hajmiga teskari proporsional ravishda o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
- ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
-
yangiliklarni
qabul
qilishda
yuzaga
keluvchi
dastlabki
ruhiy
ko`tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noaniqlik va
xatoliklar tufayli salbiy
hissiyotlarning yig`ilib borishi;
- katta miqdordagi ta`limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot
resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi.
Bu holat ta`lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va
joriy
etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga
olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi
birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual
rivojlanganligi, ishchanlik ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik
darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib,
o`qitish
konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan rasional
foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror
motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.