|
4-ma’ruza: Dasturiy maxsulotni loyihalash. RejaBog'liq 4-ma’ruzaMetodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),
tafakkur
(tushunchaviy-nazariy,
ko`rgazmali-amaliy),
diqqati
(qat`iyliligi,
boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada
ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida o`quvchilarning yuqori
darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag`batlantirish), xotira, tasavvuri,
yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim,
ko`nikma va malakalarini hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv
masalalari murakkablik darajasi o`quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual
xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha his-
hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test
o`tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar,
tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o`qitish
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari,
joylashishi, o`lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik
talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo`nalganlik,
mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko`rgazmalilik, kirish nazorati,
intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik,
qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
|
| |