MAVZU: HAVONING NISBIY NAMLIGINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Bug‘lanish
hodisasi suyuqlik turiga, temperaturasiga,
ochiq sirti
yuzasining katta-kichikligiga, qaynash va uning bosimga bog‘liqligi,
havoning namligi, absolyut va nisbiy namlik, namlikni aniqlash yo‘llariga doir
demonstratsion tajribalarni o‘rganishdir.
Kerakli asboblar: atir, spirt, kerosin, suv, efir, ikki varaq qog‘oz,
pulverizator, elektroplitka, ximiyaviy stakan, havo qalpog‘i, doska, Avgust
psixrometri, maktab gigrometri, soch gigrometri, 3 ta yassi shisha tarelka,
Komovskiy moy nasosi, termometr.
Bu ishni bajarishdan maqsad bug‘lanish hodisasi suyuqlik turiga,
temperaturasiga, ochiq sirti yuzasining katta-kichikligiga, qaynash va uning
bosimga bog‘liqligi, havoning namligi, absolyut va nisbiy namlik, namlikni
aniqlash yo‘llariga doir demonstratsion tajribalarni o‘rganishdir.
Avgust psixrometri ikkita bir xil spirtli termometrdan iborat bo‘lib,
plastmassa panelga o‘rnatilgan (1-rasm). Termometrlardan birining tagiga kichkina
kosacha o‘rnatilgan bo‘lib, unga suv quyib
dokaning bir uchini suvga, ikkinchi
uchini esa termometrga tekkizib qo’yilgan. Natijada termometrlardan biri doim
nam temperaturani ko’rsatadi.
1-rasm 2-rasm 3-rasm
Maktab gigrometri yaltiroq yupqa devorli metall qutichadan iborat bo‘lib,
uning oldingi devori halqa bilan o‘ralgan (2-rasm). Tirqish orqali quticha ichiga
efir quyiladi. Naycha orqali rezina koptokcha bilan dam beriladi. Dam
berilayotganda havoning bug‘lanishi
tezlashib, natijada quticha devori soviy
boshlaydi. Quticha devorida shudring hosil bo‘ladi.
MV-1 tipidagi gigrometr, ya’ni soch gigrometri metall ramkadan iborat
bo‘lib (3-rasm), bu ramkaga vertikal holda soch tolasi shkivga mahkamlangan.
Soch tolasining bo‘sh uchiga yengil yukcha bog‘lab, strelka bilan biriktiriladi.
Havoning namligi o‘zgarganda soch tolasining uzunligi o‘zgaradi. Natijada strelka
harakatga keladi. Shkalaga qarab nisbiy namlik to‘g‘ridan to‘g’ri prosent hisobida
aniqlanadi.
1-topshiriq. Uchta yassi tarelkaga bir xil miqdorda kerosin yoki atir, efir yoki
spirt, suv quying va ularning bug‘lanish tezligini solishtiring.
2-topshiriq. Tez bug‘lanish vaqtida sovish hodisasini ko‘rsating.
Buning
uchun tarelkaga bir oz efir quyib, uning ustiga stakanni qo‘ying. Bir varaq 20-30
mm o‘lchamli karton bilan yelpib efirni tez bug‘lating. So‘ngra stakanni qo‘l bilan
ko‘taring va hodisani tushuntiring.
3-topshiriq. a) Ximiyaviy stakanga 100-200 ml suv quyib, uni elektroplitka
ustiga qo‘ying. Suvning isishini, so‘ngra qaynash jarayonini kuzating va termometr
yordamida qaynab turgan suvning temperaturasini o‘lchang.
b) Qaynab turgan suvga bir oz miqdorda osh tuzi tashlang. Suv qaynashdan
to‘xtaydi.
Yana qaynaguncha kuzating, qaynash temperaturasini aniqlang va
xulosa chiqaring.
4-topshiriq. Maktab gigrometri (2-rasm)dan foydalanib, havoning nisbiy
namligini aniqlang. Buning uchun gigrometr tirqishi orqali qutichaga 2-2,5 sm
3
efir
quying va shu tirqishga termometr tushiring,
rezina koptokcha bilan havo
bug‘lanishini tezlashtiring. Quticha devorida shudring hosil bo‘lishini kuzating.
Shudring hosil bo‘lishi bilan quticha ichidagi temperaturani termometr bilan
aniqlang.