bu bilan qonunga rioya etishga majburlash alohida xususiyatga ega bo’lgan jamiyat;
unda davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar sudi funksiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta‘minlaydi2.
|
| |