• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Keyword
  • Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri




    Download 282.86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana06.06.2023
    Hajmi282.86 Kb.
    #70153
      1   2   3
    Bog'liq
    paxta-terimi-turining-ip-sifatiga-ta-siri
    kjgjhghg.ru.uz, 1 sinf Matematika test-fayllar.org


    Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri 
     
    Kadam Jumaniyazovich Jumaniyazov 
    Fazliddin Otaqulovich Egamberdiyev 
    fazliddin.123456789@mail.ru 
    Sarvarjon Abduhakim o’g’li Karimov 
    Jizzax Politexnika instituti
    Annotatsiya: Ushbu maqolada mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolalaridan 
    tayyorlangan xomaki mahsulotlar pilta, pilik hamda yigirilgan iplarning sifat 
    ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ipning sifat ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” 
    MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi mavjud laboratoriya uskunalaridan 
    foydalanilgan holda tahlillar o‘tkazildi olingan tahlil natijalari xalqaro me’yor 
    ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil qilinib natijalari keltirilgan.
    Kalit so‘zlar: Paxta tolasi, ip, qo‘l terim, ifloslik, chiziqiy zichlik, kalta tola. 
     
    The effect of cotton picking type on yarn quality 
     
    Kadam Jumaniyazovich Jumaniyazov 
    Fazliddin Otakulovich Egamberdiev 
    fazliddin.123456789@mail.ru 
    Sarvarjon Abduhakim ugli Karimov 
    Jizzax Politexnika instituti
    Abstract: This article presents the quality indicators of machine and hand-
    picked raw cotton, sliver, roving and spinning yarns. The quality of the yarn was 
    analyzed using the existing laboratory equipment of the foreign joint venture Jizzakh 
    Textile LLC in Jizzakh region. The results of the analysis were compared with 
    international standards. 
    Keyword: Cotton fiber, yarn, hand pick, dirt, linear density, short fiber. 
     
    Kirish. Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj 
    mahsulotlari ishlab chiqarilishini keng joriy etish, uning ishlab chiqarilishini 
    mahalliylashtirish, 
    shuningdek, 
    mahalliy 
    ishlab 
    chiqaruvchilarning 
    eksport 
    salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng amalga 
    oshirilmoqda. Paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda peshqadam 
    mamlakatlar Hindiston va Xitoy bo‘lib, ularda ishlab chiqarilayotgan tola 
    miqdorining 24,8% ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda ham 3 mln tonna paxta 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    232


    yetishtirilib qaryib 1 mln. tonnaga yaqin tola olinadi. Dunyoda tabiiy tola va tayyor 
    to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi, raqobatbardosh 
    yuqori darajadagi sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni talab etadi. 
    So‘nggi yillarda respublikamizda to‘qimachilik, yengil sanoat tarmoqlarini 
    rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini 
    kengaytirish hamda tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har 
    tomonlama 
    qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga 
    oshirilmoqda. Sohada paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilish, mahsulot ishlab 
    chiqarishning paxta tolasi, yigirilgan ip va kalava, to‘quv-trikotaj mahsulotlari va 
    tayyor tikuv buyumlarigacha bo‘lgan bosqichlarini o‘z ichiga oladigan ishlab 
    chiqarish komplekslarini yaratish va rivojlantirish, keng assortimentdagi, yuqori 
    sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda aholini ish bilan ta’minlash, 
    o‘zimizda yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash salmog‘ini oshirish bo‘yicha 
    keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Hozirgi kunda yigirish korxonalarida 
    mahsulot ishlab chiqargunga qadar bir nechta texnologik jarayonlardan o‘tadi. Ularga 
    tarash, piltalash, piliklash, yigirish va qayta o‘rashdir. Bu jarayonlarning har biri 
    yigirishda juda muhim rol o‘ynab, texnologik jarayonlar parametrlarini va yarim 
    mahsulot sifatini nazorati katta ahamiyat kasb etadi. 
    Ipning qanaqa yigirish tizimida va qanday usulda yigirilishdan qat’iy nazar sifat 
    ko‘rsatkichlari har xil mezonlar bilan baholanadi. Har bir sifat ko‘rsatkichlari: 
    chiziqiy zichligi, kvadratik notekisligi, nepslar soni, uzish kuchi, buramlar soni 
    chiziqiy zichlik bo‘yicha uzilish kuchi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari belgilangan 
    xalqaro standart talablari bo‘yicha sinov laboratoriya uskunalarida aniqlanadi. 
    To‘qimachilik sanoati xalq xo‘jaligiga keng iste’mol mollari gazlama, trikotaj, 
    tikuv iplari, gilam va boshqalar yetkazib berish bilan birga ishlab chiqarish vositalari 
    kord iplari, uzatish tasmalari, izolyatsion materiallar va x.k. yaratuvchi sanoat 
    hisoblanadi. Uning mahsulotlari xalq xo‘jaligining mudofaa, tibbiyot, avtomobil, 
    poyabzal kabi ishlab chiqarish tarmoqlarida ham keng qo‘llaniladi. To‘qimachilik 
    sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulot va ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab 
    ko‘p tarmoqlarga bo‘linishi ma’lum. Ular orasida ip ishlab chiqarish alohida o‘rin 
    tutadi.
    Respublikamiz yigiruv korxonalari jahonga mashhur «Rieter» (Shveysariya), 
    «Zinser» (Germaniya), «Marzoli» (Italiya), «Toyota» (Yaponiya) firmalarida ishlab 
    chiqarilgan tezkor, serunum pnevmomexanik yigirish mashinalari mamlakatimiz 
    korxonalarida samarali ishlatilmoqda. 
    Pnevmomexanik yigirish usulida ishlab chiqarilgan ipning tuzilishi uning 
    shakllanishi o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    233


    Pnevmomexanik yigirish usulida tolalar yigirish kamerasiga uzluksiz diskret 
    oqimi ko‘rinishida uzatiladi. Uzatilgan tolalar markazdan qochma kuch ta’sirida 
    kameraning qiya sirtiga tushadi va asta sekin o‘yiq qismiga sirg‘alib tushib o‘z o‘qi 
    atrofida o‘raladigan tolali ponasimon piltacha hosil bo‘ladi. Moslama sirtida 
    xarakatlanayotgan tolaga aerodinamik, inersion va ishqalanish kuchlar ta’sir etib, ip 
    shakllanish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. 

    Download 282.86 Kb.
      1   2   3




    Download 282.86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri

    Download 282.86 Kb.
    Pdf ko'rish