|
Hisobot bajaruvchi
|
bet | 1/3 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 29,3 Kb. | | #140194 |
Bog'liq Hisobot bajaruvchi (1)
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOT
Bajaruvchi: “Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
F.I.SH
yo’nalishi I-kurs talabasi ____________________________________
F.I.SH
Tekshiruvchi - Amaliyot rahbari: ____________________________
Buxoro 2022
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………….
1.”G'isht savdo” x/f haqida ma’lumot...……………………………..
2.Korxonaning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishuv…….
3.Korxonada ish yuritish tartibi……………………………………...
Xulosa………………………………………………………………...
Kirish
Tabiatda nihoyatda ko‘p kimyoviy birikmalar va mahsulotlar borki, ularga shunchalar ko‘nikib qolganmizki, hatto hayotimizda tutgan o‘rnilari haqida ko‘pincha o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ana shunday oddiy, lekin jamiyatimiz taraqqiyotidagi o‘rnini tasavur etib bo‘lmaydigan yog‘och, ko‘mir, sement, shisha va chinni kabi kimyoviy mahsulotlar qatoriga g‘isht ham kiradi. Quruvchilar g‘isht bilan sement eritmasini «qurilish noni» deb atashlarining boisi ham anna shunda. Qurilish keramikasi mahsulotlari ichida ham tuproq asosida yasalgan qurilish g‘ishti muhim o‘rin egallaydi.
Oddiy mahsulot hisoblanmish g‘ishtning qimmati nimada? Bu savolga javob bermoq uchun mamlakatimizning tashqi qiyofasini Toshkent, Samarg‘and, Buxoro, Xiva kabi qadimiy va navqiron go‘zal shaharlarni hayotimizni bezab turgan qulay, shinam va ko‘rkam turar joy binolarisiz tasavvur qila olmasligimizni esga olish kifoya.
G‘ishtning qattiq anorganik modda ekanligi, pishiqligi, sovuq va issiqni yaxshi o‘tkazmasligi, kimyoviy moddalar bilan aktiv reaksiyaga kirishmasligi ma’lum.
G‘ishtsozlik O‘rta Osiyo, jumladan, bizning serquyosh respublikamizda qay tarzda rivojlangan degan haqqoniy savol tug‘ilishi muqarrar. Tarixiy va ashyoviy dalillar O‘rta asrlarga kelib, bu soha u yerda rivojlanibgina qolmay, hottoki, O‘rta Osiyo dunyo g‘ishtsozligining markazi bo‘lganligidan dalolat beradi.
O‘rta Osiyolik ustalar g‘ishtlardan Buxoro, Xiva va Samarqandda uy-joy, choyxona, maqbara, zarxona, masjid, minora, karvonsaroy, qal’a, saroy, ark, aslahaxona, ustaxona, ko‘shk, hammom kabi binolarning devor va poydevori, hoshiyasi va tochkasi, gumbazi va peshtoqi, ustuni, aylanma zinapoyalar va yo‘laklar barpo etishgan. Jumladan, IX asrning oxiri, X asrning boshlarida Buxoroda bunyod etilgan somoniylar maqbarasi. XII asrda karvon yo‘li chetida qurilgan, balandligi 30 metr va aylanasi 17 metrni tashkil etgan salobatli Jarqo‘rg‘on minorasi ham sifatli pishiq g‘ishtdan qurilgan. Shu xildagi O‘rta asr qurilishi va arxitekturasiga oid obidalar ko‘rki, salobati naqshinkor mahobati bilan xanuzgacha kishilarni lol qoldirib kelmoqda, betakror me’morchiligimiz san’ati dovrug‘i olam uzra yoymoqda.
XVIII-XIX asrlarda g‘isht ishlab chiqarish korxonalari soni yanada ortdi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni ham takomillashdi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida g‘isht yuzasini hosil qiluvchi munshtukning kashf etilishi, loyga ishlov beruvchi shnekli presslarning yaratilishi, tuproqni qorib beruvchi bug‘lagichlarning o‘rnatilishi g‘isht sanoatda xaqiyqiy texnika revalyutsiyasiga olib keladi.
|
| |