• I bob. Innovatsiyalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va zamonaviy texnologiyalar
  • II.bob.O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishda qo’llanilgan chora tadbirlar va ularni yanada rivojlantirish
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH
  • Mavzu;O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish Reja Kirish I bob. Innovatsiyalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va zamonaviy texnologiyalar




    Download 71,77 Kb.
    bet1/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi71,77 Kb.
    #242505
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu;O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga s-fayllar.org


    Mavzu;O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish Reja Kirish I bob. Innovatsiyalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va zamonaviy texnologiyalar

    Mavzu;O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish

    Reja

    Kirish

    I bob. Innovatsiyalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va zamonaviy texnologiyalar
    1.1. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari
    1.2.Innovatsion siyosatda zamonaviy texnologiyalar (banklar misolida)

    II.bob.O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishda qo’llanilgan chora tadbirlar va ularni yanada rivojlantirish
    2.1.O’zbekistonda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish, moliyalashtirish amaliyoti tahlili va tartibga solish

    2.2. O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartinga solishda qo’llanilgan chora tadbirlarni yanada rivojlantirish yo’llari



    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

    KIRISH
    Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi ham chuqur ma`no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni jalb etmasdan turib, iqtisodiyotda mavjud bo`lgan kapital ehtiyojini qondirib bo`lmaydi. SHunday ekan, investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish, uning murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish dolzarblik kasb etadi.
    Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy jarayonlarni ta`minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini o`zida aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o`sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy ko`rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
    Mamlakatimizda o`tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi.
    Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko`paytirish, yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish” deb ta`kidlangan. Albatta, yuqoridagi islohotlarning barchasining zamirida davlat va nodavlat sektor korxonalarining barqaror sur`atlarda innovatsion salohiyatini ro`yobga
    chiqarib kelayotganligi yotadi. SHu sababli, bugungi globallashuv va milliy iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda innovatsion salohiyat, uni shakllanishi va rivojlanishini baholash, boshqarishning nazariy-uslubiy masalalarini kompleks tadqiq qilish, sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va boshqarish omillari va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, respublikada sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion salohiyatni baholash usullarini qiyosiy o`rganish va sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmlarining zamonaviy holati va tendentsiyalarini aniqlash o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

    Download 71,77 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 71,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu;O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish Reja Kirish I bob. Innovatsiyalarini amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va zamonaviy texnologiyalar

    Download 71,77 Kb.