Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri




Download 282.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.06.2023
Hajmi282.86 Kb.
#70153
1   2   3
Bog'liq
paxta-terimi-turining-ip-sifatiga-ta-siri
kjgjhghg.ru.uz, 1 sinf Matematika test-fayllar.org
Tadqiqot metodologiyasi. Paxta tolasining va undan yigirilgan ipning sifatini 
aniqlashda Uster Statistics 2018 me’yorlari bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. 
Paxta tolasining asosiy sifat ko‘rsatkichlarini USTER HVI 1000 o‘lchov tizimi 
yordamida aniqlanadi. Bu tizim tezkor va olingan jadvallar va diagrammalar dunyo 
bo‘yicha qo‘llaniladigan tizim xisoblanadi. Bu tizimda qo‘llaniladigan uskunalar 
USTER TESTER 5 va USTER AFIS PRO 2 bu laboratoriya uskunalarida paxta tolasi 
va ulardan tayyorlangan xomaki mahsulotlar hamda yigirilgan iplarning sifat 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
1-rasm. “USTER” firmasining AFIS PRO 2 sinov laboratoriya jihozi 
Paxta tolasi va yarim maxsulotlar tarkibidagi tolalarning xossalari “USTER” 
firmasining AFIS PRO 2 sinov loboratoriya jixozlari yordamida aniqlanadi. 
Laboratoriya jihozida bir vaqtning o‘zida uzunlik L(n), tugunaklar (Neps/g), kalta 
tolalar miqdori (SFC n, SFC w), chiziqiy zichlik (Fineness), yetilgan (pishgan) tola 
miqdori (Muturity), o‘lik tola miqdori (IFC), chang miqdori (Duct Cnt), ifloslik 
(Trash Cnt) ko‘zga ko‘rinadigan yirik aralashma (VFM) larning qiymatlarini aniqlash 
imkonini beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan laboratoriya jihozi yordamida olingan ip sifat 
ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi 
laboratoriyada tajribalar asosida o‘rganildi. 
Tahlil va natijalar. Sinov tajriba ishlari “Jizzakh textile” xorijiy qo‘shma 
korxonasidagi USTER AFIS PRO 2 laboratoriya jihozida mashinada va qo‘lda 
terilgan paxta tolalarining o‘lchovchi standart ASTM standartiga binoan tolaning 
(tolani uzunlik, pishib yetilganlik, ifloslik darajasi va nepslar) sifat ko‘rsatkichlari
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
234


aniqlandi va 1-jadvalga jamlandi. 
1-jadval 
Tolaning sifat ko‘rsatkichlari 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Variantlar 
Qo‘lda 
terilgan 
Mashinada 
terilgan 

uzunlik L(n) 
0,81 
0,82 

toladagi tugunaklar soni (Cnt/g) 
69 
63 

kalta tolalar miqdori (SFCn) 
24,2 
22,4 

chiziqiy zichlik (Fineness) 
167 
168 

yetilgan (pishgan) tola miqdori 
(Muturity) 
0,9 
0,9 

o‘lik tola miqdori (IFC) 
7,1 
6,4 
Tolaning sifat qo‘rsatkichlari aniqlash uchun tuzilgan jadvalda qo‘lda va 
mashinada terilgan paxta tolalarning sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan qo‘lda 
terilgan paxta tolasining shtapel uzunlik ko‘rsatkichi, mashinada terilgan paxtaning 
uzunligi L(n)0.01 % ga ko‘p. Qo‘lda terilgan paxta tolasining toladagi tugunaklar 
soni, mashinada terilgan tugunaklar sonidan (Cnt/g) 19.6% ga ko‘p. Qo‘lda terilgan 
paxta tolasining kalta tolalar miqdori, mashinada terilgan paxta tolasining kalta 
tolalar miqdoridan (SFCn)7.8% ga ko‘p. Qo‘lda terilgan paxta tolasining chiziqiy 
zichlik ko‘rsatkichi, mashinada terilgan paxta tolasining chiziqiy zichlik 
ko‘rsatkichidan (Fineness) 0.5% ga kam. Qo‘lda terilgan paxta tolasining pishgan 
tola miqdori, mashinada terilganniki (Muturity) bilan teng. Qo‘lda terilgan paxta 
tolasidagi o‘lik tola miqdori, mashinada terilgan paxta tolasidagi o‘lik tola 
miqdoridan (IFC) 10% ga ko‘pdir bu holatda ko‘rishimiz mumkinki paxta tolasini 
mashinada va qo‘lda terilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish uchun paxta 
tozalash 
va 
yigirish 
korxonalarida 
o‘rnatilgan tola tozalash tizimlarini 
takomillashtirish yangi resurstejamkor texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga 
joriy etish orqali sifat tolaning darajasini oshirishimiz mumkin. 
Qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki 
mahsulotlarning chiziqiy va kvadratik notekislik ko‘rsatkichlari, xalqaro Uster 
Statistics 2018 me’yorlari bilan qiyoslandi va olingan natijalar 1-jadvalga jamlandi.
Ushbu jadval tahlili shuni ko‘rsatdiki, mashinada terilgan paxta tolasidan 
tayyorlangan xomaki mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari qo‘lda terilgan paxta 
tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari (chiziqiy 
notekislik, kvadratik notekislik, kesim bo‘yicha 1 metr uzunlikdagi yarim tayyor 
mahsulotning variatsiya koeffitsenti, kesim bo‘yicha 3 metr uzunlikdagi yarim tayyor 
mahsulotning variatsiya koeffitsenti) bir biriga yaqin ekanligini ko‘rsatdi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
235


