|
Har bir fanni o`qitishning o`ziga hos hususiyatlari bo`lib, ilg`or pedagogik texnalogiyani ham shu fanga moslashtirish kerakmi yoki fanni ilg`or pedagofik texnalogiya moslashtirish lozimmi degan savol paydo bo`lda
|
Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 25,24 Kb. | | #266469 |
Bog'liq phd maqola yangi
Har bir fanni o`qitishning o`ziga hos hususiyatlari bo`lib, ilg`or pedagogik texnalogiyani ham shu fanga moslashtirish kerakmi yoki fanni ilg`or pedagofik texnalogiya moslashtirish lozimmi degan savol paydo bo`lda.Hozirgi vaqtda o`qituvchilar nostandart darslar bilan interfaol usullarni chalkashtirmaslik maqsadida quyidagi jadval keltiriladi. Bu jarayon oliy ta’lim muassasalarida o`qitilayotgan umumkasbiy fanlar negizida, malaka oshirish kurslarida, bundan tashqari turli seminar, konferensiyalarda o`rganib kelinmoqda. Interfaol inglizcha “interact” so’zidan olingan bo’lib, “inter”- hamkorlikda “akt” – harakat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interfaollik deganda o’quvchining o’quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti o’zaro ta’sir ko’rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. Interfaol o’qitish – bu avvalo dialog tarzda o’qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir. Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati – o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi. O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lganligi uchun, o’quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar, balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi. O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida birbirini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi. Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi. O’qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot – o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo’llaniladi. O’qitish jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi. O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichmabosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi. O’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo’lishiga erishish lozimligini anglaydilar. O’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to’g`riligini tekshirib ko’rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim. Interfaol usullar orqali o`qitishda dars jarayonida barcha ishtirokchilar faollashuvini yuzaga keltirish mumkin. Bunda o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar o`zaro fikr almashib, hamkorlikda ishlaydilar. Bir-birlarini fikrlarini tinglaydilar, umumlashtirib, umumiy xulosalarni chiqarishga harakat qiladi. Dars jarayoniga qo`llaniladigan interfaol usullar haqida juda ko`plab misollar keltirishimiz mumkin. Ishimiz davomida hozirgi kunda ta’lim jarayoniga keng qo`llanila yotgan interfaol usullarning ayrimlari, ayniqsa, “Aqliy hujum”, “Venn” diagrammasi, “Klaster”, “Keys-stadi” kabi mavzular yuzasidan ma’lumotlarni o`rganib, tahlil qilishga harakat qildik. "Aqliy hujum" metоdi. Mazkur metоd muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammоlarni hal etishda keng qo’llaniladigan metоd sanalib, u mashg’ulоt ishtirоkchilarini muammо xususida keng va har tоmоnlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’оyalaridan ijоbiy fоydalanish bоrasida ma`lum ko’nikma hamda malakalarni hоsil qilishga rag’batlantiradi. Bu metоd yordamida tashkil etilgan mashg’ulоtlar jarayonida ixtiyoriy muammоlar yuzasidan bir necha оriginal yechimlarni tоpish imkоniyati tug’iladi. "Aqliy hujum" metоdi tanlab оlingan mavzular dоirasida ma`lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqоbil bo’lgan g’оyalarni tanlash uchun sharоit yaratadi. Dars jarayonida "Aqliy hujum" metоdidan fоydalanishda quyidagi qоidalarga amal qilish talab etiladi: 1.O’quvchilarni muammо dоirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2.Har bir o’quvchi tоmоnidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib bоriladi. Biddirilgan fikrlar оrasidan eng maqbullari tanlab оlinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug’ilishiga оlib keladi. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrlariga asоslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umum lashtirish, yoki ularni o’zgartirish ilmiy asоslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hоzirlaydi. Mashg’ulоt jarayonida o’quvchilar faоliyatini standart talablar asоsida nazоrat qilish, ular tоmоnidan bildirilayotgan fikrlarni bahоlashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari bahоlanib bоrilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himоya qilishga qaratadilar, оqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metоdni qo’llashdan ko’zlangan asоsiy maqsad o’quvchilarni muammо bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan hоlda ularning faоliyatini bahоlab bоrishdan vоz kechish maqsadga muvоfiqdir. Endi interfaol usullardan yana biri, biologiya darslarida keng foydalanish mumkin bo`lgan “Klaster” usuli va uni biologiya darslarida qo`llash yollari haqida so`z yirit moqchimiz. "Klaster" metоdi. Klaster (g’uncha, bоg’lam) metоdi pedagоgik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammо (mavzu)lar xususida erkin, оchiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalоl bayon etish uchun sharоit yaratishga yordam beradi. Mazkur metоd turli xil g’оyalar o’rtasidagi alоqalar to’g’risida fikrlash imkоniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metоdi aniq оb`ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi . Undan fоydalanish insоn miya faоliyatining ishlash tamоyili bilan bоg’liq ravishda amalga оshadi. Ushbu metоd muayyan mavzuning o’quvchilar tоmоnidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faоliyatining bir marоmda bo’lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Stil va Stil g’оyasiga muvоfiq ishlab chiqilgan "Klaster" metоdi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asоsida tashkil etiladigan mashg’ulоtlar jarayonida