4-ma’ruza:Dasturiy maxsulotni loyihalash.
Reja:
1.Pedagogik dasturiy vositalar ?
2.Psixologik talablarga idrok etish ?
3.Ergonomik talablarga nimalar kiradi ?
Tayanch so’z va iboralar.Pedagogika,didaktik
talablar,uzluksizlik, yaxlitlik,
Psixologik talablar,Fiziologik-gigienik.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini
oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq
didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
-
o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim
darajasi va qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
-
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
-
mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
-
o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish
maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud.
Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy,
fiziologik
guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan
didaktik talablarga quyidagilar
kiradi: ilmiylik,
tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda
(pedagogika, psixologiya,
informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini,
zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini
qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan
bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik,
muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi
hamda faollilik
xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi,
muloqotning interfaolliligi, o`qitish,
tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning
yaxlit birligi.