1-jadval 
Mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning 
chiziqiy va kvadratik notekislik ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlar 
Variantlar 
Mashinada
Qo‘lda 
Q
ayt
a
t
ar
al
g
an
pi
lt

P
il
ta
la
nga
n
pi
lt

P
il
ik
Q
ayt
a
t
ar
al
g
an
pi
lt

P
il
ta
la
nga
n
pi
lta
P
il
ik
Chiziqiy notekislik, U% 
2.88 
1.88 
3.19 
2.55 
1.78 
3.05 
Kvadratik notekislik, CVm % 
3.61 
2.38 
3.99 
3.18 
2.27 
3.87 
Kesim bo‘yicha 1 metr uzunlikdagi 
yarim tayyor mahsulotning variatsiya 
koeffitsenti, CVm 1m % 
1.42 
0.33 
2.11 
1.21 
0.33 
1.97 
Kesim bo‘yicha 3 metr uzunlikdagi 
yarim tayyor mahsulotning variatsiya 
koeffitsenti, CVm 3m % 
1.20 
0.18 
1.73 
1.01 
0.18 
1.42 
Sinov jarayonining keyingi bosqichida yigirish rejasiga muvofiq har ikki variant 
bo‘yicha tayyorlangan piliklardan chiziqiy zichligi 19,6 teks bo‘lgan qayta tarash ipi 
namunalari olindi, hamda ularning chiziqiy va kvadratik notekisliklari hamda neps 
ko‘rsatkichlari Uster Tester 5-S800 jihozida o‘rganildi.
2-jadvallarda yigirilgan har ikki variant bo‘yicha chiziqiy zichligi 19,6 teks 
(Ne=30) qayta tarash ipining sifat ko‘rsatkichlari keltirilgan. 
2-jadval 
Ipning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar 
№ Ko‘rsatkichlar 
Variantlar 
Mashinada 
Qo‘lda 

Chiziqiy notekislik, U% 
8.63 
8.66 

Kvadratik notekislik, CVm % 
10.89 
10.93 

10 metr uzunlikdagi ipning kvadratik 
noteksligi, CVm 10 % 
3.74 
2.20 

Ingichka joylari (-50%), 1 km ga 
to‘g‘ri keladigan 
0.0 
0.0 

Qalin joylari (+50%), 1km ga to‘g‘ri 
keladigan 
8.9 
9.0 

Tugunaklar (nepslar +200%), 1km ga 
to‘g‘ri keladigan 
40.1 
44.1 

Tukdorligi, N 
5.10 
6.18 
2-jadvalda qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolalaridan yigirilgan iplarning 
sifat ko‘rsatkichlari va ularning qiyosiy tahlil natijalari hamda Uster Statistics 2018 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
236


me’yoriy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan qo‘lda terilgan paxta tolasidan yigirilgan 
ipning chiziqiy notekisligi, mashinada terilgan paxta tolasidan yigirilgan ipning 
chiziqiy notekisligi 0,3 % ga kam ekanligi. Qo‘lda terilgan paxta tolasidan yigirilgan 
ipning kvadratik notekisligi esa mashinada terilgan ipning kvadratik notekisligi esa 
0,3% ga ko‘pligi aniqlandi. Mayda va yirik nepslar solishtirilganda qo‘lda terilganda 
neps miqdori 40,1 ta, mashinada terilganda esa 44.1 ta, ya’ni 9 % ga ko‘pligi 
aniqlandi. Shuningdek, yirik (+280 %) nepslar miqdori esa 28.4 % ga kamligi (12.3; 
8.8) aniqlandi hamda tukdorlik darajasi mashinada terilgannikidan qo‘lda terilganniki 
17.5 % ga ko‘pligi aniqlandi. Tahlil natijalaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki qo‘lda 
va mashinada terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlar va yigirilgan 
iplarning sifat ko‘rsatkichlari orasidagi farqdan mashinada terilagan paxtadan olingan 
ip sifat ko‘rsatkichlari pastligini bu usulda terilgan paxtani tozalash samaradorligini 
oshirish zarurligini ko‘rsatadi. 
Xulosa. Mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolalaridan tayyorlangan xomaki 
mahsulotlar va yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” 
MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi mavjud laboratoriya uskunalarida tahlillar 
o‘tkazilib natijalar xalqaro me’yor ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil natijalari olindi. 
Qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolasidan yigirilgan ip chiziqiy zichligi 19,6 teks 
(N
e
=30) karda iplari hamda ularning sifat ko‘rsatkichlari tahlilidan shunday xulosa 
qilish 
mumkinki 
mashinada 
terilgan 
paxta 
tolasidan 
olingan 
ip 
sifat 
ko‘rsatkichlaridan kamligi buning uchun paxta tozalash va yigirish jarayonida 
tozalash samaradorligini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa soha olimlari 
oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.

Download 282.86 Kb.
1   2   3




Download 282.86 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri

Download 282.86 Kb.
Pdf ko'rish