fоydalanish mumkin. Metоd guruh asоsida tashkil etilayotgan mashg’ulоtlarda o’quvchilar tоmоnidan bildirilayotgan g’оyalarning majmui tarzida namоyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’оyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi alоqalarni tоpish imkоniyatini yaratadi. Klasterlarga ajratish - o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klaster larga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqich laridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvo fiqdir. Klaster tuzish ketma-ketligi: Katta varog’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi; Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi; Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan bog’lanishlarni belgilash; Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi; Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishti rok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedogogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rga nishlariga yordam berib o‘quvchilarni mavzuga taaluqli tushun cha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quv chilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mastuhkamlash, yaxshi umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. O`quvchi klasterni tuzishda mavzu yuzasidan erkin fikrlaydi, fikriga kelgan har qanday tushunchani qog`ozga tushiradi, orfografik, xatolarga, ilmiy xatoliklarga e’tiborini qaratmaydi. U o`ziga berilgan vaqtdan foydalanib tez, va ko`p ma’lumot yozishi va tarmoqni kengaytirishi lozim. Topshiriq bajarilgandan so`ng o`qituvchi tomonidan klaster tekshiriladi va xulosa qilinadi, xatoliklari to`g`rilanadi. Biologiyani o’qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga o’qitishning muammoli - izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, o’quvchilar faoliyatini rag`batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari kiradi. Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani o’qitishda o’qitishning repro duktiv metodlari bo’lgan og`zaki bayon, ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o’qituvchi mazkur metodlarning o’ziga xos xusu siyatlari , ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni to’g`ri anglashi va o’z o’rnida samarali foydalanish ko’nikmalarini egallagan bo’lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars davomida izchil va maqsadga yo’naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilim va ko’nik malarini yangi vaziyatlarda qo’llashi orqali o’quv materialini faol o’zlashtirishiga xizmat qiladi. Bu metodlar guruhi o’quv chilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo’lini topishi, mo’ljalni to’g`ri olishiga zamin tayyorlaydi. Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muam moli-izlanish xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi, o’quvchilarning o’qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, o’quv farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida, o’qituvchi yangi mavzuni o’rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, o’quv chilar bilan hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga, o’quv farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, o’quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi. Muammoli - amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o’tkaziladi, muam moli vaziyatlarni xal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilinadi va o’quv-tadqiqot tajribalari o’tkazilib, o’quv xulo salari va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi. Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyin gi yillarda yangi nom bilan (“Tafakkur bo’roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar to’qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova , F.A.Akramova), (“Aqliy hujum” J.G`.Yo’ldo shev) nomlash rasm bo’ldi. Muammoli metoddan foydalanilgan dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi: I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo’lgan o’quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. III – bosqich. O’quvchilarning bilish faoliyatini o’quv muammolarini hal etishga yo’naltirish. IV – bosqich. O’quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha axborotlarini tinglash. V – bosqich. Kichik guruhlar o’rtasida o’quv bahsi va munozara o’tkazish. VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash. “Aqliy hujum”da o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. XULOSAXulosa qilib aytganda interfaol va muammoli izlanish metod lari o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy izlanishiga zamin tayyorlaydi, shuningdek bilim samaradorligini tako millashtirishda muhim ahamiyatga ega. REFERENCES 1. J.O.Tolipova, A.T.G`ofurov Biologiya ta’limi texnologiyalari. Metodik qo`llanma «O`qituvchi», Toshkent. 2002y 2. M. N. Ibodova. Aкадемик лицей ва касб –хунар коллежларида умумий биологияни ўқитишда инновaцион технологиялардан фойдаланиш Гармонично развитое поколение-условие стабильного развития, благополу чия и процветания общества . Тошкент -2013 й. 3. M. N. Ibodova. Биологияни ўқитишнинг интерфаол ва изланиш методлари Редагог журнали 11. 07. 2022 й 4. M. N. Ibodova. Биология дарслари ни ташкил этиш технологияси. Услубий қўлланма. (Академик лицей 3920001 табиий фанлар тайёрлов йўналиши ўқувчилари учун мўлжалланган). 11. 08. 2022 й 5. M. N. Ibodova . Effectiveness of independent work in tne educational process. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal. 10.10.2021г. 6. J.O.Tolipova “Biologiyani o`qitishda innovatsion texnologiyalar” Pedagogika oliy o`quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - “Cho`lpon” – 2011 y. 7. Sayfullayev, A. (2021).
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 (126-131 )
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Har bir fanni o`qitishning o`ziga hos hususiyatlari bo`lib, ilg`or pedagogik texnalogiyani ham shu fanga moslashtirish kerakmi yoki fanni ilg`or pedagofik texnalogiya moslashtirish lozimmi degan savol paydo bo`lda
|