Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi




Download 42,04 Kb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi42,04 Kb.
#99321
1   2   3   4
Bog'liq
DAVLAT INSTITUSIONAL TASHKILOT SIFATIDA

3.Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi


Davlat nima? Institutsional yondashuvga muvofiq uning asosiy mohiyatini


―transaksiya xarajatlari‖ kategoriyasidan foydalangan holda ochib berish mumkin.
D.Nortning ta‘riflashicha, davlat – zo’rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega bo’lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug’rofiy hududni qamrab oluvchi tashkilot. Ushbu ustunliklar nimalar bilan belgilanadi?
Haqiqatdan ham, har qanday kafolatlangan almashuv, pirovardida, mol- mulkni himoyalashni sof kuch bilan amalga oshirishga yoki kuch ishlatish tahdidini solishga olib keladi. Shu ma‘noda zo’rlik (kuch ishlatish), iqtisodiy jihatdan, xo’jalik faoliyatining boshqa ikki xilidan farq qilmavydi.
Bundan tashqari, transaksiya xarajatlari iqtisodiy tizimning samaradorligiga ta‘sir ko’satadi, ular iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalar faoliyat ko’rsatishining samaradorligini taqqoslashda bazaviy mezonlardan biri hisoblanib, jamiyat, shu jumladan, davlat tuzumi faoliyatining barcha sohalarida agentlik munosabatlari ushbu mezonga asoslanadi. Shunday qilib, u yoki bu tuzilmani tanlash va rivojlantirish minimal transaksiya xarajatlari bilan shartlangan.
Demak, suveren (davlat) hokimiyati agentlik munosabatlarining xarajatlari bilan cheklangan va unga raqobat to’sqinlik qiladi1. Endi ushbu holatga oydinlik kiritamiz. Agar jamiyatda tartibni saqlash va davlat funksiyalarini amalga oshirish o’lchamsiz yuqori narxlarda amalga oshirilsa, u holda bu davlatning ichida ham, uning tashqarisida ham (ham rasmiy, qonun doirasida faoliyat yurituvchi, ham norasmiy) raqobatlashuvchi tuzilmalarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Soliq solish ehtimoli ham agentlik munosabatlari va o’lchash (soliq solish bazasini aniqlash va o’lchash) hamda soliqlarni yig’ish xarajatlari bilan bog’liq qator cheklovlar tufayli yuzaga keladi.
Shunday qilib, davlat – nazariy jihatdan eng samarali majbur qilish organi hisoblanib, bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, ya‘ni ―soliq solinadigan fuqarolar tomonidan‖ davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga bevosita bog’liq. Chunki agar jamoat fikriga mos keladigan bunday tan olish mavjud bo’lsa, u holda davlat o’z funksiyalari va maqsadlarini amalga oshirish uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanuvchi tashkilot sifatida o’z imkoniyatlarini aholining ushbu funksiyalar va maqsadlar bajarilishiga qarshiligini Еngish uchun sarflamasligi mumkin2.



Download 42,04 Kb.
1   2   3   4




Download 42,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi

Download 42,04 Kb.