|
Elektromagnit maydon uchun maksvell lorents nazariyasi
|
Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 22,27 Kb. | | #128359 |
Bog'liq 2- amaliy 11
11.Elektromagnit maydon uchun maksvell lorents nazariyasi
O‘zgaruvchan elektromagnit maydonlar (EMF) ta’siridan himoya qilishga bir necha nuqtai nazardan yondashish mumkin. Ta’sir qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni minimallashtirish uchun quyidagi choralarni ko‘rishingiz mumkin:
Masofani saqlang: EMFlarning kuchi masofa bilan kamayadi. Iloji bo‘lsa, elektr uzatish liniyalari, elektr jihozlari va simsiz qurilmalar kabi potentsial EMF manbalaridan xavfsiz masofani saqlang.
Himoyalash materiallaridan foydalaning: Himoyalash materiallari EMFning ma’lum hududlarga kirib borishini kamaytirishga yordam beradi. Misol uchun, siz EMFlarga qarshi to‘siq yaratadigan metall elementlarni o‘z ichiga olgan maxsus bo‘yoqlardan yoki plyonkalardan foydalanishingiz mumkin.
Simsiz qurilmalarga ta’sir qilishni cheklang: Smartfonlar, Wi-Fi routerlar va Bluetooth qurilmalari kabi simsiz qurilmalar EMF chiqaradi. Ushbu qurilmalardan foydalanish vaqtini qisqartirish, ularni karnay rejimida yoki naushniklar bilan ishlatish va foydalanmayotganda ularni tanangizdan uzoqroq tutish orqali taʼsirlanishingizni cheklang.
Simli ulanishlarni tanlang: iloji boricha simsiz ulanish o‘rniga simli ulanishlardan foydalaning. Masalan, Wi-Fi o‘rniga simli internet ulanishlaridan foydalaning va Bluetooth qurilmalari o‘rniga simli minigarnituralar yoki naushniklardan foydalaning.
Topraklama va topraklama: Topraklama elektr tizimlaridan EMF ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Uyingizning elektr tarmog‘i to‘g‘ri yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling va yalangoyoq er yuzida yurib yoki bino ichida yerga tutashtiruvchi gilamchalardan foydalanib, oʻzingizni yerga ulashni oʻylab koʻring.
EMFsiz zonalarni yarating: Uyingiz yoki ish joyingizdagi ayrim hududlarni elektron qurilmalar mavjudligini minimallashtiradigan EMFsiz zonalar sifatida belgilang. Bu yotoqxona yoki tinch burchak bo‘lishi mumkin, bu erda siz uyqu yoki dam olish vaqtida EMFlardan chekinishingiz mumkin.
Kam EMF qurilmalaridan foydalaning: EMFning pastroq darajasini chiqaradigan asboblar va elektron qurilmalarni qidiring. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar pastroq elektromagnit nurlanishni chiqarish uchun maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradilar.
Himoya qiluvchi kiyim va aksessuarlar: EMFning tanaga ta’sirini kamaytirish uchun himoya qiluvchi materiallardan foydalanadigan maxsus kiyim va aksessuarlar mavjud. Bu narsalar EMFni blokirovka qiluvchi matolardan tikilgan shlyapalar, ko‘ylaklar va adyollarni o‘z ichiga olishi mumkin.
EMF bahosini oling: Agar atrof-muhitingizdagi EMF ta’siridan xavotirda bo‘lsangiz, EMF baholashini o‘kazish uchun mutaxassisni yollashni o‘ylab ko‘ring. Ular EMFning potentsial manbalarini aniqlashlari va ta’sir qilishni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berishlari mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy hamjamiyat EMF ta’sirining uzoq muddatli sog‘liqqa ta’siri bo‘yicha konsensusga erishmagan. Biroq, agar siz EMFlarga ayniqsa tashvishlansangiz yoki sezgir bo‘lsangiz, ushbu ehtiyot choralarini ko‘rish sizning ta’siringizni kamaytirishga yordam beradi.
3.3-rasm.Inson organizimiga ta’siri ko‘rsatu
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo‘lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo‘nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig‘idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o‘tkazuvchi toklar hosil bo‘lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo‘lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o‘zgarishi hisobiga bo‘ladi.
O‘zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo‘nalishlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan kuchsiz bo‘lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo‘lmaydi.
Maydonning kuchlanishi qancha ko‘p bo‘lib uning ta’sir davri davomli bo‘lsa, organizmga ko‘rsatuvchi ta’siri shuncha ko‘p bo‘ladi.
Tebranish chastotasining ortishi tana o‘tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to‘g‘ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm2), inson organizmda hosil bo‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi va tana harorati ko‘tariladi, bu esa o‘z navbatida organizmga katta zarar etkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga syerob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o‘pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va tyermoregulyasiya ta’siri kam bo‘lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko‘z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o‘t va siydik xaltalari kiradi. Ko‘zning nurlanishi ko‘z korachig‘ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko‘z qorachig‘ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo‘ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy nyerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi, hujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va minyeral moddalar almashinivuni o‘zgartiradi. Ammo bu o‘zgarishlar funksional xaraktyerda bo‘lib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yo‘qoladi.
O‘zgaruvchan elektromagnit normalash va undan himoyalanish
Respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. SHuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo‘lgan taqdirda ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi mumkin.
SN 848-70 bo‘yicha ko‘zda tutilgan «YUqori, o‘ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo‘yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo‘yicha esa 100 kGs- 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo‘lishikerak.
SVCH 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo‘lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligikerak. Bunda albatta muhofaza ko‘zoynagi taqilishikerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak.
YUqorida keltirib o‘tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqrok joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo‘naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o‘zgartirish, genyeratorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o‘rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan yerishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi qurilmalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.
Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.
Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish genyeratorini, kuchsizroq nurlanish genyeratori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.
Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni antenyuatorlarni qo‘llash, genyeratordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotishi yoki kamaytirishi mumkin.
Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglyerodli qotishma ishlatiladi. SHuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin.
Bunday materiallar qatoriga rezina, podevorirol va boshqalarni kiritish mumkin.
Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini baholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o‘lchash bilan belgilanadi.
Elektromagnit maydonining kuchlanishini o‘lchaydigan asosiy asbob IEMP-1 va uning bir necha modifikasiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs, shuningdek, magnit maydonining 100 kGs-1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o‘lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo‘yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo‘yicha 0,5-300 A/m bo‘lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.
O‘lchash davrida asbobning antennasi o‘lchashi zarur bo‘lgan maydonga o‘rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorini ko‘rsatguncha harakatlantiriladi.
Lazer nuridan himoyalanish
Optik kvant genyeratori «lazer» deb ataladi. Lazer hozirgi zamon texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri bo‘lib, ixtiro qilingandan keyingi o‘n yil ichida juda keng tarqalib ketdi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida, juda aniq o‘lchov ishlarida, osmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzada oldingi usullarda olinishi mumkin bo‘lgan 50 chiziq o‘rniga 600 gacha usullarda olinishi mumkin bo‘lgan 50 chiziq o‘rniga 600 gacha chiziq chizish mumkin bo‘lgan noyob gravyerlik ishlarida va boshqa ko‘pgina sohalarda qo‘llaniladi.
Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigenik normalari va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.
Lazer nurlari elektromagnit to‘lqinlarining ultrabinafsha nuridan tortib infra qizil nurlarigacha bo‘lgan spektr sohalarining hammasini o‘z ichiga olgan optik diapazonini qamrab oladi. Lazerning nurlanish oqimi juda kichkina (tashkil qilgan burchagi 1oS) oqim yo‘nalishidan iborat bo‘lganligidan oqim kuchlanishi zichligi nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta bo‘ladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011-1014 Vt/sm2 ni tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda parlanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish ekanligini tasavvur qilish mumkin.
Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib kolsa biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og‘ir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak qon aylanish sistemasini, markaziy nyerv sistemasini ko‘zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. SHuningdek, nurlanish qonning qo‘yilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishiga, bosh og‘rig‘iga, uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi.
Lazer energiyasining birlamchi manbalari sifatida gaz razryadli impuls lampalaridan, doimiy yonuvchi lampalardan SVCH lampalaridan foydalanilib, bularni ishlatish o‘z navbatida qo‘shimcha har xil xavf manbai hisoblanadi.
Lazer nurlarining inson organizmiga ta’sir darajasi va xarakteri nur yo‘nalishi, to‘lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va ularning chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Lazer nurlari energiyasi organizm hujayralarida yutilib, ularda issiqlik ajrala boshlaydi, har xil hujayraning energiya yutish qobiliyati har xil. YOg‘ hujayralari energiyani mutlaqo yutmaydi.
Ko‘z hujayralarida yog‘simon qavat mutlaqo yo‘q, shuning uchun lazer ko‘z uchun nihoyatda xavfli.
SHuning uchun O‘zbekiston Respublikasi sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan optik vkant genyeratorlari bilan ishlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik sanitariya normalarini belgilashda ko‘z qobig‘ining intensiv nurlangandagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi, shuningdek, birmuncha noziq bo‘lgan ko‘z qorachig‘i uchun chegara miqdorlar belgilangan.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan oqim zichligi rubinli lazerlar uchun 10-8 -2; 10-8 Dj/sm2, neodimli lazerlar uchun 10-7 -2; 10-7 Dj/sm2 (bularning ikkalasi impulsli rejimga bog‘liq) Geliy neon uchun 10-6 Dj/sm2 (uzluksiz rejim) miqdorida belgilangan.
Lazer nurlaridan saqlanish uchun to‘siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi.
To‘siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Lazer qurilmalari o‘rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo‘lishikerak.
Bunda lazer nuri asosiy o‘tga chidamli devorga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishikerak. Bu devor va shuningdek xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffisienti juda oz bo‘lgan materiallardan bo‘lishikerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo‘lmasligikerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo‘lishikerak, chunki bu holda ko‘z qorachig‘i minimal kengaygan bo‘ladi.
Lazer qurilmalarini ma’lum masofadan turib boshqarishni taminlash va avtomatlashtirish yaxshi natija beradi.
SHaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug‘lik filtrli muhofaza ko‘zoynagi, muhofaza to‘siqlari sifatida xalat va qo‘lqoplarni tavsiya qilish mumkin. Nazorat o‘lchovlari maxsus usullar bilan tegishli apparaturalarni qo‘llab olib boriladi
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish yo‘llari.
Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zaro uzviy bog‘langan hamda qo‘zg‘aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanadi. Shu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarda titrashni yuzaga kelishiga ularning o‘zaro birikkan detallari orasidagi oraliq o‘lchamlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo‘ladi. Bu kuchning miqdori va o‘zgarishi ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning xususiyatiga (dinamik, statik), tizim elementlarining harakat turiga (aylanma harakat, ilgarilanma-qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning balansirlanganlik darajasiga va detallar orasidagi oraliq o‘lchamlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish уo‘llariga ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning teng ta’sir etishiga erishish, krivosharqon mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi.
Titrash holatida bo‘lgan jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo‘1ni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan qo‘lqop misol bo‘lа oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyabzallardan foydalaniladi. Bundan tashqari, turli xil titrashdan himoyalovchi moslamalardan («vibroizolator») foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bularga AKSS-15М, AKSS-25M, AKSS- 400I larni misol qilish mumkin.
|
| |