Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish




Download 35.8 Kb.
bet1/13
Sana09.10.2023
Hajmi35.8 Kb.
#87412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellash

Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish


Tarbiya texnologiyasida tarbiya jarayoni, mazmun va mohiyatidan kelib chiqib belgilangan vazifalarni o‘qituvchi amalga oshirishi uchun uning o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyaning eng muhim qonuniyatlaridan biri aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lgan bir sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon shaxs ongi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligi talab etiladi.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligidir. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni tarbiyalashda ta’lim muassasasi yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar belgilangan ma’lum muddatda ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasai o‘qituvchilari ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar. Ayni vaqtda, respublikamizda o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari ushbu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh psixologik, fiziologik xususiyatlarini (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi) yaxshi bilmasliklari oqibatida sodir bo‘ladi.
Demak, tarbiya jarayonida quyidagi qonuniyatlar modellashtirish xususiyatini o‘zida namoyon etadi:




Download 35.8 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 35.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish

Download 35.8 Kb.